Nima uchun osh qoʻlda yeyilishini bilasizmi?


Palov aslida qoʻlda yeyiladigan taom. Bu udum ajdodlarimizdan bizga meros boʻlib qolgan. Toʻgʻri, hozirgi zamonda biz uni qoshiqda tanovul qilishga oʻrganib qolganmiz, baʼzi mamlakatlarda esa palovni sanchqida yeyishar ekan. Bu notoʻgʻri, taomga nisbata hurmatsizlikdir. Oshni faqat qoʻlda yeyish kerak. Qari oqsoqollarning aytishlaricha, oshni qoʻlda tanovul qilish anʼanasi bejiz paydo boʻlmagan – toʻgʻri tayyorlangan haqiqiy palov tirik organizm hisoblanar ekan, shuning uchun ham uni sanchqida yeyish notoʻgʻri.

Oshni qoʻlda yeyish nafaqat maroqli, balki foydali hamdir. Gap shundaki, taʼm hislari barmoq uchlaridan toʻgʻri orqa miyaga boradi, buning natijasida koʻp miqdorda oshqozon shirasi ajralib chiqadi. Yeyilgan osh ham toʻgʻri hazm uchun qulay muhitga borib tushadi.
Osh qayerda yeilishidan qatʼiy nazar, toʻydami, bayramdami, marakadami yoki oila davrasidami albatta laganga suzilib tortiladi.

Bu ham ota-bobolarimizdan qolgan anʼana. Oila davrasida bir lagandan ovqat yeyish – bu oilaviy birdamlik ramzi hisoblanadi va baraka olib keladi. Doʻstlar davrasida qoʻlda osh yeyish esa bir-birlariga boʻlgan ishonchni bildiradi. Boʻydoq yigitlarning toʻyda kuyov bolaning qoʻlidan osh yeyishlari ham chiroyli udumlarimizdan biridir.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



