Boy boʻlishning oltin qoidalari: Eng mashhur milliarderlardan oddiy va muhim tavsiyalar

Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Facebook asoschisi Mark Sukerberg agar istasa bir ondayoq qimmatbaho mashina sotib olishi mumkin, ammo u bahosi 30 ming dollar turadigan Asura avtomobilini maʼqul koʻradi. “Xamyonbop avtomobillarda ham yursa boʻladi. Avtomobilga dabdaba emas, masofani yaqin qiluvchi vositasifatida qarash kerak”- deydi u.

Xato qilish- insonlarga xos. Pul bilan bogʻliq hatolarni ham shular jumlasiga kiritish mumkin. “Muvaffaqiyatlardan zavqlanish -yaxshi, ammo muvaffaqiyatsizliklardan tegishli hulosa chiqarish undan-da muhimroq!

Meksikalik milliarder Karlos Slimning soʻzlariga koʻra inson kim boʻlib ishlashidan qatʼiy nazar pulini tezab ishlatish orqali kelajagiga taʼsir koʻrsata oladi.

“Bloomberg” xalqaro axborot kompaniyasi aksiyadori Maykl Blumberg soʻnggi 10 yildan beri past poshnali va qulay makasin kiyadi. U hech qachon kiyilmaydigan va bir chekkada yotadigan qimmatbaho oyoq kiyimlarga pul sarflab oʻtirmaydi. Uning fikriga koʻra inson oʻziga qulay kiyim harid qilishi kerak.

Uoreen Baffet hozirga qadar Nebraska shtatining Omaxa shaxridagi 1958-yilda 31500 dollarga sotib olgan uyida yashaydi. Baffet aynan puli koʻpligi uchungina hashamatli uyda yashashni oʻziga ep koʻrmaydi.

IKEA asoschisi Ingvar ayrim harajatlar bizga umuman keraksiz deydi. U badavlat insonlar singari shaxsiy samalyotda emas, balki yoʻlovchi tashish samalyotining ekonom-klassida uchishni afzal koʻrgan. Ingvar 1ta oʻrindiqdan 30 yil davomida foydalangan ekan.

“Starbucks” direktorlar kengashi boshligi Govard Shulsning taʼkidlashicha insondagi goʻzal fazilatlar uning pulidan muhimroq. “Men hech qachon milliarderlar roʻyxatida boʻlishi orzu qilmaganman. Hech qachon oʻzimga daromadim miqdoridan kelib chiqib baho bermaganman. Men oʻzimni insoniy fazilatlarimdan kelib chiqqan holdagina baholashim mumkin” deydi Shuls.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



