Tish yuvish pastasidagi ajoyib xususiyatlar

Tish pastasi kuyib ketgan metall tova, qozonlarni tozalaydi.
Disklardagi tirnalgan chiziqlarni ketkazishda ham koʻmak beradi.
Suzish uchun taqiladigan koʻzoynakni tish pastasida artib qoʻysangiz u terlab qolmaydi.

Tish pastasi faqat tishni emas tirnoqlarni ham yaraqlatadi.
Kuyib qolganda, kuygan joyga bosilsa ogʻriqni qoldiradi.
Yuzingizga husnbuzar toshdimi, tish pastasini surib olin. Husnbuzar bitishiga yordam beradi.

Kiyimdagi va gilamlardagi ketishi qiyin boʻlgan dogʻlarni ketkazish hususiyatiga ega.
Shisha idishlardagi yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi.
Kumush idishlarni tish pastasida artsa jilolanib qoladi.

Devorga chizilgan qalam yoki ruchkadagi chiziqlarga tish pastasidan surtib qoʻying. 20 daqiqadan soʻng artib tashlasangiz chiziqdan asar ham qolmaydi.
Qoʻlni kesib, tirnab olganda tish pastasini surting, koʻmak beradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



