Iblis kamari: mudhish va dahshatli hodisalari bilan mashhur boʻlgan sayyoramizdagi eng sirli va xavfli joylar (II qism)

Endi sayyoramizning sharqiy yarim shariga nazar tashlaymiz. Tinch okeanida, Yaponiya sohillaridan unchalik uzoq boʻlmagan joyda gʻayrioddiyligi bilan Bermud uchburchagidan qolishmaydigan “Iblis dengiziʼ degan joy mavjud. Bu dengizda ham mudhish va qoʻrqinchli hodisalar boʻlib turadi. Qadimgi zamonlarda ham mahalliy aholi dengiz tubidagi bu joyda turli xil dengiz mahluqlari, jinlar va bahaybat tishi baliqlari yashaydi, deb ishonishgan. Baliqchilar bu suvlarda ular hech qachon kitlar va delfinlarni koʻrmaganliklarini taʼkidlamoqdalar. Va bu yerda eng keng tarqalgan hodisa – mayda toʻlqinlarning toʻsatdan gʻazablanib, 15-20 metr balandlikka koʻtarilishidir.

Qoʻrqinchli joyning xarakterli belgisi suv rangining oʻzgarishi: ertalab qizgʻish rangga ega boʻlishi mumkin, va tushdan keyin u toʻq jigar rangga aylanadi. Katta hududda suvning baqir-buqir qaynashi begona odamni vahimaga solishi turgan gap. Okean yuzasi oq koʻpik bilan qoplanadi, choynakning qaynashiga oʻxshash tovush keladi, faqat ancha balandroq: bu okean tubidan chiqayotgan gazlardir.
Bunday tortishish oʻchogʻiga borib qolgan kema osongina ummon tubiga gʻarq boʻlishi tabiiy. Bu gazlarning zichligi dengiz suvining zichligidan bir necha baravar past boʻlganligi uchun koʻp tonnali kema suv ustida tura olmay, koʻp kilometrli dengiz tubiga choʻkib emas, bittada tushib ketadi. Va bu narsa birdaniga va tezda sodir boʻladi. Shuning uchun Iblis dengiziga tushgan koʻplab kemalar oʻz ona tuproqlariga qayta olmaydi.
Afgʻoniston anomaliyasi kam oʻrganilgan va shuning uchun hududlarning eng sirli joyi. Bu joy NUJ (nomaʼlum uchar obyekt) larning tez-tez paydo boʻlishi bilan mashhur. Ular odamlarning koʻzlari oldida yorqin qizil shar, kumush likopcha va disklar shaklida koʻrinadi. Ular tajovuzkor harakat qilmaydilar, lekin ularning tashqi koʻrinishi guvohlarni dahshatga soladi. Ammo baʼzida halokatli holatlar sodir boʻlib turadi: nomaʼlum sirli obyektga yaqinlashgan odam shunchaki kulga aylanishi mumkin.

Gavayi anomaliyasi iblis kamaridagi soʻnggi beshinchi zonadir. Bu joyning oʻziga xos xususiyati daydi, qotil toʻlqinlaridir. Balandligi 45-50 metr va uzunligi 1000 metrga yetadigan ulkan toʻlqinlar shunday nomlanadi. Ularning asosiy xususiyati shundaki, ular okean yuzasi boʻylab shamol va oqimdan qatʼiy nazar oʻzboshimchalik bilan harakat qiladilar.

Daydi toʻlqinlar juda katta hajmga ega. U qulab tushadigan yuza juda katta bosim ostida qoladi. Hattoki eng ulkan kema ham bunday dahshatga duch kelganda bir necha daqiqada choʻkib ketishi mumkin. Qotil toʻlqinlarining kelib chiqish sabablari aniq emas, ammo shu narsa maʼlumki, dengiz tubining siljishi natijasida hosil boʻladigan tsunamilarning bu daydi toʻlqinlarga aloqasi yoʻq.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



