Oshxona

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit
Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Burak Ochivit 1984 yil 24-dekabrda Turkiyaning Mersin shahrida tugʻilgan.

 Bolalik va oʻspirinlik davri

Burakning otasi kichik milliy turk taomalari oshxonasiga ega edi. Shaxsiy biznesi tufayli oila boshligʻi tez-tez xizmat safarlarida boʻlar edi, shuning uchun oila aʼzolari uni kamdan-kam koʻrishardi. Onasi Jeyxon uy bekasi edi, Burakdan tashqari oilada uning singlisi Burjun ham bor edi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Bolalik chogʻlarida Burak ertalabdan kechgacha televizor qarshisida oʻtirar va multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi koʻrar edi. U sevimli qahramonlari boʻlmish turli xil supermenlarga taqlid qilar edi. Ozchivit biroz kamolotga yetgach, oʻzini butunlay sportga bagʻishladi va boʻsh vaqtini futbol oʻynash yoki sport zalida mashqlar bajarish bilan oʻtkazar edi.

 Boʻlajak yulduz oʻsmirlik yoshiga yetganida, uning oilasi Istanbulga koʻchib oʻtdi, u yerda yigit uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Maktabni tugatgach, Burak Marmaraning eng qadimgi taʼlim muassasasida sanʼat tarixi fakultetining talabasi boʻldi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Oʻqish bilan bir qatorda Burak oʻz hayotini moda olami bilan bogʻladi. U otasining qistovi bilan bu ishga qoʻl urdi, chunki otasi oʻgʻlini aynan ana shu sohada muvaffaqiyatga erishishini va u bilan faxrlanishni orzu qilardi. Voyaga yetgach, yigit Turkiyaning supermodeliga aylandi, ikki yildan soʻng esa u dunyoda ikkinchi oʻrinni egalladi. Aslida bu tanlovda ishtirok etish uchun Burakning fotosuratlarini uning otasi oʻziga bildirmagan holda yuborgan, Burakning oʻzi buni hayoliga ham keltirmagan edi.

 Keyinchalik u koʻplab Yevropa brendlarining yuziga aylandi hamda nufuzli moda jurnallari uchun koʻplab fotosessiyalarda ishtirok etdi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Taniqli podiumlardagi bir necha gʻalabalardan soʻng mashhur boʻlgan Ozchivit baʼzi kinoijodkorlarning eʼtiborini tortdi. Shunday qilib, yigit maktab chogʻlarida oʻzi orzu qilgan katta kino olamiga kirib keldi. Kelishgan Burak oʻzining jozibali koʻrinishi va isteʼdodiga shu qadar ishonar ediki, u deyarli hech qachon ikkinchi darajali rollarni ijro etishga rozi boʻlmadi.

 Yosh aktyorga haqiqiy mashhurlikni “Muhtasham yuz yil” tarixiy teleserialdagi turk qoʻmondoni Bala Boy roli olib keldi. Koʻpgina tomoshabinlar bosh ayol qahramonlardan qaysi birini u oʻziga qalliq sifatida tanlar ekan, deb taxminlar qilishdi, ammo Turkiyaning eng sevimli aktyori yangi loyihaga jalb qilindi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Aktyorning keying yirik roli klassik asar “Choliqushi” romanining sahnalashtirilishi boʻldi. Bu yerda Ozchivit bosh qahramon – Kamron rolini, suratga olish maydonchasidagi hamkasbi Faxri Evgen esa Feride rolini ijro etdilar. Ikkala aktyor ham oʻzlarining shaxsiy baxtlari yoʻlidagi koʻplab toʻsiqlarni yengib oʻtgan sevishganlar obrazini talqin etdilar. Ushbu filmni dunyoning ellikka yaqin mamlakati tomosha qildi va endi Burak dunyo miqyosidagi yulduzga aylangan edi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Biroz vaqt oʻtgach, aktyor "Qara sevda" romantik serialidagi bosh erkak roliga tasdiqlandi. Bu yerda u biznesi halokatga uchragan tadbirkorning qiziga oshiq boʻlgan sartarosh rolini ijro etdi. Suratga olish maydonchasidagi hamkasbi Neslixon Atagul boʻldi.  Haqiqiy aktorlik mahorati va kutilmagan jozibador syujet tufayli kinofilm katta shuhrat qozondi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, sevishganlar obrazini maromiga yetkazib ijro etgan ushbu mashhur aktyorlarning oʻrtasidagi munosabat hayotda ancha ziddiyatli edi va u keyinchalik kuchayib ketdi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

2019 yilda unga "Usmonning tiklanishi" serialida buyuk Usmoniylar imperiyasining asoschisi Usmon I roli berildi .

 Bir necha yillar davomida Burak taniqli telejurnalistning qizi boʻlgan – model Ceylan Chapa bilan jiddiy munosabatda boʻlgan.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Aynan ana shu  vaqtda Burak Faxri Evdjen bilan bitta filmda rol oʻynadi, bu narsa uning sevgilisiga yoqmadi va u aktrisaga nisbatan adovat his qila boshladi. Oxir oqibat, qizning haddan tashqari rashkchiligi va aktyorning haddan tashqari band boʻlganligi sababli bu juftlik butunlay ajrashib ketdi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

 Oradan bir muncha vaqt oʻtkandan keyin Ozchivit va Evgen oʻrtasida kuchli his-tuygʻular rostdan ham paydo boʻldi. Bu paytda Burak allaqachon yolgʻiz edi. Aktyorlar oʻrtasidagi munosabat "Sevgi senga oʻxshaydi" kinoloyihasi ustida ishlayotganlarida paydo boʻldi, bunda Burak prodyuser ham edi. Vaqt oʻtib, munosabatlari jiddiy ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan keyin sevishganlar musulmon qonunlariga muvofiq oila qurdilar. Keyinchalik, yangi turmush qurganlar oʻzlarining muxlislari tomonidan yilning asosiy voqeasi deb nomlangan ajoyib toʻyni tashkil qilishdi.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Toʻy tantanasi Bosfor koʻrfazida eng qadimgi villa hududida, keng jamoatchilikdan holi tarzda boʻlib oʻtdi . Bayram paytida kelin uchta antiqa va jozibador libosda chiqdi. Kelin-kuyov qadimgi odat boʻyicha ilk raqslarini ijro etdilar. Bayramdan keyin mehmonlar yangi turmush qurganlarning chiroyli fotosuratlarini jamoat eʼtiboriga namoyish etdilar.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit
Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

2019 yilning bahorida ular oʻgʻil farzandli boʻldilar.

Yulduzlar haqida. Oʻzbek qizlarining sevimli aktyori Burak Ozchivit

Aktyor yoshligidagi kabi hozir ham futbolni yaxshi koʻradi. U tez-tez toʻp tepishni yaxshi koʻradi va doimiy ravishda oʻzi muxlis boʻlgan jamoaning oʻyinlarida qatnashadi. Bundan tashqari, Burak eski avtomobillarni  yigʻadi. Uning parkida elita avtomobillarining koʻplab modellari mavjud. Ozchitvit filmlardan tushgan pullarini turli bizneslariga sarflaydi. Xususan, u Istanbulning markazida joylashgan mashhur Balibey Diner restoraniga egalik qiladi. Va shu bilan birga aktyor kichik bir prodyuserlik markazini ham boshqaradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar