Qiziqarli

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

Amerika prezidentlarning tarjimai hollari gʻayritabiiy, beʼmani, ajoyib va gʻaroyib faktlarga boy, shuning uchun ham Ronald Reyganning aktyorlikdan davlat rahbari lavozimiga koʻtarilishi odatiy hol sifatida qabul qilinadi. Bugungi maqolamizda AQSH prezidentlari haqidagi qiziq va taajjubli maʼlumotlarni keltiramiz: beʼmani oʻlim, oilaviy janjallar, qotillik, giyohvandlik, yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan parishonxotirlik va yana boshqa aql bobar qilmaydigan dalillar.

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

1. Jorj Vashington ot minishni yaxshi koʻrar edi. Biroq, u oʻtiradigan otning mukammal toza boʻlishini talab qilardi. Vashington hatto hayvon tishlarining tozaligini ham tekshirardi.

 2.Tomas Jefferson mustaqil ravishda oʻziga atalgan qabr toshining dizaynini yaratdi va matnni ham yozib qoʻydi. Ammo matnda u prezident boʻlganligini koʻrsatmagan.

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

3. Jon Kvinsi Adams erta tongda Potomak daryosida yalangʻoch holda choʻmilishga odatlangan edi . U deyarli kiyimlarini oʻzgartirmas edi va oʻn yildan koʻproq vaqt davomida bitta kostyumni kiyib yurgan.

4. Endryu Jekson duelning ashaddiy ishqibozi edi. Duellarning birida u koʻkragidan oʻq yeydi, jarrohlar uni olib tashlay olmadilar va Jekson umrining oxirigacha shu qoʻrgʻoshin boʻlagi bilan yashagan.

5. Martin Van Buren Oq uydan chiqib ketgandan soʻng, qiziqarli xotiralarini yozdi, biroq bu memuarlarida rafiqasini umuman esga olmadi. 

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

6. Uilyam Xarrisonning inauguratsiya marosimi (1841) oʻta sovuq kunda oʻtkazildi. Yangi prezident darhol shamollab qoldi. Koʻp oʻtmay, shamollash zotiljam (pnevmoniya) ga aylandi va bir oydan keyin prezident vafot etdi. Garrison AQSH tarixida mamlakatni eng kam muddat boshqargan prezident boʻldi. 

7. Jon Tayler AQSh tarixidagi eng serfarzand prezident boʻldi. Uning birinchi xotinidan 8, ikkinchi xotinidan 7 ta farzandi bor edi. Uning 15-farzandi prezident yetmish yoshdan oshganida tugʻilgan.

8. Zahari Teylor har doim va hamma yerda tamaki chekib yurgan. Barcha rasmiy tadbirlar chogʻida uning qoʻlidan tamaki qutisi va tamaki tushmagan.

9. Millard Fillmore Oksford universitetining faxriy doktori mantiyasini qabul qilishdan bosh tortgan. U buni ilm rivojlanishi uchun hissa qoʻshmaganligi bilan izohlagan.

10. AQShning oʻn birinchi prezidenti Jeyms Polkning 17 yoshda, oʻt pufagi olib tashlangan. Jarrohlik ogʻriqsiz oʻtishi uchun shifokorlar boʻlajak prezidentga konyak ichirganlar.

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

11. Jeyms Byukenan – turmush qurmagan AQShning yagona prezidentidir. Bir vaqtlar u unashtirilgan edi, biroq ozgina vaqtdan keyin uning qalligʻi unashtiruvni bekor qildi va tez orada vafot etdi.

12. Prezident Avraam Linkoln doimo boshiga uzun qora ssilindr kiyib yurgan, ichida esa xatlar, moliyaviy qogʻozlar, qonun loyihalari va shaxsiy qaydlarini saqlagan.

13. Endryu Jonson hech qachon maktabda oʻqimagan. Unga boʻlajak rafiqasi Eliza Makkardel 17 yoshida oʻqishni oʻrgatgan. Prezident Jonson faqatgina oʻz qoʻllari bilan bichgan va tikkan kiyimlarnigina kiygan.

14. Uliss Grant butun umri davomida kuniga 20 tadan sigara chekar edi. U tomoq saratonidan vafot etgan.

15. Prezident Jeyms Garfild ikkala qoʻlini ham mohirona boshqara olgan hamda bir necha xorijiy tillarni bilgan. U bir vaqtning oʻzida bir qoʻli bilan qadimgi yunon tilida, ikkinchi qoʻli bilan lotin tilida yoza olgan. U barmoqlarini kesib olishi natijasida vafot etdi – jarohatlangan barmoqlarni davolash jarayonida qonning zararlanishi sodir boʻldi.

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

16. Chester Arturning shkafida 100 juft shim bor edi.

17. Grover Klivlend yashirin jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazgan. Operatsiyada jagʻning saraton kasalligiga chalingan qismi olib tashlangan.

18. Benjamin Harrison elektr chiroqlarni jini suymas edi. U Oq uyda boʻlgan paytida chiroqlarni oʻchirib, sham yoqishlarini talab qilardi.

19. Ovlardan birida prezident Teodor Ruzvelt ona ayiq bilan ayiq bolasini oʻldirishdan bosh tortdi. Shu voqeadan soʻng, yangi oʻyinchoq paydo boʻldi – yumshoq “teddy ayiqchasi” (Teddi – Teodor ismining erkalovchi varianti).

20. Uilyam Taftning vazni 136 kgdan oshiqroq boʻlgan. Oq uyda u uchun oʻlchamlari kattalashtirilgan maxsus vanna oʻrnatilgan.

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

21. Uorren Garding haftasiga kamida ikki marta poker oʻynar edi. Bir marta u hatto Oq uyga tegishli boʻlgan Xitoy chinni servizini yutqazib qoʻygan. Uning maslahatchilariga "Poker kabineti" laqabini berishgan, chunki ular ushbu qimor oʻyinida uning asosiy sheriklari boʻlishgan.

22. Kalvin Kulidjning oshqozoni juda qattiq ogʻrir edi.  Davolash va profilaktika maqsadida u tunda 10-11 soat uxlardi, shuningdek kun davomida ham dam olar edi. Oq uyda u bilan birga ikkita qoʻlga oʻrgatilgan yenot ham yashagan.

23. Gerbert Gover 16 dan ortiq kitob yozgan va nashr etgan. Uning kitoblaridan biri "Kayfiyatni koʻtaruvchi va ruhni tozalovchi baliq ovi" deb nomlangan.

24. Franklin Ruzveltning Oq uyda oʻzidan oldingi 11 ta prezident bilan qarindoshlik aloqasi boʻlgan.

25. Garri Trumanning Oq uy oldida maysazorda oʻtlaydigan echkisi bor edi.

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

26. Harbiy qoʻmondon va prezident Duayt Eyzenxauerning pazandachilikdan xabari boʻlgan va mohirona taomlar tayyorlagan. U hattoki lochin chechagining poyasi qoʻshilgan sabzavotli shoʻrva retseptini ham yaratgan.

27. Jon Kennedi Amerika tarixidagi boyskaut bilan shugʻullangan birinchi prezident boʻlgan.

28. Lindon Jonson oʻz xodimlari va mehmonlariga sovgʻalar berishni yaxshi koʻrardi. Uning eng yaxshi koʻrgan sovgʻasi elektr tish choʻtkalari edi. Jonsonning tarjimai holi haqida yozgan muallif 10 yil davomida oʻz qahramonidan 12 ta choʻtka olgan.

29. Richard Nikson bugʻ bilan isitish tizimidan foydalanishni yoqtirmas va hamisha oʻz kabinetini kamin bilan isitgan.

30. Gerald Forddgha 12 yoshida ota-onasi uni asrab olganliklarini aytishgan.

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar

31. Jimmi Karter tarixiy romanni (Ari uyasi) nashr ettirgan AQShning birinchi prezidenti boʻlgan. Toʻgʻri, Karter romanni Oq uydan ketganidan keyingina yozgan.

32. Ronald Reygan Oq uyning "20 yillik laʼnati" ni yengib chiqishi bilan mashhur boʻlgan. Unga koʻra,  oxiri nol bilan tugaydigan yilda saylangan Oq uy rahbari oʻzining prezidentlik muddati tugamasidanoq vafot etar yoki halok boʻlar edi. 

33. Katta Jorj Bush Meksika va Xitoy oshxonasining taomlarini yaxshi koʻrgani bilan ajralib turardi, ammo u hech qachon brokkoli isteʼmol qilmagan.

34. Bill Klinton mushukchasi Sox uchun shaxsiy veb-sayt yaratishni buyurgan.

35. Jorj Bush va uning rafiqasi Laura tanishganlaridan uch oy oʻtgach turmush qurishgan.

Amerika prezidentlari haqida qiziqarli va ajabtovur faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar