Futbol boʻyicha birinchi jahon chempionati: qachon, qayerda oʻtkazilgan. Birinchi jahon chempioni

Biz hozir oʻynaydigan futbol XIX asrning oʻrtalarida Angliyada paydo boʻlgan va asta-sekin dunyo boʻylab tarqala boshlagan. Avvaliga koʻcha jamoalari, soʻngra esa shahar va milliy jamoalar tuzila boshlandi.
Biroq futbol olgʻa qadamlar bilan Yer yuzini qamrab olishiga hamda muxlislarining soni tobora koʻpayib borishiga qaramasdan, uzoq vaqt mobaynida rasmiy xalqaro musobaqalar qatoriga kiritilmagan. 1908 yilga kelibgina havaskorlar futboli Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritildi.

Futbol ommaviylashgan sari unga boʻlgan munosabat ham oʻzgara bordi. Va asta-sekinlik bilan havaskorlar oʻyinidan profesionallar oʻyiniga aylanib bordi. Aynan ana shu narsa 1928 yilda boʻlib oʻtayotgan FIFA kongresida birinchi jahon chempionatining tashkillashtirilishi haqida qaror qabul qilinishiga turtki boʻldi.
Bu turnirni oʻz hududida oʻtkazish uchun bir necha mamlakatlar raqobatlashdilar: Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Vengriya va Urugvay. Bu bellashuvda Urugvay eng koʻp ovoz bilan gʻolib chiqdi va futbol boʻyicha ilk jahon chempionatini oʻz hududida oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritdi.

Jahon chempioni nomiga sazovor boʻlish uchun Montevideoda boʻlib oʻtayotgan turnirga bor-yoʻgʻi 13 ta jamoa tashrif buyurdi. Ulardan yettitasi Janubiy Amerika, ikkitasi Shimoliy va Markaziy Amerika va toʻrttasigina Yevropa manfaatlarini himoya qilish uchun keldi.
“A” guruhida Frantsiya, Meksika, Argentina hamda Chili kabi mamlakatlarning jamoalari oʻynadi.
“B” guruhida Braziliya, Boliviya va Yugoslaviya jamoalari oʻynadi.
“C” guruhida Ruminiya, Urugvay va Peru jamoalari oʻynadi.
“D” guruhida Belgiya va Paragvay oʻynadi.

Turnirning ilk matchlari 1930 yilning 13 iyulida boʻlib oʻtdi. Unda Frantsiya bilan Meksika hamda AQSH bilan Belgiyaning terma jamoalari uchrashdi.Fransuzlar 4-1 hisob bilan, amerikaliklar esa 3-0 hisob bilan raqiblari ustidan gʻalaba qozondilar.
Jahon chempionatidagi ilk golning muallifi Frantsiyaning yarim himoyachisi Lyusyen Loran boʻldi.

Eng birinchi yarim final oʻyinlari esa 26 iyul kuni Argentina hamda AQSH jamoalari oʻrtasidagi match bilan boshlandi. Birinchi taym argentinaliklarning gʻalabasi bilan 1-0 hisobi bilan yakunlandi, ikkinchi taymda esa ular yana beshta gol urdilar, amerikaliklar esa bor-yoʻqi bitta gol bilan javob qaytardilar. Final hushtagidan keyin arbitr 6-0 hisobini hamda Argentina gʻalabasini qayd etdi.
27 iyulda boʻlib oʻtgan yarim finalning ikkinchi oʻyini ham huddi shunday hisob bilan yakunlandi. Bunda Urugvay hamda Yugoslaviyaning terma jamoalari uchrashgan edi.

Futbol boʻyicha birinchi jahon chempionatining hal qiluvchi final oʻyini 1930 yilning 30 iyulida Sentenarioda 93 ming tomoshabin ishtirokida boʻlib oʻtdi. Bunda Argentina bilan Urugvay jamoalari uchrashdi. Birinchi taymda urugvayliklar oʻz uylarida argentinaliklarga 1-2 hisobda yutqazib turgan edilar. Biroq ikkinchi taymda oʻyin jarayoni tubdan oʻzgarib ketdi: Urugvay jamoasi uchta toʻpni argentina darvozasiga urub, umumiy hisobni 4-2 ga yetkazdi va tarixda ilk bora futbol boʻyicha jahon chempioniga aylandi.
*Futbol boʻyicha ilk jahon chempionatida taklifnoma olgan har qanday mamlakat qatnashishi mumkin edi. Ammo shunga qaramasdan, koʻpgina Yevropa mamlakatlari iqtisodiy sabablar tufayli ushbu turnirda qatnashishdan bosh tortdi.
*Ishtirok etuvchi jamoalarning kamligi uchun jahon chempionatining tarixida yagona marta saralash turniri oʻtkazilmadi.
*Guruh turniridagi gʻalabasi uchun jamoa hozirgidaka uch emas, ikki ochkoni qoʻlga kiritar edi.

*Birinchi jahon chempionatida “turnirning rasmiy toʻpi” boʻlmaganligi uchun turnirning final matchi terma jamoa oʻyinchilari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqmaganligi uchun ikkita toʻp bilan oʻtkazilgan. Birinchi taymda argerninaliklarning toʻpidan, ikkinchi taymda esa urugvayliklarning toʻpidan foydalanilgan. Turning rasmiy toʻpi esa 1970 yilda paydo boʻldi.
*Futbol boʻyicha birinchi jahon chempioni boʻlgan Urugvay jamoasiga ushbu turnirni tashkillashtirgan FIFA prezidenti Jyul Rime nomli kubok topshirilgan, Unda gʻalaba timsoli boʻlmish qadimgi yunon ilohi – Nika tasvirlangan edi. Keyinchalik bu kubok gʻolibdan gʻolibga oʻtib kelavergan. Biroq 1970 yilda bu sovrin futbol boʻyicha jahon chempionatida uch marotaba gʻoliblikni qoʻlga kirintgan Braziliya terma jamoasiga butunlay taqdim etilgan.
*Uchinchi oʻringa daʼvogar boʻlgan AQSH va Yugoslaviya jamoalari oʻrtasida match oʻtkazilmagan.
*Sakkiz toʻpni raqiblar darvozasiga kirita olgan Urugvay terma jamoasining oʻyinchisi Gilyermo Stabile chempionatning eng yaxshi hujumchisi, deya qayd etildi.
*Futbol boʻyicha birinchi jahon chempionatining boʻlib oʻtganiga ancha yil boʻldi. Shunga qaramasdan, bu musobaqa ommabopligini saqlabgina qolmasdan, eng nufuzli musobaqalardan biriga aylana oldi. Bu dunyo boʻyicha milliardlab muxlislariga ega boʻlgan va ular tomonidan sabrsizlik bilan kutiladigan haqiqiy bayramdir. Urugvay esa nafaqat 1930 yilda oʻz hududida futbol boʻyicha birinchi jahon chempionatini oʻtkazgan davlat, bakli uni gʻolibiga ham aylangan mamlakat sifatida tarixga kirdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



