Foydali

Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin

Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin
Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin

Kores qizlarining yuzlari tekis, yonoqlari kvadratsimon. Burunlari odatda kengroq boʻlib, uni turli xil moslamalar yordamida yoki rinoplastika orqali toʻgʻrilab yurishga harakar qiladilar. Koreys qizlarining aniq bir koʻrinishini tasvirlash bugungi kunda qiyin boʻlib qoldi. Bunga sabab bu yerda keng miqyosda oʻtkazilayotgan plastik jarrohlik amaliyotidir. Ayol-qizlar goʻzal koʻrinish hamda mukammal boʻlish uchun barcha narsaga tayyorlar. Statistik maʼlumotlarga qaraganda, kereys yoshlarining 80 foizi turli xil plastik operatsiyalarni boshlaridan oʻtkazganlar, baʼzi ota-onalar esa farzandlarining voyaga yetganliklari munosabati bilan plastik jarrohlikni ularga sovgʻa sifatida tortiq qiladilar. 

Agar siz notabiiy goʻzalikka ega boʻlgan qoʻgʻirchoq sifat osiyolikni koʻrsangiz, demak bilingki, qarshingizdagi sohibjamol – Janubiy Koreyalik qiz boʻladi. Koreys ayollari terilariga katta eʼtibor qaratadilar. Terining yomon koʻrinishi yoki husnbuzarlar munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi, badandagi naqsh (tatuirovka) lar esa bu yerda qoralanadi. Qizlarning sochlarini uzun oʻstirib, qoradan boshqa barcha ranglarga boʻyashlari mumkin. 

Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin

Xitoy qizlarining yuzlari biroz kengroq, yonoq suyaklari chiqqan, burunlari esa yapasqi boʻladi. Terilari boshqa millatlarga qaraganda biroz qoracha, baʼzan sariq tus aralashgan. Bu eyrlik ayollar oʻzlariga qarashni juda qoyil qilishmaydi, kuzduz kuni koʻchada uychi kiyimda yoki kir kuylakda yurgan xotinlarni uchratish mumkin. Did bilan kiyinadiganlar ham kamdan-kam, aniq bir qoidaga rioya qilinmaydi, kim nimani xush koʻrsa, oʻshani kiyaveradi. Ortiqcha yaltir-yultir hamda yorqin ranglar ularni choʻchitmaydi. Bu narsa sochlarga ham tegishli – ularni qoʻrqmasdan turli xil ranglarga boʻyab koʻraveradilar.

Makiyaj borasida ham huddi shu narsa. Baʼzan ular maxsus nakleykalar yordamida oʻzlariga “yevropacha” qosh yasaydilar. Xitoy ayollari odatda past boʻyli, ogʻriqdan kelgan boʻladilar. Ammo oxirgi paytlarda ularda semizlikka moyillik paydo boʻlmoqda. Gaplashish madaniyati ham ideal emas, qizishib ketsalar hissiyotlarini jilovlab oʻtirmaydilar, jahl bilan gapiraveradilar, qoʻllarini pahsa ham qilib qoʻyadilar. Juda taʼsirchanlar, shuning uchun suhbat chogʻida baqirishdan uyalmaydilar.

Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin

Kun chiqar mamlakat ayollarining jussasi nozik, boʻylari esa boshqa osiyolik xalqlarinikiga qaraganda biroz balandroq. Biroq shunga qaramasdan, ularning boshlari nisbatan kattaroq, yuzlari esa choʻzilgan oval shaklda. Koʻzlari nisbatan kengroq ochilgan.

Doʻppaygan burun – ularning oʻziga xos belgilaridir, u hech qachon puchuq yoki yapasqi boʻlmaydi. Yapon qizlarining terisi nisbatan och rangda, biroq ular turli xil oqartiruvchi vositalar yordamida uni yanada oqartirishga harakat qilaveradilar. Ular koʻrinishlariga jiddiy eʼtibor beradilar hamda oʻzlariga qarash uchun juda koʻp vaqtlarini sarflaydilar. Yaponlar tozalikka qattiq rioya qiladilar, shuning uchun ham jamoat joyida irkit soch yoki kiyimli ivirsiq odamni uchratish qiyin. Koʻpchilik yapon qizlari kamtarona va sipo makiyajni afzal koʻradilar, kiyimni tanlashda esa qimmatbaho brendlarga murojaat qiladilar. 

Gaplashish madaniyati ham chiroyli. Sekin, aniq va xotirjam gapiradilar, baʼzan gap orasida ramziy taʼzimlar ham qiladilar. Yaponiyada ijtimoiy joylarda baqir-chaqirlar qilib boʻlmaydi. Yapon tilining jaranglashi bir meyorda, unda nutq ohangi deyarli yoʻq. 

Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin

Vyetnam qizlari Osiyoning eng chiroyli ayollari hisoblanadilar,ularni plastik operatsiya qildirmagan koreys qizlariga tenglashtirishadi. Vyetnam ayollarining qaddi-qomatlari kelishgan boʻlib, tana aʼzolarining oʻziga xos bichimlari bilan ajralib turadilar. Ular terilarini Quyoshdan saqlash uchun keskin choralarga boradilar. Agar siz issiq kun boʻlishiga qaramasdan boshidan oyogʻigacha oʻranib olgan ayolni koʻrsangiz, bilingki, u vyetnam ayolidir. Ularda quyoshdan saqlaydigan maxsus kurtkalar boʻlib, unga qoʻshimcha ravishda yuz uchun niqob ham sotiladi. Bu kiyimning kapyushoni hamda qoʻllarini butunlay yopib turadigan uzun yenglari bor. Vyetnamda yuz uchun niqoblarni nafaqat ayollar, balki erkaklar ham taqadilar, ularning fikricha, niqob ularning nafas yoʻllarini iflos havodan saqlaydi.

Baʼzi vyetnam ayollarining sevimli kiyimi – bu pajama. Ular bu kiyimni har xil joylarga kiyishlari mumkin, hattoki ishga ham. Yirik shahar qizlari har kuni yasan-tusan qiladilar, huddi bayram yoki tungi klubga otlanganday. Tor kuylak, kalta shortik, yorqin makiyaj va baland poshna – koʻpchilik vyetnam sohibjamollarining odatiy kiyimi hisoblanadi.

Ular bir xil emas: qanday qilib koreys, yapon, xitoy, vyetnam qizlarini bir-biridan ajratish mumkin

Tailand qizlari plastik jarrohlikka qiziqmaydilar. Ularning jussalari odatda kichik va ixcham, tana tuzilishi ham shunga yarasha. Bu kamchilikni ular ichki kiyimlari orqali toʻgʻrilashga harakat qiladilar, bu maxsus kiyim koʻkrak va orqaga kerakli hajmni berib turadi. Bu yerda ham och rangli teri urfda, ayollar esa tabiatan qoramagʻiz. Shuning uchun ular yuzlari va terilarini turli yoʻllar bilan oqartirishga harakat qiladilar. 

Sochlarini ayollar odatda shokolad, mis va qizil ranglarga boʻyashni afzal koʻradilar. Issiq tufayli ularni uzun qilib oʻstirmaydilar, asosan yelkagacha keladi. Koʻz kesimi katta emas, shuning uchun uni har qanaqasiga katta qilib koʻrsatishga harakat qiladilar: tepa qovoq qismda strelkalar chizadilar hamda ulama kiprik qoʻyadilar (ulama kiprik Tailandda boshqa yerlarga qaraganda ancha ommalashgan). Tailandda ayollarning kiyimida qoʻgʻirchoq uslubi hukmron, “Baby-doll” deb nomlanadi. Ular turli xil yoqimtoy hayvonlarning tasviri tushirilgan kiyimlarni, golfi bilan uygʻunlashgan kalta “maktab” yubkasi hamda kalta gulli kombinezon kiyishni afzal koʻradilar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar