Qiziqarli

Sevgi sirlari

Sevgi sirlari
Sevgi sirlari

Baʼzi psixologlarning aytishicha, inson tabiatan poligamik boʻlib yaratilgan. Biroq tabiatda monogamiya (yaʼni bir juft bilan yashash) ham borligini koʻrish mumkin. Masalan, gibbon, oqqush, boʻri, albatros va qora grif kabi hayvonlar hayotlarini faqat bir juft bilan oʻtkazadilar.       

Sevishganlarda bir-birlariga moyillik tanishuvning birinchi toʻrt daqiqasida tugʻiladi.                

Sevishganlar bir-birlarining koʻzlariga qaraganlarida ularning yuraklari bir maromda va baravariga ura boshlaydi. Bunday hodisaga olimlar hanuzgacha izoh bera olganlari yoʻq.                                                                                                                                 

Sevgi sirlari

Sevgan insonning hissiyotlari kokain moddasi beradigan eyforiya holati bilan tengdir.                                                                                                                                         

Sevgan insonni quchoqlash ogʻriqning kamayishiga turtki boʻladi. Sababi, bu paytda miyada “ogʻriqsizlantiruvchi gormonlar” ning ishlab chiqilishidir.                                                                                          

Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, koʻrinishlaridan bir-birlarlariga oʻxshagan juftlar baxtli hayot kechiradilar.

Sevgi sirlari

Dunyoqarashlari bir xil juftliklarning munosabatlari esa osongina boshlanadi, lekin uzoqqa choʻzilmaydi.

”Yuragimga ozor berding”, degan gap mubolagʻa emas. Qaygʻu, hasrat tufayli organizmda yurak uchun zarur moddalarning ishlab chiqilishi kamayishi oqibatida yurakda ogʻriq paydo boʻladi.                                                                              

Oshiqlik bir yildan uzoqqa choʻzilmaydi. Bundan keyin bogʻliqlik kelib chiqadi yoki koʻngil sovishi.                                                                                                           

Sevgi sirlari

Tadqiqotlar natijasiga koʻra, sevgan insonning miyasida qiziq kimyoviy jarayon sodir boʻladi. Serotonin moddasi kamayib, kortizol oshadi. Xuddi shunday jarayon yengil ruhiy kasalliklarda ham sodir boʻladi.                                                            

Oshiqning sevgilisi haqida oʻylashi uni ijod qilishga undaydi.                                         

Ekstremal xavfli vaziyatlarda insonlarda sevib qolish hollari koʻproq uchqaydi. Chunki bunday paytda inson organizmida adrenalin miqdori oshadi, u esa “sevgi gormoni” bilan bir xildir.                                                                                                                                       

Sevgi sirlari

Yengil, oʻtkinchi sevgi shaydolari qizlarning qomatiga ahamiyat bersa, haqiqiy muhabbatini qidirgan yigitlar qizlarning chehrasiga nazar soladilar.                                          

Sevgilisi yoki uning suratiga tikilgan oshiqning koʻz qorachigʻlari kengayadi.

Sevgidan mast boʻlib yurgan oshiqlarning organizmida oksitotsin moddasi shiddat bilan ishlab chiqiladi. Bu gormon kayfiyatga, fikrlash jarayoniga, muomalaga ijobiy taʼsir qiladi. Shuning uchun sevgan inson mehribon va xushkayfiyat boʻlib qoladi.  

Sevgi sirlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar