Stressli holatda qanday qilib tezda tinchlanish mumkin

Koʻpincha,stressli vaziyatda, his-tuygʻularimizni boshqarishga urinish va xotirjam boʻlib, vaziyatga toʻgʻri baho berishni oʻrniga biz gʻazablanishni yoki vahima qilishni boshlaymiz. Siz toʻsatdan ruhiy muvozanatni yoʻqotgan paytingizda asabiylikni toʻxtatishga yordam beradigan bir nechta samarali usullar haqida gapirib oʻtamiz.

Tinchlanish uchun koʻpincha bir necha qultum suv ichish kifoya qiladi. Bu sizga tezda oʻzingizga kelishga imkon beradi.Idishlarni yuvish ham harxashadan chalgʻitadi. Agar siz biror bir yumush bilan band boʻlsangiz, fikrlaringiz boshqa yoʻnalishga oʻtadi. Ideal yechim xushboʻy moylar va koʻpikli iliq vanna yoki dush boʻladi.

Hayolan jarayonni boshqarib, chuqur nafas olishga harakat qiling. Siz salbiy fikrlardan chalgʻiysiz va qon kislorod bilan toʻyinadi. Toza havoda sayr qilish ham juda foydali.

Bir nechta jismoniy mashqlar tezda ongingizni tartibga soladi. Ammo siz boshqa faoliyat turlaridan ham foydalanishingiz mumkin. Masalan: raqsga tushish, uyni tozalash, suzish,kiyimlarni yuvish yoki xonadagi buyumlar tartibini oʻzgartirish. Sizning mushaklaringiz stress gormonini yoʻq qilib yuboradi va yengillikni his eta boshlaysiz.

Maʼlumki,kulgi – eng yaxshi dori. Asabingizni buzayotgan vaziyatga boshqa tomondan qarashga harakat qiling. Sizni gʻazablantiradigan va salbiy hissiyotlarni keltirib chiqardigan har bir narsani ustidan kuling. Agar bu yordam bermasa,komediya dasturlari yoki kulgili film tomosha qiling.

Yigʻlashdan soʻng, tana ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega boʻlgan gormonlarni ishlab chiqaradi. Bu bir muncha vaqt oʻtgach oʻzingizni yaxshi his qilishga yordam beradi. Agar oʻzingiz yigʻlay olmasangiz, qaygʻuli film tomosha qiling.

Bu stress paytida juda yaxshi davolovchi vositadir. Oʻzingizni yomon his qilsangiz, yolgʻiz qolishga harakat qiling va haqoratlardan foydalangan holda vaziyatni gapirib oʻting. Siz hatto qichqirishingiz mumkin. Ushbu usul sizga vaziyatdan tezroq xalos boʻlishga yordam beradi.

Sizni stressga olib keladigan muhitni iloji boricha tezroq tark eting. Stressli muhitsizning holatingizga juda yomon taʼsir qiladi, bu sizning aqliy va jismoniy sogʻligʻingizda aks etadi. Ehtiyot boʻling va oʻzingizni asrang!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



