5 ta eng kuchli tabiiy antibiotik


Xren ildizi xantal moyi va enzimga ega. Teriga ishqalaganda ikkala modda ham kislorod taʼsirida birlashib, spirtli xantal moyini hosil qiladi. Bu kuchli tabiiy antibiotik hisoblanadi hamda ogʻiz boʻshligʻi, burun va tomoqdagi bakteriyalarga qarshi kurashadi.
Nafas olish yoʻllari kasalliklarida (traxeit, bronxit), quruq yoʻtalda: qirgʻichdan chiqarilgan 1 osh qoshiq xren bilan 3 osh qoshiq asal aralashtiriladi, tindiriladi. Tayyor boʻlgan aralashma 1 choy qoshiqdan kuniga 5 mahal isteʼmol qilinadi. Aralashma ogʻiz erishi shart.
Siydik yoʻli kasalliklarida (tsistit, uretrit): qirgʻichdan chiqarilgan 1 osh qoshiq xren 1 stakan qaynagan suvda damlanadi, 5 daqiqa oʻrab qoʻyiladi. Bunday choyni kuniga 3-4 mahal isteʼmol qilish kerak.
Xren ildizi xantal moyi va enzimga ega. Teriga ishqalaganda ikkala modda ham kislorod taʼsirida birlashib, spirtli xantal moyini hosil qiladi. Bu kuchli tabiiy antibiotik hisoblanadi hamda ogʻiz boʻshligʻi, burun va tomoqdagi bakteriyalarga qarshi kurashadi.
Nafas olish yoʻllari kasalliklarida (traxeit, bronxit), quruq yoʻtalda: qirgʻichdan chiqarilgan 1 osh qoshiq xren bilan 3 osh qoshiq asal aralashtiriladi, tindiriladi. Tayyor boʻlgan aralashma 1 choy qoshiqdan kuniga 5 mahal isteʼmol qilinadi. Aralashma ogʻiz erishi shart.
Siydik yoʻli kasalliklarida (tsistit, uretrit): qirgʻichdan chiqarilgan 1 osh qoshiq xren 1 stakan qaynagan suvda damlanadi, 5 daqiqa oʻrab qoʻyiladi. Bunday choyni kuniga 3-4 mahal isteʼmol qilish kerak.

Ushbu rezavor meva kuchli antibiotik va virusga qarshi kurashuvchi hususiyatga ega boʻlib, siydik yoʻli va siydik qopini zararli bakteriyalardan tozalaydi. Klyukva ajoyib antioksidant hisoblanadi, u inson tanasidagi hujayralarni erkin radikallarning zararli taʼsiridan himoya qiluvchi moddalarga boy.
Klyukva va brusnikaning shamollashga qarshi kurashda ahamiyati katta. Bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyati borasida ham beqiyos. Shu bilan birga bu rezavor mevalar siydik haydash va siydik yoʻlini davolash xususiyatiga ham ega.
Morsning tayyorlanishi: Klyukva va brusnika mevalari shakar bilan aralashtiriladi (3:1 nisbatda). Aralashmaning 2 osh qoshigʻi 0,5 litr iliq suv bilan arashtiriladi. Ushbu ichimlik foydali va davolash xususiyatiga ega.

Sarimsoqpiyoz inson organizmidagi zararli bakteriyalarni, ichak parazitlarini haydash, qondagi, ichki organlardagi va nafas olish yoʻlidagi viruslarni yoʻqotish xususiyatiga ega. U arterial qon bisimini tushiradi hamda tromblar hosil boʻlishining oldini oladi. Sarimsoqpiyoz rakka qarshi kurashishuvchi kuchli antioksidant hisoblanadi va organizmni zararli moddalardan tozalaydi.
Bir dona sarimsoqpiyoz donachasida 400 (!!!!) dan ortiq foydali mikroelementlar mavjud. Bu mikroelementlar qondagi “yomon” xolesterinni ketkazadi va tomirlarni tozalaydi, miya oʻsimta raki hujayralarini oʻldiradi, difteriya, tuberkulyoz va ichak yarasi kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilarini yoʻq qiladi, gijjalardan xalos qiladi.
100 xil dardga davo sarimsoqpiyizli kokteyl
Shaffof shisha idishga 12 dona sarimsoqpiyoz donachalarining har biri 4 ga boʻlib solinadi. Ustiga uch stakan qizil vino qiyiladi. Idishning usti yopiladi va derazaning quyosh tushadigan tomoniga ikki hafta muhlatga qoʻyiladi. Har kuni 2-3 marotaba chayqatib turiladi. Ikki haftadan keyin tayyor aralashma toʻqroq shisha idishga quyiladi va olib qoʻyiladi.
Bir choy qoshiqdan kuniga 3 mahal bir oy davomida ichiladi.
Bu ajoyib davolash xususiyatiga ega boʻlgan ichimlik organizmdan tuzlarni ketkazadi, ish qobiliyatini yaxshilaydi, qonni tozalaydi, immunitetni koʻtaradi, qon-tomirlarni mustahkamlaydi. Yurakning quvvatini oshiradi va organizmni tetiklashtiradi. Ortiqcha yogʻlarni eritadi hamda modda almashinuvini yaxshilaydi. Ayollar kasalliklarida va ginekologik shamollashlarni davolashda beqiyos xususiyatga ega. Butun organizmni zararli tuzlardan xalos etadi.

Rayhon ham ajoyib tabiiy antibiotik hisoblanadi. Oʻzining dezinfektsiyalovchi, bakteriyalarga qarshi kurashuvchi xususiyatlari tufayli organizmni koʻpgina infektsiyalardan xalos qiladi.
Angina
4 choy qoshiq qiritilgan rayhon barglari ustiga 250 ml qaynagan suv quyiladi, 20 daqiqa davomida qaynatiladi. Sovugandan keyin suzgichdan suzib olinadi va iliq haroratdagi qaynatma bilan tomoq kuniga 2-3 marotaba chayiladi.
Konyuktivit, qovoqlar yalligʻlanishi
2 osh qoshiq quritilgan rayhon barglari 500 ml qaynagan suvda damlanadi, iliguncha kutiladi, suzgichdan suzib olinadi. Latta yoki paxtaga botirib olib, koʻzga qoʻyiladi hamda kuniga 2-3 mahal yarim stakadan ovqatdan oldin ichiladi.
Bosh ogʻriganda
Rayhon bargi, shalfey (marmarak), melissa (limonoʻt) teng miqdorda aralashtiriladi. 1 choy qoshiq aralashmaga 200 ml qaynoq suv quyilib, 20 daqiqqa davomida damlanadi. Suzgichdan suzib olinib, 1 choy qoshiq tabiiy asal qoʻshiladi va xoʻplab-xoʻplab ichiladi. 30 daqiqadan keyin bosh ogʻrigʻi oʻtib ketadi. Bu damlama shuningdek, tinchlantiradi va bezovtalikdan xalos qiladi.
Golubika

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



