Qishda avtoulovni xavfsiz boshqarish qoidalari. Fotosuratlar


Shunday harakat qilingki, avtomobilni har har qanday vaziyatda ham toʻliq boshqara olishingizga ishonchingiz komil boʻlsin. Agar sizda qor va muzda haydash malakasi boʻlmasa, sekinroq yurishingiz lozim. Agar sizning shinalaringiz ancha vaqtdan beri xizmat qilib kelayotgan va eskirgan boʻlsa – aslo tezlikni oshirmang. Klirensi (yer yuzasidan to avtoulovning eng past qismi orasidagi masofa) past boʻlgan avtoulov egalari ikki baravar ehtiyotkor boʻlishlari zarur, chunki yoʻlda qor qatlamlari mashinaning tagi va karteriga yopishib qolishi avtomobilni boshqarishga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin. Sekinroq!

Notekis va sirpanchiq yoʻlda harakatlanayotganingizda ehtiyotkor boʻling. Hech qanday holatda keskin ravishda tezlikni oshirmaslik, tormoz olmaslik yoki rulni aylantirmaslik kerak.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, boshqaruvni yoʻqotish bilan bogʻliq yoʻl transport hodisalarning eng koʻpi rulni burish vaqtida roʻy berar ekan. Bunday holda, transport vositasining oʻqlari parallel boʻlmaydi. Qorli qish kunlarida burilishlar eng xavfli joy boʻlib qoladi, shuning uchun bunday joylarda ehtiyotkorlik bilan va bir tekisda harakat qiling.

Oʻzingizni koʻrsatishdan uyalmang. Faralarning yoqilganligiga ishonch hosil qiling hamda qayrilma yoʻllarda burilish chiroqlarini ham ishga soling. Shahar tashqarisidagi trassalarda qayrilishdan avval albatta uzoqdan yorugʻlik signalini bering. Bu qarshingizda kelayotgan avtomobillarga sizning yaqinlashayotganingiz haqida darak beradi.

Sirpanchiq yoʻlda katta ogʻir mashinaning toʻxtashi juda qiyin. Har qanday nazoratsiz tormoz yuk mashinasini boshqarib boʻlmaydigan torpedoga aylantirishi mumkin. Yuk mashinasiga yaqinlashganda har doim manevr yoki tormoz olish uchun yetarli masofani saqlashga harakat qiling.

Yoʻlda koʻrinish nolga tushganda hech qanday holatda yoʻlning yon tomonida toʻxtamang – bu holda siz baxtsiz hodisalar statistikasining koʻpayishiga hissa qoʻshgan boʻlasiz. Agar toʻxtash kerak boʻlsa, yaqin oʻrtadagi maxsus toʻxtash joyi yoki yoqilgʻi quyish shohobchasini toping.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



