Texnologiya

Orqa tomonida 5 ta va old qismida 1 ta kamera: Samsung Galaxy S11 birinchi namoyishda koʻrsatildi

Orqa tomonida 5 ta va old qismida 1 ta kamera: Samsung Galaxy S11 birinchi namoyishda koʻrsatildi

Nufuzli insider OnLeaks, Galaxy S11 flagman dizaynini namoyish etuvchi video va rasmlarni  eʼlon qildi. Agar ushbu materiallarga ishonsak, smartfonning old tomoni ikkala, Galaxy S va Galaxy Note smartfonlariga oʻxshash boʻladi.

Smartfonning asosiy versiyasi 6,7 dyuymli, ingichka ramkali ekranga ega boʻlishi kerak, oʻrtasida yumaloq boʻlgan teshikka ega. Yonlarning egikligi saqlanib qoladi, lekin oldingilariga qaraganda kamroq boʻladi.

Orqa tomonidagi burchakda besh kamerali katta fotomodul joylashtiriladi, ular orasida: 108 megapikselli asosiy datchik, keng burchakli obyektiv, besh karra optik kattalashtiradigan teleobyektiv, ToF sensori va boshqa nomaʼlum datchik. GalaxyS11 korpusining oʻlchamlari 161,9 × 73,7 × 7,8 mm boʻlishi kerak.

Smartfonning asosiy versiyasi bilan bir qatorda 6,3-6,4 dyuymli Galaxy S11e va 6,9 dyuymli Galaxy S11 + (S11 Pro) taqdim etildi. 18-fevral kuni yangi mahsulotlar eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Bundan oldin, Galaxy S11 Android 10-da qayta ishlangan One UI 2.1 qobigʻi bilan ishlaydi va smartfonning ichki xotirasi 1 TB ga etadi deb xabar berilgan edi.

Orqa tomonida 5 ta va old qismida 1 ta kamera: Samsung Galaxy S11 birinchi namoyishda koʻrsatildi
Orqa tomonida 5 ta va old qismida 1 ta kamera: Samsung Galaxy S11 birinchi namoyishda koʻrsatildi
Orqa tomonida 5 ta va old qismida 1 ta kamera: Samsung Galaxy S11 birinchi namoyishda koʻrsatildi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar