Taniqli milliarder Rokfellerning muvaffaqiyat va uzoq umr koʻrishining sirlari


-1-
Rokfeller biznesda muvafaqqiyatga erishish uchun “oʻqish, intizom va tirishqoqlik” zarur deb hisoblar edi. Bu u oʻz hayoti misolida isbotladi. Frontga koʻngilli ravishda ketgan Devid, ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin amakisining taklifi bilan jahonning yirik banklaridan biri Chase Bankka ishga joylashdi.
Devid xizmat faoliyatini oʻsha paytda eng kichik lavozim hisoblangan bank boshqaruvchisining assistenti lavozimidan boshladi va yiliga 3500 dollar maosh olar edi.
-2-
U paytlarda oliy maʼlumot va boshqaruv mahorati muhim omil hisoblanmas edi. Shuning uchun boʻlajak milliarder iqtisod boʻyicha doktorlik darajasiga ega ekanligi haqida ogʻiz ochmadi.
-3-
Rokfeller idorada oʻtirmas edi. Chase Bank dagi 35 yillik ish faoliyati davomida 100 dan ortiq davlatlarda xizmat safari bilan bordi va 5 mln milya masofani bosib oʻtdi (200 marta yer yuzini aylanib oʻtishga teng). 50 ta Amerika shtatlaridan 42 tasida bank mijozlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. 10 000 dan oshiq “ish boʻyicha tushliklar oʻtkazdi.
U kuniga 10 ga yaqin uchrashuv oʻtkazishga ulgurar edi. 200 dan ortiq davlat va hukumat arboblarining rasmiy qabulida boʻldi.
-4-
Millioner doʻstlari bilan biznes olib borishdan choʻchimagan. U “doʻstlik va biznes bir-biriga xalal beradi” degan naqlga eʼtibor bermas edi. “Ish boʻyicha eng mustahkam aloqalar ishonch, sodiqlik asosiga qurilishiga qattiq ishonaman” der edi Rokfeller.
Doʻstlik asosiga qurilgan biznesdan koʻra, biznes asosiga qurilgan doʻstlik afzal. D.Rokfeller
-5-
Rokfeller barbod qilish emas, yaratish tarafdori edi. “Ishbilarmonlik quvonchi – insonlarga uzoq vaqt va doimiy xizmat qiladigan hamda ularga qadrli boʻlgan narsani yaratishdir” der edi milliarder.
-6-
Rokfellerning fikricha, muvaffaqiyatga erishish uchun pulni maqsad qilish kerak emas. “Agar maqsadingiz faqat boy boʻlish boʻlsa, unga hech qachon erisha olmaysiz” der edi u.
-7-
Milliarderdan yana bir maslahat: “Katta xarajatlardan qoʻrqish kerak emas, kichik daromaddan choʻchish lozim”.


-1-
Rokfellerning noodatiy qiziqishi bor edi: u ayollar va qimmatbaho alkogollarga emas, qoʻngʻizlar kollektsiyasiga qiziqar edi. Undagi hasharotlarga boʻlgan qiziqish bolalik davrida tabiatshunoslik darslarida paydo boʻlgan. Har bir xizmat safariga u qoʻngʻizlar solish uchun maxsus bonkacha bilan borar edi. U xobbisi bilan dunyoning turli burchaklarida shugʻullanishi mumkin edi.
Rokfeller qoʻngʻizlarning bir necha yangi xilini kashf etdi. Uning kollektsiyasida 40 ming ta hasharot boʻlib, dunyo boʻyicha eng yirik hisoblanadi. Qoʻngʻiz turlaridan biriga uning nomi berilgan: Diplotaxisro -2-
Milliarder bolalarga yaxshi muallim kerak, deb taʼkidlar edi. U tarixga qiziqish uygʻota olgan oltinchi sinfdagi tarix muallimini qayta-qayta esga olar edi.
-3-
Devid yoshligidan yumshoq xarakterli edi. Bu uning odamlarga boʻlgan munosabatini belgiladi: Rokfeller odamlar bilan san-manga borishni va urushishni yoqtirmas edi.
-4-
“Rokfeller familiyam juda taniqli. Biroq uni deb odamlar menga shubha bilan qaraydilar. Ularning fikricha men yutuqlarimga oʻz kuchim bilan emas, familiyam tufayli erishganman”, der edi Devid.
Odamlardan ozgina boʻlsa ham ajralib turgan insonning beti qalin boʻlishi kerak. D.Rokfeller
-5-
Rafiqasi bilan oʻrtalaridagi benuqson munosabatlarining siri nimada degan savolga Rokfellerning javobi oddiy edi: “Bizning qiziqishlarimiz bir-biridan farq qiladi. Aynan ana shu omil bizning uzoq va baxtli hayotimiz kalitidir”.
-6-
Yaxshi va qiziqarli hayot kechirish uchun Rokfeller sarguzashtlarni yoqtirish, chet ellarga sayohat qilish, boshqa xalqlar madaniyatini oʻrganish, hech nimaga afsuslanmaslik hamda insonlar bilan qiziqish kerakligini maslahat bergan.
-7-
Milliarderning fikricha, keng imkoniyatlar bor joyda, masʼuliyat ham boʻlishi kerak. Rokfeller homiyligi bilan ham mashhur boʻlgan. Uning qilgan xayr-ehsonlarining umumiy miqdori 900 mln dollarga teng.
Agar boyligingizni birov bilan boʻlishmasangiz, undan nima naf. D.Rokfeller.



Devid Rokfellerga 7 marta yurak koʻchib oʻtkazilgan. Birinchi jarrohlik operatsiyani 1976 yilda katta avariyadan keyin roʻy bergan yurak xurujidan keyin boshidan oʻtkazgan. Bir haftadan soʻng esa yugurishga chiqgan.
Bundan tashqari Rokfeller 2 ta buyrak alishtirish boʻyicha ham jarrohlik operatsiyalarini boshidan oʻtkazgan. U hazillashib, 200 yil umr koʻrish istagida ekanligini aytib oʻtgan.


1. Odamlar bilan muloqot qilishni bilish – bu ham bir mahsulotdir. Men bunday bilim uchun yaxshigina xaq toʻlashga tayyorman.
2. Obroʻ- eʼtiborga erishsangiz, u sizning foydangizga ishlaydi.
3. Boshqaruvni toʻgʻri olib borish oʻrtahol insonlarga yuqori darajadagi insonlarning ishini oʻrgatishdan iboratdir.
4. Men har bir muvaffaqiyatsizligimni yana bir imkoniyatga alishtirar edim.
5. Men uchun intiluvchan odam, bilimdon insondan koʻra qadrlidir.
6. Qatʼiyatlik har qanday muvaffaqiyatning negizidir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



