Yangi yilga qadar bajarilishi kerak boʻlgan muhim 7 yumush

Bu uyingizdagi barcha eski narsalarni chiqindi tomon uloqtirish kerakligini anglatmaydi. Agar maʼlum bir buyum sizga oxirgi yillar ichida biror marta ham xizmat qilmagan boʻlsa undan voz keching. Garderobdagi keraksiz va kiymaydigan liboslaringizni ham yaqinlaringizga ulashib yuborishingiz mumkin.

Koʻplab mamlakatlarda aynan mana shu vazifaga juda jiddiy yondoshadilar. Albatta, bu yerda gap yirik kredit yoki ipoteka haqida borayotgani yoʻq. Ammo, tanishingiz, doʻstingiz yoki qarindoshingizdan olgan qarzingizni Yangi yilga qadar qaytarish haqida aslo unutmang.

Ushbu qoida esa asosan ayollar va qizlarga tegishlidir! Agar Yangi yil bayramida koʻrinishingizni butunlay oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, buning uchun oldinroqdanharakat boshlang. Zero, bayram kuni biror omadsizlikka duch kelish kayfiyatingizni buzib qoʻyishi mumkin.

Hayotimizning yana bir yili yakuniga yetib bormoqda. Bu yili oʻz hayotingizda qanday yutuqlarga erishdingiz? Qanday bilimlarni oʻzlashtira oldingiz va bu borada nimalar bilan maqtana olasiz? Yutuqlaringizni biror yon daftarga qayd qilib qoʻying va shunga koʻra keyingi yil uchun rejalar tuzib oling.

Hayotimiz - bebaho kunlarimizni araz va gina uchun sarflashga juda kamlik qiladi. Biror yaqiningiz bilan hafalashib qolgan boʻlsangiz, u bilan yarashib olish uchun harakat qiling. "Egilgan boshni qilich kesmaydi" deydilar. Oʻzingiz buning uchun birinchi qadamni tashlab bersangiz, yelkangizdagi ogʻirlikdan halos boʻlganingizni darhol anglaysiz.

Ushbu vazifaga jiddiy yondoshish kerakligi haqida unutmang. Eng yaxshisi,sovgʻalar harid qilishni oyning oxirgi kunlariga qadar olib bormagan maʼqul. Yaqinlaringiz, sevgan insoningiz va hamkasblaringiz uchun maʼlum sovgʻalar harid qilib, ularni taqdim etish uchun tayyor koʻrishiga keltirib qoʻying.

Bayram kuni dasturxonni qanday taomlar bilan bezatish, uning uchun qanday yegulik va shirinliklar tayyorlashingiz haqida avvaldan oʻylab qoʻying. Buning uchun kerakli mahsulotlarni harid qiling, yangiliklarga qoʻl urishdan aslo choʻchimang. Uyingizga tashrif buyurgan mehmonlarni noodatiy dasturxon bilan hayratda qoldirishni istasangiz, buning uchun avvaldan tayyorgarlik koʻring.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



