Nima uchun tahlillar vaqtida qon nomsiz barmoqdan olinadi?

Tahlil olish xonasiga tashrif buyurgan inson borki, qon olishda shifokorlar faqatgina nomsiz barmoqdan foydalanishlariga diqqat qaratgan boʻlishlari tabiiy. Shifokorlarning ushbu tanloviga sabab nima ekanligini bilasizmi?

Qon tahlillarini topshirish uchun shifokor huzuriga kelgan har bir insonni qaltiroq bosishi tayin: Mutaxassis qogʻozga oʻrab qoʻyilgan kichik tigʻ va bir nechta naychalarni ish jarayoniga xozirlaydi. Keyin esa shifokor nomsiz barmoqning uchini qattiq kuch bilan bosib turgan holatda undan qon olishga kirishadi va naychani kerakli miqdordagi qonga toʻldirib oladi. Yana bir necha daqiqadan keyin esa dahshatli daqiqalar ortda qoladi - barmogʻingizdagi paxta boʻlagini qattiq ushlab turgan bir vaqtda nima uchun tahlillarning aynan mana shu barmoqdan olinishi haqida oʻylab qolasiz.

Aslini olganda, shifokorlarning aynan nomsiz barmoq borasidagi tanlovlari bejizga emas. Buning uchun kerakli koʻrsatmalar ham, asosli sabablar ham yetarlicha. Ularning biri xavfsizlik masalasi bilan bogʻliq. Gap shundaki, inson tanasi va terisiga yetkazilgan harqanday zarar, jumladan igna yoki kichik tigʻ yordamida teshilgan joy ham zaharlanishga sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, tibbiyotdan yaxshi maʼlumki, insonning qoʻl va oyoqlari orqali tanaga tushgan infeksiya nisbatan juda tez tarqaladi. Agar tanaga infeksiya tushib qoladigan boʻlsa, uni aynan qoʻl yoki oyoqda, shunindek barmoqning oʻzidayoq rivojlanishdan toʻxtatish osonroq boʻlar ekan.

Ikkinchi muhim sabab shundan iboratki, nomsiz barmoqdagi jarohatlar boshqalariga nisbatan tezroq tiklanadi. Ushbu nozik jihat esa oʻz navbatida qon orqali zaharlanish ehtimolini avtomatik ravishda kamaytira oladi. Bundan tashqari, u inson qoʻllaridagi eng kam ishlaydigan barmoqdir, ushbu jihat ham jarohatning qayta tiklanishida kattagina ahamiyatga ega.

Nomsiz barmoq terisi nozikroq boʻlgani uchun ham uni tigʻ yordamida teshib olish juda oson, jarohat ham tez fursatda bitib ketadi. Shu sababli ham shifokorlar nomsiz barmoqni qon tahlillarini olish uchun eng munosibi degan qarorga kelganlar.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



