Foydali

Tishlar haqida qiziqarli faktlar

Tishlar haqida qiziqarli faktlar

1.Tish uchun eng xavfli sport turi -  bu xokkey. 68% professional oʻyinchilar oʻyin paytida hech boʻlmasam bitta tishlarini yoʻqotganlar. 

2.Inson organizmidagi yagona qayta tiklanmaydigan tana qismi – bu tish. Boshqa toʻqimalarga qaraganda, tananing ushbu boʻlagi vrachlarning yordamisiz tiklanmaydi. 

3.Tish emali organizm tomonidan ishlab chiqariladigan eng qattiq toʻqimadir.

4.Inson tanasidagi 99% kaltsiy tishlarga toʻgʻri keladi.

5.Yapon olimlarining aniqlashlaricha, tishlarini kuniga uch marotaba yuvadiganlar ortiqcha vazndan kamroq aziyat chekadilar.

6.Eng qimmat tish ser Isaak Nyutonga tegishli boʻlgan. 1816 yilda uning tishlaridan biri Londonda 730 funt evaziga sotilgan, bugungi kun hisobida 35 700 dollarni tashkil qiladi. Uni xarid qilgan odam tishni uzukka qimmatbaho tosh oʻrniga bezak sifatida oʻrnatgan.

Tishlar haqida qiziqarli faktlar

7.AQSH da har yili 53 000 000 litr tish pastasi sotiladi, uning bir qancha qismi yevilib ham ketadi.

8.Taxminan 2000 ta chaqaloqdan 1 tasi tishlari bilan tugʻiladi.

9.Yaponiyada qiyshiq tishlar urf boʻldi. Koʻpgina yapon ayollari oʻzlarining qiyshiq tishlarini atayin qiyshaytirar ekanlar, yanayam yoshroq va jozibaliroq koʻrinish uchun.

10.Tarixiy faktlarda keltirilishicha, qadimda yelpigʻich nafaqat dim havo va issiqdan himoya qilgan, balki tishlar yoʻqligini bildirmaslik uchun toʻsiq vazifasini bajargan hamda ogʻizdan keladigan noxush hidni yelpib, ketkazib turgan.

11.65 yoshga borib, faqat 60% odamlargina butun va sogʻlom tishlari bilan maqtana oladilar. 

12.Ilk tish pastasi 1892 yilda chiqarilgan.

Tishlar haqida qiziqarli faktlar

13.Xitoyliklar 20 sentyabrda “oʻz tishlariga gʻamxoʻrlik” kunini nishonlaydilar. 

14.Inson hayoti davomida oʻrtachasiga 500 000 litr soʻlak ishlab chiqaradi va bu soʻlak tishlamizni tabiiy yoʻl bilan himoyalab turadi. 

15.Tishdagi kirda 300 dan ortiq bakteriyalar yashaydi. Tishlarni yuvmay uxlashga yotayotganingizda shu haqda yana bir bor oʻylang.

16.Stomatolog vrachlar tishlarni kuniga 2-3 marotaba, 4-5 minut davomida yuvishni maslahat beradilar. 

17.Hoh ishoning, hoh ishonmang, dunyoda eng koʻp tish akula yoki timsohda emas, shilliq qurtda ekan. Uning tishlari naq 25 000 ta ekan.

Tishlar haqida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar