Texnologiya

Amerika universitetlariga qanday kirish mumkin?

Amerika universitetlariga qanday kirish mumkin?

Gap shundaki, inson imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Hech kimga sir emaski,oramizda koʻplab insonlar, ayniqsa yoshlar, Amerikada tahsil olishni orzu qiladilar. Bu orzuni amalga oshirish uchun nimalarni bilishimiz kerak?

Amerika universitetlariga qanday kirish mumkin?

1.Ingliz tilidan bilimingizni mustahkamlang va halqaro sertifikatni qoʻlga kiritish uchun imtihondan oʻting.

Amerikada tahsil olishni istasangiz albatta ingliz tilini oʻrganing. Bu eng asosiy talablardan biri. Universitetga qabul qilinishingiz uchun ingliz tili darajangiz kamida “upper intermediate” boʻlishi lozim. Amerika universitetlari tomonidan talab qilinadigan test sinovlaridan eng asosiylari IELTS va TOEFL.TOEFLDdan eng yuqori koʻrsatkich 120 toʻplash mumkun, IELTSdan esa – 9. Masalan, reytingi yuqori boʻlmagan universitetga kirish uchun IELTSdan hechboʻlmaganda 5.5 olish talab qilinadi. Bordiyu, Garvard singari, yuqori reytingga ega boʻlgan universitetlarga kirish istagida boʻlsangiz, IELTSdan kamida 7 yoki 7.5 boʻlishi kerak.

Ingliz tilini qisqa vaqt ichida upper intermediate darajasiga yetkazish oson emas.Bunday holatlarda boʻlajak talabalar mahsus moslashtirilgan dasturni tanlashlari mumkun. U “pathway” deb nomlanadi. Bunda boʻlajak talabani ingliz tili bilimi yetarli darajada kuchli boʻlmasada universitetga qabul qilinishi mumkun. 

Amerika universitetlariga qanday kirish mumkin?

2.Shaxodatnomangizda aʼlo baxolar boʻlishiga erishing.

Gapshundaki, AQSHda shaxodatnomadagi oʻrtacha balga qaraladi. AQSHda 4 ballik sistema amal qiladi. Odatda universitetga qabul jarayonida sizdan baxolaringizni amerika sistemasiga oʻtkazishingizni talab qilishligisi mumkun. Amerikada oʻrtacha bal GPA deb nomlanadi va 5 ballik sistemada ham baholaringizni qabul qilishligisi mumkin. Bu universitetga bogʻliq. Malumki,universitetning reytingi qanchalik yuqori boʻlsa, talab qilinadigan oʻrtachabal ham shuncha yuqori boʻladi.

Amerika universitetlariga qanday kirish mumkin?

3.Amerikada topshiriladigan maxsus imtihonni topshiring.

AQSHdabu imtihon SAT deb nomlanadi. Uning asosiy qismi matematika va tildan iborat.Siz bularni har birinii topshirishingiz kerak va har bir fandan eng koʻp 800 bal toʻplashingiz mumkin. Hamda, asosiy testdan tashqari, bazi bir universitetlar ixtisoslashgan test sinovlaridan oʻtish talab qiladi. 

4. Motivatsion xat, insho yozing va sizni tavsiya etuvchi insonlar sizga tavsiyanoma yozib berishlari haqida qaygʻuring.

Insho va motivatsion xat juda muhim boʻlib, ularni oldindan tayyorlab qoʻyish lozim. Insho odatta berilgan mavzu yuzasidan yoziladi. Motivatsion xatga kelsak, unda siz oʻzingizni nima uchun bunchalik iqtidorli ekaningiz va nimaga aynan sizni universitetga qabul qilishlari kerakligi haqida yozasiz. Siz oʻzingizni barcha yutuqlaringiz haqida yozishingiz zarur. Sizni tavsiya etuvchi odamlar esa maktabingizdagi oʻqituvchingiz boʻlishi mumkin. Lekin, u sizni yaxshi taniydigan universitet professori boʻlgani yaxshiroq. 

Motivatsion xat nusxasini ingliz tilini biladigan doʻstingiz, qarindoshingiz yoki boshqa bir tanishingizga koʻrsatishingiz juda muhim. Chunki sizni arizangizni koʻrib chiqishni birinchi boʻlib shu xatdan boshlashadi. Pulingiz boʻlsa mutahassisga murojat qilsangiz boʻladi. 

5.Hamma narsa tayyor boʻlgach faqatgina arizani joʻnatish qoladi, va buni oldindan bajarish kerak.

Odatda bir yil oldindan hammasi tayyor boʻlishi lozim. Gap shundaki, universitetga ariza qabul qilish jarayoni qishni oʻrtasidan bahorni boshlanishigacha davom etadi. Oʻrtacha reytingli universitetlar arizangizni yoz ortasigacha qabul qilishlari mumkin.

Har bir universitetning saytida onlayn ariza topshirishga imkoniyat bor. Biroq eng keng tarqalgan usul – arizani “CommonApp” orqali topshirish. Bu saytda onlayn anketa toʻldirib, barcha hujjatlarni elektron tarzda kiritish hamda arizani bir nechta universitetlarga yuborish mumkin. Lekin, aytish joyizki, hamma universitetlar ham “CommonApp” orqali ariza qabul qilmaydi.

Amerika universitetlariga qanday kirish mumkin?

6.Oʻzingizni moliyaviy taʼminlay olishingizga ishonch hosil qiling.

Hech kimga sir emaski, AQSHda tahsil olish juda qimmat. Garvardda oʻqish yiliga tahminan 70.000$ turadi, biror bir oʻrtacha universitetda – 40.000$. Bu ham yetmagandek, u yerda yashash va yeb-ichishga ham pulingiz boʻlishi kerak.

Buyuk Britaniyada tahsil olish 30-50% arzonroq tushadi. Shuning uchun aynan AQSHda oʻqishni xohlaysizmi yoki yoʻqmi, buni yaxshilab oʻylab koʻring.     

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar