Sayohat

Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar

Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar
Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar

Vatikan butun dunyodan minglab ziyoratchilar va sayyohlar tashrif buyuradigan taniqli maskan. Bu yerda koʻrishga arzigulik narsalar ham juda koʻp. Ular orasida kamyob haykallar ham, sanʼat asarlari, qadimgi ibodatxona va saroylar ham mavjud. Bularning barchasi odamlarning koʻz oʻngiga qoʻyilgan narsalar, ammo Vatikanning sirli devorlari orqasida nimalar yashiringanini koʻpchilik tahmin ham qila olmaydi. Katta ehtimolga koʻra, Eski Ahd sandigʻi koʻpchilik faraz qilgani kabi togʻda emas, aynan mana shu yerda saqlanadi.

Bundan tashqari, koʻp asrlardan beri arxeologlar va tarixchilar uchun ushalmas orzu sanalgan Muqaddas Graal ham aynan Vatikanning qoʻlida. Aytish kerakki, mazkur hududda qimmatbaho arxivlar va muhim matn qoʻlyozmalari jamlangan.

Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar

Rasmiy versiyaga koʻra, prezident Jon Kennelini Li Xarvi Osvald otib oʻldirgan. Ammo, ayrim mutaxassislar bu ishga "kattaroq odamlar" aralashganini gumon qilishadi. Ularning aytishlaricha, Kennedini ham huddi Linkoln kabi iyezuitlar buyurtmasiga koʻra oʻldirishgan. Maʼlumki, prezident Vyetnamdagi urushni muddatidan avvalroq tugatmoqchi boʻlgan, bu esa Osiyo mamlakatidagi katoliklar hokimiyatini cheklab qoʻyishi mumkin edi.

Bundan tashqari, ayrim mutaxassislar AQSH hokimiyatiga iyezuitlar yashirin tarzda homiylik qilishlarini ham aytishadi.

Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar

Mutaxassislar orasida afsonaviy kemaning halokatiga aysberg emas, boshqa narsalar sabab boʻlgani haqidagi tahminlar mavjud. Birinchi versiyaga koʻra, oʻsha mudhish kunda "Titanik" emas, uning ayni nusxasi boʻlgan va bir yil avvalroq qurib bitirilgan "Olimpik" kemasi choʻkib ketgan.

Ikkinchi tahminga koʻra, kema safarga otlanish avvalidan burchak qismi yonib ketgan. Tezkorlik bilan taʼmirlangan devor qismi suvning kuchli oqimiga bardosh bera olmay, ichkariga suv oʻtkazib yuborgan.

Uchinchi versiyaga koʻra, oʻsha kuni kema bortida qadimgi Misr sarkofagi boʻlib, u odamlarga halokat olib kelishini koʻpchilik bilgan. Lord Kentervil uni oʻz kolleksiyasining bir qismi sifatida olib ketmoqchi boʻlgan va katta ehtimol bilan butun kema yoʻlovchilarining boshiga yetgan.

Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar

Pop qiroli Maykl Jeksonning kutilmagan tarzda kasallik sababli olamdan oʻtib qolishi sabab hayratga tushgan muxlislar uning haqiqatan oʻlganiga ham ishona olmaydilar. Quyidagi faktlar ushbu fikrni tasdiq etishi mumkin: misol uchun soʻnggi suratning soxta ekanligi, kuzatuv kameralaridan olingan videolarining mavjud emasligi, shifokor koʻrsatmasining yoʻqligi, bir necha sutka avval ham xonanda oʻzini yaxshi his qilgani uning oʻlimi haqiqat boʻlganini rad etadi. Eng qizigʻi, Jeksonning oila aʼzolari chuqur qaygʻuda boʻlgan vaqtlarida ham marhumning tobuti biror marta ochilmagan. Keyinchalik esa xonandaning oʻlim sahnasi uyushtirilgani haqidagi kundalik topilgan emish. Bundan 3 yil avval esa Jeksonning qiziga tegishli surat tarqalgan, suratni kattalashtirib koʻrgan insonlar esa avtomobilning orqa oʻrindigʻida Maykl Jeksonga juda oʻxshash odam oʻtirganini koʻrishgan.

Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar

Darsliklarga keltirilgan aniq sanalarga qaramay, ilm-fan bugungi kunda ham Misr piramidalarining aniq yoshini aytish uchun yetarli dalillarga ega emas. Olimlarning bu boradagi fikrlariga doir farqlarbir necha 1000 yildan ham oshadi. Misol uchun, 1897 yilda topilgan yodgorlik toshida firʼavn Xefren allaqachon mavjud boʻlgan sfinksni qayta taʼmirlagani yoziladi. Sfinksning tana qismidagi choʻkkan joylar yomgʻirli eroziya izlari boʻlib, Misrda bu kabi mussonlarning kuzatilmaganiga 8000 yil boʻlgan.

Ushbu maʼlumotlar ommaga oshkor qilinganidan keyin yodgorlik toshi ham, sfinksning tanasi ustidagi izlar ham sirli ravishda gʻoyib boʻlgan.

Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar

Ruzveltning global tarixga taʼsir qilish, urushga aralashish va moliyaviy masalalarni nazorat qilishga boʻlgan intilishi koʻpchilikka maʼlum. Ammo, jamiyatga uning bu kabi rejalari maʼqul kelmagan. Ana shu vaqtlarda prezident ultimativ hujjat imzolagan, bu esa yaponlarning birinchi boʻlib urush ochishlari uchun turtki bergan. Ruzvelt hujum boʻlishini aniq bilgan va qoʻshin aviatashuvchilarini bazadan avvalroq olib ketgan. Tarixchilarning aytishlaricha, bu prezident amalga oshirgan makkorona ishlardan biri edi.

Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar

Afsonaviy Troya Turkiya hududidagi Gissarlik tepaligida joylashgani va uning arxeolog Shliman tomonidan topib olinganini aksariyat odamlar yaxshi bilishadi. Ammo, boshqa bir guruh arxeologlar Shlimanni olim deb emas, xazina izlovchi deb biladilar. Teoriyalardan biriga koʻra, olim shunchaki antik xarobalarni topib olgan holos. Troyaning asl joylashuv hududi boshqa yerda boʻlishi mumkin.

Dunyo tarixini oʻzgartirishga qodir boʻlgan dahshatli teoriyalar

Oramizda deyarli har bir inson bu fojia haqida yaxshi biladi va koʻp bor eshitgan. Ammo, ayrim mutaxassislar mazkur hodisa hukumat tomonidan jamiyatni boshqarishga boʻlgan urunishning bir namunasi ekanligini aytishadi. Ushbu fojiadan keyin AQSH koʻplab imtiyozlarga, sudning qarorisiz ham istalgan telefon suhbatlarini tinglash, oʻzi istagan vaqtda istalgan odamning uyida tintuv oʻtkazish imkoniyatlariga ega boʻlgan. Shu tariqa,odamlarni oʻz bilganicha boshqarishning yangi usullarini oʻzlashtirgan va buni mohirona tarzda amalga oshirgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar