Foydali

Goʻzallik sirlari: Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yogʻlar haqida...

Goʻzallik sirlari: Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yogʻlar haqida...

Bahorva yoz fasli kelgach, kunlar isishi bilan sochlarning uchi gullab, oʻta zaif boʻlib qoladi. Ularning qalin va chiroyli boʻlishi uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak? Baʼzilar buning uchun yogʻlar foydali ekanligi haqida aytadi. Ammo issiq kunlarda yogʻli niqoblar qilish mumkinmi?

Odatda sochlarning gullash muammosi bilan kalta soch sohibalariga nisbatan uzun sochli qizlar koʻproq aziyat chekadilar. Uzun sochlarda tolalar piyozchasi har doim ham butun soch tolasi uchun himoya qatlamini hosil qiladigan maxsus modda ishlab chiqara olmaydi. “Gullash” muammosining birdan-bir yechimi hech boʻlmasa oyda bir marta sartarosh huzuriga tashrif buyurgan holda sochlarning “gullagan” qismidan voz kechish hisoblanadi. Bundan tashqari organizmdagi tabiiy namlik balansini taʼminlash orqali ham mazkur muammodan halos boʻlish imkoni mavjud.  Buning uchun har kuni kamida bir yarim litr toza suv ichish va tarkibida suv koʻp miqdorda suv boʻlgan mahsulotlar tanovul qilish lozim.

Efir moylaridan tayyorlangan niqoblarni esa muntazam ravishda qilib borish kerak. Negaki, shifobaxsh yogʻlar sochlardagi “gullash”muammosidan  osonlikcha halos etadi. Ammo buning uchun avval sochlaringizning gullagan qismini kesib tashlab, ana undan soʻng niqob qilishingiz lozim. 

Goʻzallik sirlari: Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yogʻlar haqida...

Ayrim qizlar va ayollarning sochlari yogʻli turga mansub boʻladi. Shu sababli ham ularni parvarishlash juda qiyin. Deyarli har ikki kunda boshni yuvishga toʻgʻri keladi, shunda ham kun yarmiga bormay soch tolalarida yoqimsiz yaltirash paydo boʻladi.

Uy sharoitida tayyorlanuvchi tabiiy niqoblar turli kimyoviy vositalardan afzalroq ekanligini koʻpchilik yaxshi bilsa kerak. Tabiiy niqoblar sochlarga jilokor va goʻzal koʻrinish beribgina qolmay, ularning sogʻlom boʻlishini ham taʼminlay oladi.

1dona tuxum sarigʻi ozroq asal, aloe sharbati va 1 choyqoshiq piyoz suv bilan aralashtiriladi. Hosil boʻlgan massa bosh terisiga surtilib, ortib qolgan qismi sochlar uzunlgi boʻylab taqsimlab chiqiladi. Niqob shu tarzda yarim soat qoldiriladi va hona haroratidagi suv bilan yuvib olinadi. Unutmang, boshni haddan ortiq issiq suv bilan yuvish ham yogʻ bezlarining foal ishlashiga sabab boʻladi, bu esa muammoni yanada chuqurlashtirib yuboradi. 

Sochlar ayol tashqi goʻzalligining ajralmas qismi, shu bilan birga salomatlik koʻzgusi hisoblanadi. Kosmetologlar orasida soch tolalariga “Salomatlik barometri” deya nisbat berilishi bejizga emas. Haqiqatdan ham, insondagi tushkunlik holati, kun tartibidagi buzilishlar, yaxshi ovqatlanmaslik va organizmga yetkazilayotgan tashqi zararlar sochlar orqali oʻz natijasini aks ettiradi. 

Goʻzallik sirlari: Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yogʻlar haqida...

Uy sharoitida tayyorlash imkoni boʻlgan tabiiy niqoblar esa ularning baquvvat va qalin boʻlishiga yordam beradi. 

Bu borada sochlaringiz uchun tuxum sarigʻidan tayyorlanuvchi niqob tavsiya etiladi. Muolaja uchun sizga 1 dona tuxum sarigʻi, 1 choyqoshiq spirt va 1choyqoshiq qaynagan suv kerak.

Tuxum sarigʻi oqidan ajratib olinadi va venchik yordamida biroz koʻpirtiriladi. Soʻng spirt va suv qoʻshib, aralashma hajmdor koʻpik holiga kelguniga qadar koʻpirtirish davom ettiriladi. Tayyor aralashma bosh terisiga surtib chiqilgach, 10 daqiqa qoldiriladi va iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Goʻzallik sirlari: Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yogʻlar haqida...

Sochlar parvarishida piyoz sharbatining oʻta foydali ekanligi qulogʻingizga chalingan boʻlsa kerak. Piyozli niqoblar haqiqatdan ham sochlar holatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadimi? Shubhasiz, ha!

Sochlar parvarishida piyozning foydasi juda ham katta. Quyidagi niqob esa sochlaringizning jilokor, mayin va sogʻlom boʻlishiga koʻmaklashadi.

Bugungi kunda koʻplab ayol-qizlarni tashvishga solayotgan sochlar toʻkilishi muammosidan ham piyozli niqoblar yordamida osongina halos boʻlishingiz mumkin.

Bir dona oʻrta kattalikdagi piyoz qirgʻichan oʻtkazilib, hosil boʻlgan massa bosh terisiga surtiladi va bir necha soat shu holicha qoldiriladi. Belgilangan muddat oʻtganidan soʻng piyozli boʻtqa iliq suv yordamida yuvib tashlanadi. Piyoz boʻtqasiga biroz asal qoʻshib yuborish orqali uning samarasini yana ham kuchaytirishga erishishingiz mumkin. 

Goʻzallik sirlari: Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yogʻlar haqida...

Sochlaringiz oʻta siyrak va toʻkiluvchan boʻlib qolgan boʻlsa,  oddiy, foydali va samarali niqob bilan uni parvarish qilishga kirishing.

Buning uchun 1 dona oʻrta kattalikdagi piyozni qirgʻichdan oʻtkazib, 1 dona koʻpirtirilgan tuxum sarigʻi bilan aralashtiring. Hosil boʻlgan massaga 1 oshqoshiq kanakunjut yogʻi va 1 oshqoshiq qizdirilgan tabiiy asal qoʻshib, aralashtirishda davom eting.

Hosil boʻlgan massani bosh terisini yengil uqalovchi harakatlar bilan singdirib, avval polietilen qalpoq, soʻng sochiq bilan oʻrab, 2 soatdan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Muolaja kutilgan natijani berishi uchun niqobni haftasiga 2-3 marta, 3 hafta davomida muntaza ravishda bajarish lozim. 

Goʻzallik sirlari: Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yogʻlar haqida...
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar