Dunyodagi eng qimmat Yangi yil archalari

London shahrida joylashgan Sofitel mehmonxonasining taniqli archasi 200 ta oltin butilkalar bilan bezatilgan boʻlib, ularning har biriga oliy sifatli ichimliklar toʻldirib chiqilgan.
Archa qoʻl mehnati asosida billur buyumlar dizayneri tomonidan yaratilgan. Archani yagona nusxadagi betakror qandil yoritib turadi.

Tokiodagi Ginza Tanaka zargarlik doʻkoni xodimlari ham, uning rahbari ham tilla buyumlarni juda yaxshi koʻrishadi. Doʻkonga joylashtirilgan antiqa archa uchun esa 12 kg sof oltin sarf etilgan.
Tilla archaning oʻziga xos bezaklari har bir insonni hayratga solib qoʻyishga qodir, shunday emasmi?

Dunyodagi eng qimmatbaho archalarning yana biri Singapurda joylashgan boʻlib, uni Burgis Junction savdo markazidan topishingiz mumkin. Markaz maʼmuriyati dizayner Su Ki janoblariga mutlaqo yangi gʻoya oʻylab topish kerakligi haqida aytgan. 6 metrli va ogʻirligi 6 tonnaga teng keladigan archa umumiy ogʻirligi913 karatga teng boʻlgan 21 798 ta olmos bilan bezatilgan. Tomoshabinlar olmoslarni yanada aniqroq koʻrishlari uchun archaga 500 ta lampochka oʻranatib chiqilgan.

Ushbu archa tabiiy boʻlgani sababli ham uning balandligi 20 metrdan oshadi. Archa minglab chiroqlar bilan bezatilgan, ammo Kapitoliy archasidа birorta ham olmos yoki tilla boʻlagi koʻzga tashlanmaydi. Archa tabiiy boʻlgani uchun mutlaqo oʻzgacha koʻrinish kasb etgan.

"Takashimay" univermagi odamlarni lol qoldirishning butunlay oʻzgacha usulini oʻylab topdi. Ushbu archa balandligi atigi 40 santimetrni tashkil qiladi holos. U atirgullardan tashkil topgan kichik dasta shaklida boʻlib, gullarning yaproqlariga Avstraliya va Afrika olmoslari bilan ishlov berilgan.

Ushbu betakror archa har yili Gongkong aeroportining markaziy zaliga oʻrnatiladi. Uning balandligi 16 metrga teng boʻlib, daraxt 20 millionta mayda oltin zarralari va Avstriyadan olib kelingan Swarovski toshlari bilan bezatilgan.

2010 yili insoniyat tarixidagi eng qimmatbaho archa Abu-Dabi shahridagi Emirates Palace Hotel binosida qad koʻtardi. Daraxtning umumiy qiymati birnecha ming dollarga teng boʻlgan, qolgan pullar esa archani bezash uchun xizmat qilgan olmoslar, tilla,marvarid, sapfir va zumrad toshlari uchun ishlatilgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



