Qiziqarli

Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi

Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi

1987 yiliMiddlonlar oilasi “Party Pieces” nomli kompaniyaga asos solishdi. Mazkur kompaniya tez orada ingliz bozorida obroʻ-eʼtibor qozondi va oila byujetiga millionlarni olib kela boshladi. Middltonlar oilasi Berkshirdagi Baklberi qishlogʻidan katta uy sotib oldilar.

Ketrin oiladagi toʻngʻich farzand edi. U ikki yosh kirib kiymay, oila janob Middltonning ishi sabab Iordaniyaga koʻchib keldi va bu yerda ikki yil istiqomat qilishdi. Uch yoshli qizaloq ilk bor Ummondagi bolalar bogʻchasiga qaytay boshladi, Berkshirga qaytganlaridan soʻng esa Sent-Endryus maktabiga oʻqishga kirdi. U yerdagi tahsilni tugatib, Marlboro kollejida taʼlim oldi.  Ketrin kollejdagi eng faol oʻquvchilarning biri boʻlib, kimyo, biologiya va sanʼatning turli sohalari bilan jiddiy shugʻullanar, tennis, xokkey va netbol oʻynash boʻyicha ham birinchilardan edi. Uning balandlikka sakrash koʻrsatkichlariga ham teng keladigani boʻlmagan. 

Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi

2000 yili kollejni tamomlagan Keyt Sent-Endryus universitetiga oʻqishga kirdi va bu yerda yuqori baholar bilan bakalavr darajasini oldi. Tahsilni tugatgach esa ota-onasi asos solgan kompaniyada ishga kirishdi, kataloglar dizayni, mahsulotlarning suratga olish ishlari va marketing bilan shugʻullandi. 2006 yili Keyt “Jigsaw” magazinlar tarmogʻida faoliyat boshlab, bir yil oʻtgach, professinal fotograf boʻlish niyatida ishdan ketdi. Oradan bir necha oy oʻtib, u malika Diana va uning oʻgʻillarini suratga olib yurgan mashhur suratkash Mario Testinodan dars olishga qaror qildi. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, boʻlgʻusi gertsoginya va shahzoda Uilyamni aynan Testino tanishtirib qoʻygan ekan. 

Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi

2005 yilga kelib ommaviy axborot vositalari Keytni shahzodaning sevgan qizi sifatida tilga ola boshladi, ularning birgalikda tushgan rasmlari ilk sahifalardan joy oldi. Bunday qattiq bosim taʼsiri ostida Keyt advokatlarga ommaviy axborot vositalari ustidan oʻz shaxsiy hayotiga muntazam ravishda aralashganlari uchun arz qilgani ham maʼlum. Juftlik universitetda sanʼat tarixidan birga saboq oldilar, ammo keyinroq shahzodaning mutaxassisligi geografiyaga oʻzgarib ketdi.

Shahzoda bilan tanishgach, Keyt qirollik oilasi tantanalariga taklif etila boshladi, 2006 yili esa ota-onasi bilan birga Qirollik harbiy akademiyasi marosimlariga tashrif buyurib, Yelizaveta II bilan ilk bor uchrashdilar. 

Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi

2010 yilning 16 noyabr kuni juftlikning unashtiruv marosimi boʻlib oʻtdi. Kelgusi yilning 29 aprel kuni esa tantanali nikoh tashkil etildi. “Asr toʻyi” deya nom olganmarosim Vestministr abbatligida oʻtkazildi va katta qirolicha tomonidan yosh juftlikka Kembrij gertsogi va gertsoginyasi unvoni berildi.

Toʻy marosimi uchun ikkita nikoh koʻylagi hozirlanib, biri nikoh marosimida, ikkinchisi marosimdan keyingi kechki ovqat paytida kelinga kiydirildi. Ketrin “Alexander McQueen” koʻylagida cherkovda paydo boʻldi, ikkinchi libos esa britaniyalik rassom-modeler Bryus Oldfild tomonidan yaratildi.

Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi

Mamlakatdagi eng shov-shuvli ushbu toʻyiga oʻlkaning eng badavlat, obroʻ-eʼtiborli va mashhur kishilari taklif etildi. Ular orasida Elton Jon, Gay Richi, Devid Bekxem, Viktoriya Bekxem kabi yulduzlarni koʻrish mumkin edi.

2011 yili juftlik munosabatlari tarixi haqida hikoya qiluvchi “William & Kate" nomli film suratga olindi

.

Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi

2012 yili Ketrinning homilador ekanligi va toksikoz belgilari bilan qirol Edvard VII shifoxonasida yotgani maʼlum boʻldi. 2013 yilning 22 iyul kuni shahzoda Jorj Aleksandr Lui dunyoga keldi.

2014 yil 8 sentyabr kuni gertsoginyaning ikkinchi bor ona boʻlib arafasida ekanligi haqidagi rasmiy xabar berildi. 2014 yil 20 oktyabr kuni esa malika SharlottaYelizaveta Diana olam yuzini koʻrdi. 

Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi
Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi

1.     Malika boʻlishni barcha qizlar orzu qiladilar-u, ammo uning maʼsuliyati hammaga ham ayon emas. Ketrin bugungi kunda bolalikdagi doʻstlari bilan uchrasha olmaydi, charchagan holatda va yomon kayfiyatda boʻlishga ham haqli emas. Zero uning yuzi mamlakat qirollik oilasi ahvolidan darak beruvchi timsollardan biri sanaladi.

2.     Ketrin shahzodaning rafiqasi boʻlsa-da, qirollik oilasidan boʻlmagani sabab malika deya aytilmaydi. Faqat uning turmush oʻrtogʻi Uels shahzodasi nomiga sazovor boʻlsagina (hozirda bu nom shahzoda Charlzga tegishli) Keyt malika unvoniga sazovor boʻlishi mumkin.

3.     Keyt gertsoginya boʻlguniga qadar juda koʻp gap-soʻzlarga bardosh berishiga toʻgʻri kelgan. Hatto yosh aristokratlar orasida uning oddiy oiladan ekanligini aytib kuluvchilar ham boʻlgani maʼlum.

4.     Ketrin shahzodadan turmush qurish taklifini oz emas, koʻp emas 9 yil kutdi.

5.     Keyt 29 yoshida turmushga chiqib, eng katta yoshda oila qurgan Britaniya qirollik oilasi kelini boʻldi.

6.     Ketrin turmush oʻrtogʻi va farzandlari uchun taom pishirishni xush koʻradi. Uni qoʻlida paketlar ushlagancha supermarketlarda bot-bot uchratib turishadi.

7.     Ketrin mamlakat ayollari uchun uslub borasidagi mukammallik timsoli sanaladi.

8.     Ketrin yozning jazirama kunida ham kapron kolgotkalardan voz kechmaydi. Aytishlaricha gertsoginya bu borada Karla Bruni-Sarkozidan andaza olgan. Maʼlumot uchun, Karla Brunining yupqa kolgotkalardan oyoqdagi kamchiliklarni berkitish uchun foydalanishi koʻp bor taʼkidlangan.

9.     Qirollik oilasi suratkashlarining fikriga koʻra, Ketrinning barcha suratlari chiroyli chiqishiga sabab uning hech qachon kameraga toʻgʻridan toʻgʻri qaramasligi ekan.

Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi
Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar