Foydali

Tish ogʻriganda yordam beruvchi 5 ta usul

Tish ogʻriganda yordam beruvchi 5 ta usul
Tish ogʻriganda yordam beruvchi 5 ta usul

Yalpizli damlama sizga yordam berishi mumkin. Damlamani quyuqroq qilib damlang, oʻzingizga mos haroratgacha ilishini kutib, ogʻzingizni chaying. Bu sizni bir muncha vaqt tish ogʻrigʻidan xalos qiladi.

Tish ogʻriganda yordam beruvchi 5 ta usul

Qalampirmunchoq yogʻi ogʻriq qoldiruvchi (analgetik) va antibakterial xususiyatlarga ega. Tish ogʻriganda xona haroratidagi yarim litr suvga bir necha tomchi moydan solib tayyorlangan eritma bilan chayqash yordam beradi. Bundan tashqari, siz aralashmani kasal boʻlgan tishga paxta tampon yordamida surtishingiz mumkin.

Tish ogʻriganda yordam beruvchi 5 ta usul

Eng oddiy va arzon usul – shoʻr suv (namokob)dan foydalanishdir, chunki tuz har bir uyda va har qanday sharoitda boʻladi. Tuz tish ogʻrigʻini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni oʻldiradi. Shunday qilib, bu ogʻriqni keltirib chiqaradigan omillar bir muncha vaqt yoʻqoladi. Sizga maqbul konsentratsiyada, oʻrtacha xona haroratidagi suvda tuzli eritmani tayyorlang va ogʻzingizni chayqang.

Tish ogʻriganda yordam beruvchi 5 ta usul

Xitoy tibbiyotida bosh barmoq bilan koʻrsatgich barmoq oʻrtasidagi uchburchakdagi nuqta xe-gu, deb nomlanadi. Agar siz shu nuqtaga kichkina muz boʻlagini ishqalasangiz, tish ogʻrigʻining kamayganini his qilasiz. Harakatlaringizdan keladigan impulslar tish ogʻrigʻi oʻtgan kanallardan oʻtib, uni zararsizlantiradi.

Tish ogʻriganda yordam beruvchi 5 ta usul

Agar siz kichkina paxta boʻlagini oz miqdordagi choy daraxti moyiga botirib olib, va uni bir necha daqiqaga ogʻriyotgan tishga qoʻysangiz, u ham tish ogʻrigʻini kamaytirishga yordam beradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar