Oshxona

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar
Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

 Rimdagi eng katta qullar qoʻzgʻolonlaridan birini koʻtarishga muvaffaq boʻlgan eng mashhur qul. Spartak  Frakiyadan kelgan jangchi edi, lekin Rimliklar tomonidan asirga olingan va gladiatorga aylangan. Miloddan avvalgi 74 yilda u taxminan 200 ta izdoshlari bilan birga isyon koʻtargan. Gladiator maktabining oshxonasidagi pichoqlarni va uning arsenalidagi qurollarni qoʻlga kiritib, isyonchilar Vezuviyga qarab qochishdi, u yerda ularga qoʻshni plantatsiyadagi va boshqa gladiator maktablarining qullari qoʻshilishdi. Vaqt oʻtishi bilan isyonchilar soni yangi qochib ketgan qullar bilan koʻpaya boshladi.

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

 Rim oʻsha paytda bir vaqtning oʻzida bir nechta harbiy yurishlarni amalga oshirayotgan edi, shu bois uning isyonkor qullarga qarshi kurashish uchun kuchlari yoʻq edi. Shu sababli, Spartak oʻzining yomon qurollangan armiyasi bilan katta xavf tugʻdirdi. 

Bir nechta muvaffaqiyatli janglardan soʻng, gladiator oʻz qoʻshinini Messi boʻgʻoziga olib bordi va u yerda kilikiylik qaroqchilar bilan kelishib, odamlari bilan Sitsiliyaga yetib olishga qaror qildi. Biroq, qaroqchilar Spartakni aldashdi. Bu orada Krassus legionlari uni quvib yetishdi. Hal qiluvchi jang Apuliya va Lukaniya chegaralari yaqinida boʻlib oʻtdi. Jangda isyonchilar magʻlubiyatga uchradilar va tez orada Spartak Silari daryosi yaqinida halok boʻldi. Biroq uning jasadi topilmadi.

Asirlikda boʻlgan taxminan 6000 qul Kapuadan Rimgacha boʻlgan Appiya yoʻli boʻylab xochga mixlangan. Jasadlar yillar davomida qolganlarga ibrat boʻlish uchun osilib turgan.

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

Amerikadagi eng taniqli qora tanli huquq himoyachilaridan biri, Frederik Duglas (haqiqiy ismi Frederik Ogastes Uoshington Beyli) qul boʻlgan. U otasini bilmagan, onasi esa erta vafot etgan. Yetti yoshida, Frederik plantatsiyaga, keyinroq esa Baltimordagi Xyu Auldga xizmatkori sifatida yuborildi. Keyin taqdir unga imkoniyat berdi: qullarga savodxonlikni oʻrgatish taqiqlanganiga qaramay, uy bekasi Sofiya Auld unga xat-savodni oʻrgatdi.

 Duglas yashirincha oʻqish va yozishni oʻrganishni davom ettirdi. Olingan bilimlari kelajakda unga foydali berdi: Uilyam Freelandga xizmat qilgan holda u boshqa qullarga haftalik yakshanba maktabida Yangi Ahdni oʻqishni oʻrgatdi. Mashguʼulotlar taxminan olti oy davomida yashirincha olib borildi. Ammo maktab haqida boshqalar ham ogoh boʻlgandan keyin plantatsiya egalari gʻazab otiga minishdi: ular toshlar va toʻqmoq-tayoqlar bilan qurollanib, sinfga bostirib kirib, oʻnlab odamlarni shafqatsizlarcha doʻpposlab, jazoladilar.

Frederikning oʻzi esa "qullarni boʻysundiruvchi" laqabi bilan mashhur fermer Edvard Kovey huzuriga qullikka yuborildi. Bu quldor feodal laqabiga yarasha ish qilardi. Frederik uning qoʻlidan bir necha bor qochishga urindi, ammo har bir urinish muvaffaqiyatsiz yakunlanar va, albatta, jazosini ham olar edi. 

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

Shu orada Duglas Anna Myurrey ismli ozod qora tanli ayol bilan tanishdi. U dengiz kiyimi va pul topib, olib kelgandan keyingina Frederik qochib qutulishga muvaffaq boʻldil. Bu 1838 yilda sodir boʻldi. Bir kechayu-kunduz davomida yigit Nyu-Yorkka yetib keldi va u yerda qullikka qarshi kurashni boshladi. Taxminan 10 yil oʻtgach, u "Shimoliy yulduz" gazetasini chiqara boshladi, ushbu axborot manbai qullikni bekor qilish harakatida muhim vositasi edi. 1861-1865 yillarda AQShda fuqarolar urushi davrida Frederik Duglas birinchi negr polklarini tashkil qilishda qatnashgan.

1850 yilga kelib, u Amerikadagi qora tanlilarning taniqli siyosiy rahbari hamda qullikni bekor qiluvchilar tarafdorlarining eng taniqli lideriga aylandi.

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

Britaniyadagi qullikka qarshi kurashning taniqli namoyondalaridan biri, Afrikadagi Niger daryosi yaqinidagi Essaka mintaqasida tugʻilgan. Uning otasi qishloqdagi obroʻli oqsoqol edi, ammo bu narsa bolani qutqarib qolmadi: qarindoshlari uni oʻgʻirlab, qullikka sotib yuborishdi. 

Ekviano xotiralari boʻyicha, Atlantika okeani boʻylab suzishdan oldin, u bir necha bor sotilganini eslaydi. Boʻyining pastligi sababli bozorda unga talab kam edi - shakar plantatsiyalarida kuchli odamlar ishlashlari kerak edi. 

Amerikada uni Britaniya Qirollik dengiz floti leytenanti Maykl Paskal sotib olgan. Qul savdogarlari orasida keng tarqalganidek, qullarga yangi nomlar berilar edi. Leytenant Ekvianoga Shvetsiya qiroli Gustav Vaza nomini berishga qaror qildi. Xizmatkor yangi nomga javob berishdan bosh tortganda, uni kishanlanlab qoʻyishgan. Oxir-oqibat, Ekviano taslim boʻldi. 

Oʻzining tarjimai holida u Amerikadagi qul savdogarlarining uylarida ishlaydigan qullarga nisbatan munosabat oʻta shafqatsiz boʻlganini yozgan. Masalan, odamni ogʻziga temir tumshuqboq kiygizib qoʻyishgan, u juda qiyinchilik bilan gapira olardi yoki ovqatlana olardi. 

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

Paskaldan keyin Ekviano Karib dengizidagi Montserrat orolidagi savdogar Robert Kingga sotildi. Yangi egasi unga 40 funt, yaʼni uning oʻzini sotib olishga ketgan pulni toʻlash sharti bilan qulni ozod qilishga tayyor edi. King nafaqat oʻz soʻzida turdi, balki gʻoyani amalga oshirishga har tomonlama hissa qoʻshdi: u qulga toʻgʻri oʻqishni va yozishni oʻrgatdi, shuningdek uni oʻz biznesida faol ishtirokini taʼminladi. Natijada Ekviano oʻzini ozod boʻlishiga yetadigan mablagʻni ishlab topdi va erkinlikka erishdi. 

Huquqlarga ega boʻlib, Londonga koʻchib oʻtgandan soʻng, u qullikka qarshi kurash harakatiga qoʻshildi, uning ishtirokchilari Ekvianoga qul hayotining barcha dahshatlarini avtobiografiyasida tasvirlashni maslahat berdilar. "Olaudaha Ekviano yoki afrikalik Gustav Vaza hayotining maroqli hikoyasi" sarlavhasi ostida kitob birinchi marta 1789 yilda nashr etilgan va koʻp oʻtmay yana qayta chop etilgan. Bundan tashqari, kitob jamoatchilik fikriga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Ekvianoning oʻlimidan koʻp vaqt oʻtmay, qul savdosini taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Muallifning oʻziga kelsak, kitobdan tushgan foyda unga moliyaviy mustaqillik olib keldi va oʻzini Afrika xalqlariga yordam berishga bagʻishladi.

 

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

Bu ayol Shimoliy Karolinada qul boʻlib tugʻilgan. Garrietga oʻqish va yozishni oʻrgatgan uy bekasi vafot etgandan keyin, qiz uni oʻziga maʼshuqa qilishni xohlagan odamga sotildi. Boshqa iloj topolmay, Garriet qochib ketdi. Tutib qolishlaridan va oʻz egasiga qaytarilishidan qoʻrqib, qiz deyarli yetti yil berkinib yotdi: u uyning chordogʻidagi xonadan chiqmay yashadi. 

Oxir-oqibat, u Shimolga sayohat qilishga qaror qildi. U yerda u Frederik Duglas chiqargan gazetasi bilan va oʻz huquqlari uchun kurashayotgan ayollar qurultoyi ishtirokchilari bilan uchrashdi. Garriet feminist va qullikka qarshi kurash harakatining namoyondasi boʻlgan Emi Post bilan doʻstlashdi. 

Bu ayol qizni oʻz hayotini tasvirlab, yozishga undadi. Shunday qilib, "Qul qizning hayotidagi voqealar" kitobi paydo boʻldi, unda qora tanli qullarning jinsiy ekspluatatsiyasi batafsil tasvirlangan. Garriet oʻz muallifligini yashirdi, matnlarni Linda Brent taxallusi bilan imzolashni afzal koʻrdi.

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

U amerikalik qora tanlilarning maorifi uchun kurashgan  eng taniqli namoyondalardan biri boʻlgan. Buket Virjiniya shtatidagi plantatsiyalardan birida tugʻilgan. Uning onasi qul, otasi esa nomaʼlum oq tanli odam edi. Buket mustaqil ravishda savodxonlik asoslarini puxta egalladi, keyin “yakshanba maktabi”ni tugatdi. 17 yoshida, Buket qora tanli talabalarning Xampton umumiy qishloq xoʻjaligi institutiga oʻqishga kirdi. Oʻqishni tugatgach, janubdagi negrlar oʻqiydigan maktablarda oʻqituvchi boʻlib ishladi.

Vashingtonga koʻchib oʻtgandan soʻng, Buket oʻqishni davom ettirdi va oʻqituvchi diplomini oldi va qora tanlilar tahsil oladigan institutda dars bera boshladi.

Buket Vashington ajoyib maʼruzachi edi. 1895 yil sentyabrda u Atlantada (Jorjiya) savdo koʻrgazmasining ochilishida nutq soʻzladi. U Amerika tarixidagi oq tanlilar oldida soʻzga chiqqan birinchi qora tanli odam boʻldi.

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

Buket Vashington oʻz nutqida faqat ikkita sohada tenglikni talab qildi: ishga qabul qilinishda va tadbirkorlikda. Uning 10 daqiqalik nutqi janubdagi irqiy siyosatni shakllantirdi va Buket Vashingtonni negr xalqining yetakchisiga aylantirdi.

Uning obroʻsini hatto Prezident Teodor Ruzvelt ham tan olgan, u hukumat lavozimlariga qora va hatto oq tanli janubdagi kishilarni tayinlash masalasida Buket bilan maslahatlashgan. Yevropa boʻylab safari chogʻida (Antverpen, Gaaga, Parij va London) Vashington Mark Tven bilan uchrashdi va qirolicha Viktoriya tomonidan qabul qilindi. Qoʻshma Shtatlarga qaytgach, Vashington irqiy muammoni tinch yoʻl bilan hal qilish zarur deb hisoblaydigan, Amerikaning qora tanli aholisining taniqli yetakchisiga aylandi.

Tarixni oʻzgartira olgan eng mashhur qullar

Jeyms Derham qul boʻla turib, tabiblik qilgan birinchi afrikalik sifatida tarixga kirdi. Uning hikoyasi bizning yuqoridagi qahramonlarimizniki kabi boshlandi: taqiqqa qaramay, egalari unga oʻz mutaxassisligi asoslarini hamda oʻqish va yozishni oʻrgatdilar. Tibbiy bilimlarga ega Jeymsni Shotlandiyalik bir shifokor koʻrib qoldi va uni sotib oldi. Yangi egasi yigitga qoʻlidan kelgan hamma narsani oʻrgatdi va Jeyms oʻz bilimlarini amalda sinay boshladi. Bir necha yil davomida u erkinlikka chiqish uchun kerakli mablagʻ toʻplay oldi va ozodlikka erishdi. Jeyms asosan qora tanlilarni davolash bilan shugʻullanar edi. 

Davolash ishlarini faqatgina tasdiqlangan malaka yoki darajasi boʻlganlargina olib borishlari haqidagi qonun tasdiqlangandan soʻng, Jeyms Yangi Orleanni tark etishga majbur boʻldi. Keyinchalik unga nima boʻlganligi nomaʼlum. Uning keying taqdiri haqida biron bir maʼlumot saqlanmagan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar