Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum


Birinchi oʻrinni bu borada taxtakach egallaydi. Barchamiz uchun oddiy oshxona buyumi hisoblanmish taxtakach oʻzida unitaz oʻtirgichiga nisbatan 200 marta koʻproq mikrobni saqlaydi. Uni qaynoq suvda yuvib, eng tasir qiluvchi dezinfeksiya vositalari bilan tozalaganda ham toʻliq toza qilib boʻlmaydi.

1 litr suvga 40 ml sirka soling. Taxtakach yuzasini ushbu qaynoq suyuqlik bilan arting. Taxtakach yuzasi nam boʻlib qoladi, uni ustiga isteʼmol sodasini sepib tuni bilan qoldiring. Ertalab qaynoq suv bilan yuving va quriting. Ushbu usuldan soʻng, 99,5% mikrobdan halos boʻlasiz. Bundan tashqari har haftada taktakachni spirt bilan artib tursangiz ham ayni muddao.

Uydagi telefon goʻshagi ham oʻzida juda koʻp mikrobni saqlaydi. Uning 1 sm kvadrat yuzasida mingdan ortiq mikroblar mavjudligi aniqlangan. Ayniqsa uyda gripp bilan kasallanganlar boʻlsa, aparratni darxol tozalashingiz kerak. Telefon goʻshagi va shu kabi plastmassali buyumlarda viruslar 3 sutkaga qadar yashashi mumkin.

Agar telefondan barcha sogʻlom kishilar foydalangan boʻlsa oddiy texnika uchun moʻljallangan antibakterial salfetka bilan haftada 2 marta tozalasangiz boʻladi. Agar shamollaganlar boʻlsa u holda har kuni artish tavsiya etiladi. Bu usul 90 % mikroblarni yoʻq qiladi.

Bu vositaning oʻzi barcha idish-tovoqlarni toza qilib berishga beradiku-ya biroq oʻzi bakteriyalarga qarshi kurasha olmaydi.

Uyingizda mikrotoʻlqinli pech boʻlsa uni eng baland xaroratini yoqib toza yuvilgan gubkani ichiga soling. Extiyotkor boʻlib kuzating, gubka oʻt olib ketmasin. Soʻngra extiyotkorlik bilan uni olib soviting. Bunday usul bilan 99 % mikroblarni yoʻq qila olasiz. Bunday qizdirish usuli faqatgina tarkibida metal elementi yoʻq boʻlgan gubkalarga taaluqli.

Koʻp insonlar dush pardalarini yuvish shart emas deb hisoblashadi. Biroq bu fikr notoʻgʻri. Dush paytidagi iliq va nam muhit juda koʻplab mikroblar pardada yigʻilishiga sabab boʻladi.

Pardani tozalovchi vositalar yoki boʻlmasa sirka bilan muntazam yuvib turish darkor. Yuvilganidan soʻng parda tekis va toʻgʻri yoyilgan shaklda qurishi lozim. Aks holda unda mogʻorlar paydo boʻlib qoladi. Issiq kunlarda esa uni quyosh nurida quritish ayi muddao boʻladi.

Shunday qilib axlat chelagi ushbu roʻyxatimizning eng oxirgi oʻrnini egallagan. Axlat chelagi mikroblar toʻplanishi uchun eng qulay joy.

Axlatlarni axlat chelakda bir kundan ortiq saqlamang. Meva va sabzavot qoldiqlarini esa 2-3 soatdan ortiq ushlab turmagan maʼqul. Axlat chelagi uchun polietilenli paket ishlatsangiz mikroblar tez tarqab ketishini oldini olgan boʻlasiz. Axlatni toʻkib kelib, har safar chelakni yuvib, soʻng albatta quritishni unutmang.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



