Oshxona

Zamonaviy pishiriqlar haqida maʼlumotlar

Zamonaviy pishiriqlar haqida maʼlumotlar

Bir qarashda keksga oʻxshagan pishiriqlarning barchasi bir hildek tuyiladi. Biroq ularda farq bor.

Zamonaviy pishiriqlar haqida maʼlumotlar

Keks- ichiga mayiz, yongʻoq, murabbo aralashtirib pishirilgan shirinlik tushiniladi. Keks dastlab qadimgi Rimda mohir pazandalar tomonidan oʻylab topilgan.

Tayyorlanishi esa juda oddiy. Sariyogʻ shakar bilan aralashtiriladi. Keyin tuhum va boshqa mahsulotlar (un, qavartma va hokazolar) qoʻshib aralashtiriladi. Yoqimli hidga ega, quyuq-suyuq oʻrtasidagi aralashma hamir hosil boladi.

Zamonaviy pishiriqlar haqida maʼlumotlar

Maffini- dumaloq shakldagi pishiriq boʻlib, koʻpincha mevalar qoʻshib tayyorlandi. XI asrda Buyuk Britaniyada ixtiro qilingan. Fransuzcha “moufflet” soʻzidan kelib chiqib, yumshoq non degan maʼnoni anglatadi. Ushbu shirinlik nafaqat mevali balki goʻsht va sabzavotli nachinkalar bilan tayyorlanishi ham mumkin.

Zamonaviy pishiriqlar haqida maʼlumotlar

Kapkeyk - toʻrt (keks, pirojniy)ning kichik hajmdagisi boʻlib, faqat tayyorlanishida farq qiladi. Yaʼni alohida har kishi uchun tayyorlanadi. Gapning indallosi ularni jajji tortchalar desak ham adashmagan boʻlamiz.

Zamonaviy pishiriqlar haqida maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar