Toshkent yaqinida joylashgan 10 ta dam olish maskani

Ugam-Chotqol milliy bogʻining maydonida daraxtzorlarva koʻllardan iborat boʻlgan tabiat manzarasidan bahra olish mumkin. Urungach nefrit koʻllari milliy bogʻning iftixori hisoblanadi. Bu boʻgda toza suvlarda choʻmilish, toʻgʻonga sayohat qilish va atrofdagi togʻli manzarani tomosha qilish mumkin.


Ispay Pskem togʻlarining qorli choʻqqilaridan boshlanib, Ispay qishlogʻidagi Pskem daryosiga kelib quyuladi.
Dara Qorabuloq postini ortida joylashgan. Bu yerda Ispay daryosining suvlarida choʻmilish roharlidir. Mahalliy aholi tomonidan kichik uylar taqdim qilinadi, shuningdek otlarda sayr qilish imkoniyati ham bor.
Muzliklar va dovonlar koʻpligi sababli bu hudud togʻ turizmi uchun juda qulaydir.


Marmar daryo – Beldirsoy yaqinida joylashgan dam olish maskani. Beldersoy simli argʻumchoq yoʻliga yaqin joyda Marmar daryoning sharsharasini koʻrish mumkin. Sharsharadan oʻtib tepaga koʻtarilsangiz, dam olish qulay boʻlgan joylarga yetasiz. Marmar daryo tashrif buyurgan mehmonlarni shovqin soy, daraxtlar va choʻmilish havzalari bilan kutib oladi.


Toshloq daraga qaragan ushbu manzarali joy Toshkent yaqinida joylashgan. Bu yerdagi “Kumushkon” dam olish maskanida maroqli hordiq chiqarish mumkin. Oltingugurt-vodorodli buloq, kumush konlarining uyumlari, qoyalar va soy salqini sayyohlarni beeʼtibor qoldirmaydi. Teparoqqa qarab yurilsa, sharshara manzarasidan bahra olish mumkin.


Bu yerning manzarasi ayniqsa oʻzgachadir. Qaragʻay daraxtzorlar shaharda topib boʻlmaydigan sof toza havodan bahra olish imkonini beradi. Daraxtzorlardan oʻtib, qir-adirlar oshib tepalikka qarab yurilsa, Shaxqoʻrgʻon togʻiga chiqish mumkin. Bu tepalikda esa Zarkent va Soʻqoqning goʻzal manzaralarini hamda atrofdagi togʻlar manzarasidan bahra olish mumkin. Yaxshi tayyorlangan sayyohlar bu choʻqqiga 1,5-2 soat davomida koʻtarila oladi. Tushayotganda esa yoʻldagi choyxonada hordiq chiqarib, mahalliy kabobdan tanovvul qilish mumkin.


Katta Chiyon maydoni koʻpgina xushmanzara hududlardan iborat. Diqqinafas shahardan qochib, bahavo joyda hordiq chiqarmoqchi boʻlsangiz, Gulkamsoy darasiga yoʻl oling. Soy boʻylab sayohat qilar ekansiz, salqin dara manzarasi, suvdan kechib oʻtish, toshloq yoʻllar va sharshara sizda katta taassurot qoldiradi. Oilaviy dam olish uchun bu yerda tapchanlar ham bor.


Chimyon – Oʻzbekiston togʻ turizmining markazi. Qishda bu yerda koʻplab changʻichilarni uchratish mumkin. Yozda esa dam oluvchilar ushbu togʻ choʻqqisiga chiqishga ishqibozlik qiladilar.
Ushbu sayohat asosan tepalikka chiqishdan iborat. 3000 metr balandlikgacha yoʻnalish uncha qiyin emas, ammo oxirgi 300 metr balandlikda qoyalar xavfliroq. Bu yerda yoʻl boshchining koʻrsatmalariga amal qilish lozim. 3309 metr balandlikga chiqish uchun 6-8 soat vaqt kerak boʻladi.



Oʻzbekiston togʻlari – quyoshli oʻlkaning diqqatga sazovor joylaridir. Togʻ choʻqqisiga chiqishni xohlovchi sayyohlar soni yildan yilga koʻpayib bormoqda. Shunday joylardan biri Beldersoydagi Kumbel togʻidir. Uning balandligi 2350 metrga teng. Choʻqqisiga chiqish uchun yoʻlning bir qismini simli argʻimchoq yoʻl orqali oʻtish mumkin. Undan keyin yana 40 minut yoʻl yurish lozim. Bu toʻgʻda meteorologik stantsiya joylashgan. Togʻ choʻqqisidan turib quyosh botishini tomosha qilish ayniqsa maroqlidir.


Bu yerda Oʻzbekiston Milliy universitetining yozgi lageri joylashgan. Oqsoqota – bu 30 kmga choʻzilgan daradir. Bu yerda soya salqinlik beruvchi daraxtlar bor. Shahardan kelgan sayyohlar bu yerning manzarasidan bahra oladilar hamda shu hududda joylashgan ov xoʻjaligida hordiq chiqaradilar.



Tasavvur qiling: yozgi oftob nurlaridan hamda togʻning musaffo havosidan bahra olgan xushboʻy oʻt. Tabiyat qoʻynida oilaviy dam olish uchun bundan yaxshi joy boʻlmasa kerak. Beldersoy daryosi yaqinida joylashgan Beldersoy yalangligi aynan ana shunday joydir. Archa daraxtli oʻrmonda sayr qilish va suv shaldirashidan rohatlanmoq – hordiq chiqarish uchun ajoyib joydir.


Mavzuga oid: dunyoning eng yaxshi istirohat bogʻlari
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



