Sayohat

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

Yevropaliklarning “oltinga teng” Sharq ziravorlarining plantatsiyasini topish istagi Hind okeanida yangi dengiz yoʻlining ochilishiga, Yangi dunyo va boshqa nomaʼlum yerlarning kashf etilishiga va dunyo boʻylab birinchi sayohatning amalga oshirilishiga sabab boʻldi. 

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

Taxminan 5 ming yil davomida Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo-sotiq bilan arablar shugʻullanar edi, ular mahsulotlarni tuya karvonalri orqali olib oʻtar edilar. Bu juda xavfli edi, chunki ziravorlar ortilgan karvonlar koʻpincha hujumga uchrar edi.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

Yevropaliklar tanishgan birinchi ziravorlar qalampir va doljin edi, keyin ularning turlari sezilarli darajada oshdi. Eng qimmatlari qalampir, zaʼfaron va doljin hisoblanar edi.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

Bir kg zaʼfaron yetishtirish uchun 200 mingga yaqin gulni qayta ishlash kerak. Ushbu muolaja juda mashaqqatli va koʻp vaqtni talab etadi - har bir guldan ehtiyotkorlik bilan yorqin olovrang tusdagi pupukchalari terib olinadi va keyin toʻplangan materiallar quritiladi.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar
Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar
Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar
Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

Arablar ziravorlar oʻsadigan joylar ilonlar toʻdasi yoki ulkan qushlar tomonidan qoʻriqlanishi haqida afsonalar yaratib, bu bilan oʻzalrining savdo nuqtalariga olib boriladigan yoʻllarni har qanaqasiga boʻlsa ham berkitar edilar. Hehc kimda bu joylarga borish istagi tugʻilmasligi maqsadida shunday yoʻl tutilgan.XI asrning oʻrtalarida arab savdo markazi boʻlgan Bagʻdod shahri turklar tomonidan bosib olindi.

13-asr oxirida Venetsiyalik savdogar Marko Polo 24 yil davomida Xitoy va Hindistonga sayohat qilib, oʻzining sayohat kundaligini nashr etdi. Unda u arablar tomonidan yaratilgan afsonalarning uydirma ekanligini bayon etib, u duch kelgan yerlarda turli xil ziravorlar bemalol oʻsib yotganligini tasvirlab berdi.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

XIV asrda Rim papasi katoliklarga musulmonlar bilan savdo qilishni taqiqladi, buning oqibatida savdo-sotiq keskin tushib ketdi.

Venetsiya aholisi papadan savdoni davom ettirish uchun ruhsat olishga muvaffaq boʻldi va buni odamlarni davolash uchun ziravorlar zarur ekanligi bilan asoslashdi. Ular ziravorlarning bir qismini Usmoniylar imperiyasidan sotib olishar, yana bir qismini esa toʻgʻridan-toʻgʻri Hindistondan olib kelishar edi.

Venetsiyaliklar oʻzlarining qoʻlga kiritgan huquqlaridan foydalangan holda ziravorlarning narxini keskin oshirdilar. Ushbu savdo tufayli oʻsha yillarda Venetsiya gullab-yashnadi va Yevropaning eng boy shaharidan biriga aylandi. Portugaliya bilan Ispaniya esa qoʻshni davlatning boyligiga havas bilan qarar edi.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar
Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

1453 yilda Usmoniylar imperiyasi ziravorlar savdosining asosiy yoʻlini toʻsib qoʻydi, bu yevropaliklarni Hindistonga yangi dengiz yoʻllarini izlashga majbur qildi.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

1492 yilda Sharqiy Hindiston sohillariga suzib borish umidida Xristafor Kolumb Yevropaning gʻarbiy qismiga yoʻl oldi.

"Men oltin va ziravorlar topiladigan joyga yetib borishga harakat qilaman", deb yozgan u oʻz kundaligida.

Biroq, u "omadsizlikka uchragan" va umuman Hindistonga emas, balki nomaʼlum bir qitʼaga kelib qolganligi maʼlum boʻldi. Shunday qilib, afsonaviy Kolumb Amerikani kashf etdi. Tasalli sifatida u oʻsha yerda oʻsgan bir nechta yangi ziravorlarni - chili qalampiri, xushboʻy murch va vanilni olib keldi.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

1497 yilda Vasko de Gama ekspeditsiyasi Portugaliyadan Hindiston qirgʻoqlariga qarab joʻnadi. Ular nomaʼlum yoʻl bilan Afrikaning janubidagi “Yaxshi umid togʻi”ni aylanib suzib, Hindistonga yetib keldilar. U yerdan qimmatbaho yuk – qora murch, muskat yongʻogʻi, chinnigullar, doljin, zanjabilni yuklab olib, dengizchilar 2 yildan keyin uyga qaytib kelishdi, ammo 170 dengizchidan faqat 44tasi tirik qoldi, qolganlari asosan tsinga kasalligidan vafot etdi. 3 yildan soʻng, Vasko de Gama Hindistonga yana bir katta ekspeditsiyani uyushtirdi va u ham muvaffaqiyatli yakunlandi, bu safar 2000 tonna ziravorlarni olib keldi.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar
Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

Qisqa yoʻlni topishga harakat qilgan ispanlar 1522 yilda ekspeditsiyani jihozlashdi. Besh kemadan iborat Fernan Magellan flotiliyasi Hindistonga joʻnadi. Kapitanning oʻzi Filippin orollarida u tomonidan kashf etilgan mahalliy aholi tomonidan oʻldirilgan boʻlsa ham, flotiliyaning kemalaridan biri "ziravorlar yurtiga", yaʼni Molukalarga suzib borishga muvaffaq boʻldi. 3 yil oʻtgach, deyarli vayron boʻlgan yelkanli kema 24 tonna qimmatbaho yuk bilan vataniga qaytib keldi.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar
Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar

Portugaliyaliklar hamda ispaniyaliklar Hindistonga yoʻl ochganlaridan keyin u yerdagi ziravorli plantatsiyalarni tortib ola boshladilar. 

Huddi shu payt Yevropada esa ziravorlar bilan bogʻliq boʻlgan fitnalar avjiga chiqqan edi. Masalan, ispaniyaliklar vanil haqida birinchilardan boʻlib xabar topdilar, lekin u haqda hech kimga ogʻiz ochmadilar. Ular bu sirni inglizlardan naq uch asr pinhon saqlab keldilar. 

Inglizlar ham oʻz navbatida Yamayka qalampiri haqida hech kimga aytmadilar.

Vaqt oʻtgan sayin ziravorlar savdosiga yakkahukmdorlik qilish qiyin boʻlib qoldi, savdoga Gollandiya, Angliya, Frantsiya kabi boshqa kollonial mamlakatlar ham aralasha boshladilar.

Ziravorlar tufayli amalga oshgan buyuk geografik kashfiyotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar