Qiziqarli

Uyingizdagi eng kir narsa – idish yuvish gubkasi ekan!

Uyingizdagi eng kir narsa – idish yuvish gubkasi ekan!
Uyingizdagi eng kir narsa – idish yuvish gubkasi ekan!

Olimlarning olib borgan tadqiqotlari natijasiga koʻra, idish tovoq yuvadigan gubkaning bir kub santimetrida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan bakteriyalar soni meʼyordan yetti barobar koʻpdir! Biz ifloskangan latta yoki gubkadan foydalanganimizda undagi bakteriyalar idishlarga, idishlardan esa organizmimizga tushadi. Bundan chiqdi, bizning tozalik uchun qilgan harakatimiz chippakka chiqadi. 

Uyingizdagi eng kir narsa – idish yuvish gubkasi ekan!

Tekshirilganda, gubkada juda xavfli bakteriyalar aniqlandi, ular turli kasalliklarni, jumladan zotiljam (pnevmoniya) va meningitni keltirib chiqarishi mumkin. Olimlarning fikricha, oshxona lattasidagi bakteriyalarni goʻng axlatida toʻlib toshib yotgan mikroblar bilan tenglashtirish mumkin. Oila aʼzolarining salomatligini  xavf ostiga qoʻymaslik uchun, gubkalarning tozaligiga eʼtibor berish, har ishlatgandan keyin ularni quritish va tez-tez –hech boʻlmaganda haftasiga bir  marta almashtirib turish kerak.

Uyingizdagi eng kir narsa – idish yuvish gubkasi ekan!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar