Oshxona

Inglizlar oʻzbek milliy taomlari haqida hikoya qilishdi

Inglizlar oʻzbek milliy taomlari haqida hikoya qilishdi

"Agar baʼzi ovqatlar goʻshtga boy boʻlsa, boshqalari un, guruch, sabzavot va ziravorlardan iborat. Oʻzbek oshpazlari bu mahsulotlardan taom tayyorlaydilar, biri biridan mazali va ajoyib – chuchvaradan  tortib kabobgacha", deyiladi xabarda.

Nashr eng mashhur taomlar deb quyidagilarni nomladi: somsa, lagʻmon, norin, shoʻrva, kabob,manti, palov va patir. "Taomlar shoxi" bu respublikaning barcha bayramlarida va maxsus kunlarida tayyorlanadigan oshdir.

"Bugun oʻzbek milliy oshxonasida turk, qozoq, uygʻur, moʻgʻul va boshqa madaniyatlarning taʼsirini koʻrishimiz mumkin", deydi tadqiqotchilar.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbek oshxonasi bir necha madaniyatlarning uygʻunlashishi va butun Osiyo uchun muhim savdo chorrahasi - Fargʻona, Toshkent va Samarqand vohasida koʻp yillik rivojlanish natijasida vujudga kelgan.

Ayniqsa, bu yerda X-XII asrlarda boʻlib oʻtgan fors va turkiy madaniyatlar uygʻunlashishi taʼsir koʻrsatdi. Bu yerda oʻzbek va tojik oshxonalarining oʻziga xos umumiyligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga, eng yaqin geografik qoʻshnilar -qozoq, qoraqalpoq va turkmanlar oshxonasidan jiddiy farq qiladi.

19-asrda Oʻrta Osiyoning Rossiyaga qoʻshilishidan soʻng, oʻzbek xalqining koʻp asrlik oshxonasi rivojlanishida oʻsish kuzatildi. Kartoshka, pomidor, karam, turp kabi sabzavotlar yetishtirila boshlandi, bu oshxonani yangi taomlar bilan boyitishga yordam berdi.

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar