Qiziqarli

2020 yilda qanday bashoratlar amalga oshmaydi va qaysilari haqiqatga aylanadi?

2020 yilda qanday bashoratlar amalga oshmaydi va qaysilari haqiqatga aylanadi?

Bashorat: Insoniyat Marsga uchadi 

Ushbu gʻoyani ilk bor AQSHlik konstruktor Verner fon Braun rasmiylashtirgan boʻlib, oʻz tasavvurlari va texnik hisob-kitoblarini 1948 yildagi "Mars loyihasi" kitobiga jamlagan edi. 1971 yilga kelib, Amerika kosmik agentligi ushbu sayyorada daryo yoʻllari mavjud ekanligini aniqladi. Bu esa Marsda suv, oʻz navbatida insoniyat uchun hayot mavjud boʻlishi extimolini isbot etdi. Keyingi jarayonlar salkam poygaga aylantirib yuborildi. Ayni vaqtda Yevropa va Rossiyaning kosmik agentliklari tomonidan sayyoraga "EkzoMars-2020" loyihasi doirasida tadqiqot apparatlarini uchirish uchun tayyorgarlik koʻrilmoqda.


2020 yilda qanday bashoratlar amalga oshmaydi va qaysilari haqiqatga aylanadi?

2020 yilning avgust oylariga Marsga "Kazachok" avtonom ilmiy stantsiyasi va  "Rozalind Franklin" marsoxodi yetib borishi rejalashtirilgan. Apparatlar bu yerdagi yuza, iqlim va sayyora atmosferasini tadqiq qiladi.

Aynan shu vaqtdaAQSH ham oʻzining robotini Marsga uchirish niyatida. U Mars tuprogʻidan kerakli namunalarni olib, Yerga ilmiy tadqiqotlar uchun yuboradi. Olimlar Mars atmosferasidan kislorod olish va uni sinovdan oʻtkazishga qaror qilganlar.

2020 yilda qanday bashoratlar amalga oshmaydi va qaysilari haqiqatga aylanadi?

Mars missiyalarining asosiy muammosi - navigatsiyadir. Kemalarni joʻnatish va ularning sayyoraga yetib borish vaqtlari salkam 26 oyga choʻzilishi mumkin. Shuningdek, sayyoraga parvoz qilgan odamlarni quyosh chaqnashlari, qumli boʻronlar va yuqori darajadagi radiatsiya ham kutadi.

 

Bu boradagi koʻplab savollar kutilayotgan yilda yechilmay qolib ketadi, missiyalar muddati choʻzilishi ham mumkin.

 

Bashorat: 5G standartlarining joriy qilinishi

2019 yilning aprel oyida ilk marta Janubiy Koreya, Shveytsariya, Xitoy va Rossiyada  5G avlod aloqasi sinovdan oʻtkazildi. U 1—2 Gbit/s tezlikka ega boʻlib, maʼlumotlarni tezlik bilan uzatish uchun imkon beradi.

Deloitte kompaniyasi maʼlumotlariga kshra, 2019 yil oxirlariga kelib kompaniya bozorlardga mazkur texnologiya asosida ishlaydigan 1 millionga yaqin qurilmani taqdim qiladi. 2025 yilga kelib esa dunyodagi har yettinchi mobil qurilma 5G bilan ishlaydi. Ayni vaqtla ular orasida Samsung va Huawei qurilmalari mavjud, bundan tashqari Xiaomi va Nokia ham bozorlarga chiqishi kutilmoqda.

2020 yilga kelib 5G loyihalari ommalashib ketadi. Umumiy hisobda simsiz internetning turli standartlari yer yuzasining 85%ini qamrab olinadi. 

2020 yilda qanday bashoratlar amalga oshmaydi va qaysilari haqiqatga aylanadi?

5G ing tirik organizmlarga koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsiri hali toʻliq oʻrganilmagan. Xalqaro standartlar radiochastotalarning xavfsizlik darajasini ham hisobga olishi kerak.

 

Bashorat 2020 yilda amalga oshadimi: Ha!

 Bashorat: AR/VR reallikning oʻrnini bosadi 

Greenlight VR kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yil oxirlariga kelib, 37 millionta virtual reallik qurilmalari sotilib ketadi. Bu borada Apple kompaniyasining umidlari juda katta. 2020 yilga kelib har bir jamoat joyida VR-stantsiyalari ishlaydi, deydi Alldot VR direktori Roberto Simmerman. Keyinchalik bunday stantsiyalarni insonlar oʻzlari bilan olib yurish imkoniyatiga ham ega boʻladilar.

VR-qurilmalar insonlarga liboslar tanlashda yordam beradi, oʻzlarini turli vaziyatlarda tasavvur qilib koʻrishlari uchun imkon yaratadi. Virtual qahramonlarning paydo boʻlishi hech kimni hayratga solmay qoʻyadi. Misol uchun ayni vaqtda  raqamli sanʼat loyihasi sanalmish Lil Mikelaning Instagram sahifasini 1,5 milliondan ortiq odam kuzatib boradi.



2020 yilda qanday bashoratlar amalga oshmaydi va qaysilari haqiqatga aylanadi?

Foydalanuvchilar uchun virtual reallikka toʻliq mubtalo boʻlish jismoniy xavfni keltirib chiqaradi. Misol uchun Pokémon Go oʻyini paydo boʻlgan vaqtlarda oʻta ommalashib ketgandi. Hisob-kitoblarga koʻra, u taqdim etilgan vaqtdan 10 kun oʻtib mana shu vaqt davomida AQSHda 14 ta avtohalokatga sabab boʻlgani aniqlangan.

2020 yilda qanday bashoratlar amalga oshmaydi va qaysilari haqiqatga aylanadi?

AR/VR texnologiyalari maʼlum maʼnoda ommalashishi mumkin, ammo reallik oʻrnini toʻliq egallay olmaydi.

Bashorat: Avtomobillar haydovchilarsiz harakatlanadi 

Bespilotnik qurilmalar qishloq xoʻjaligida tuproqqa oʻgʻit solish va uni parvarish qilish jarayonini kuzatish, dorilarni tashib keltirish ketma-ketliklari, harbiy va shu kabi sohalarda keng qoʻllanila boshlaydi. Ammo, injenerlarning bu boradagi asosiy maqsadlari - bespilotnik avtomobillardir. Misol uchun, Toyota avtokonserni 2020 yilda Tokioda oʻtkaziladigan Olimpiada vaqti oʻzining  E-Palette bespilotnik yuk shattli, dunyodagi birinchi seriyali avtobuslarni namoyish qilish niyatida. Shvetsiyaning Einride  startapi esa T-pod mashinalarining 200 nusxasini ishlab chiqarishni reja qilgan. Ular masofaviy tarzda operatorlar tomonidan boshqariladi.

 


2020 yilda qanday bashoratlar amalga oshmaydi va qaysilari haqiqatga aylanadi?

Bespilotnik qurilmalar 2020 yilda ommalashsa ham, ularning yoʻllar boʻylab bemalol harakat qilishlari uchun ruxsatnoma 2023 yildan avvalroq berilmasa kerak. Bu yuridik, informatsion va texnologik chegaralar bilan bevosita bogʻliq. Ularning ommalashishi uchun keng shariotlar AQSH, Xitoy va Yevropa mamlakatlarida yaratiladi.

 

2020 yilda qanday bashoratlar amalga oshmaydi va qaysilari haqiqatga aylanadi?

Bundan avval xavfsizlik bilan bogʻlab koʻplab savollarga javob topish lozim.

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar