Sayohat

Organizmga nima yetishmayotganini qanday bilish mumkin?

Organizmga nima yetishmayotganini qanday bilish mumkin?
Organizmga nima yetishmayotganini qanday bilish mumkin?

Siz nihoyatda charchaydigan boʻlib qoldingizmi? Teringiz qandaydur oʻlimtir tusga kirdi va siz bosh aylanishidan oyogʻingizda turolmayapsizmi? Agar siz yetarli darajada uxlasangiz, birinchi sababdan havotir olmasangiz boʻladi. Ammo ikkinchisi tanangizda temir tanqisligi borligini bildiradi. Bunga oyoq va qoʻllarning shishishi, oyoqlarning bezovtalanishi, tez-tez nafas qisilishi va yurak urishini kuchayishi qoʻshimcha boʻladi.

Nimaga temir kerak?

Temir gemoglobinni sintez qilish uchun kerak. U kislorodni tananing barcha aʼzolari va toʻqimalariga yetkazish uchun javobgardir. Agar inson tanasida gemoglobin yetishmovchiligi boʻlsa, unda barcha organlar va toʻqimalar yetarli miqdorda kislorod bilan taʼminlanmaydi va samarali ishlay olmaydi. Bu kamqonlikka olib keladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning 47 foizi bundan aziyat chekmoqda.

Nima qilish zarur?

Avvalo,siz temir va gemoglobinning miqdorini aniqlash uchun qon topshirishingiz kerak.Agar yetishmovchilik tasdiqlansa, shifokoringiz temir moddasi bor dori-darmon yozib berishi mumkin. Ammo, agar sizda noqulaylik unchalik jiddiy boʻlmasa,lekin bu temir yetishmovchiligi tufayli ekanligini gumon qilsangiz, ushbu mahsulotlarni isteʼmol qilishni koʻpaytirishga harakat qiling. Ularning barchasi rasmda aniq koʻrsatilgan:

Esingizda boʻlsin, goʻsht va dengiz mahsulotlarida temirning miqdori yuqori, shuning uchun ularga koʻproq ahamiyat berish yaxshiroqdir. Agar siz vegetarian boʻlmasangiz, albatta.

Organizmga nima yetishmayotganini qanday bilish mumkin?

Ushbu muammo, shuningdek, aholi orasida juda keng tarqalgan va deyarli ikkinchi oʻrinda turadi. Yod yetishmasligining yaqqol alomatlari deb quruq teri va koʻzlar, oshqozon va ovqat hazm qilish bilan bogʻliq muammolar(koʻpincha ich qotishi), kontsentratsiya va xotira qiyinligini belgilash mumkin. Yod yetishmasligi tufayli yanada noxush kasallik, qalqonsimon gormonlar yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlgan gipoterioz rivojlanadi. Jagʻning pastki qismida ham yoqimsiz hislar boʻlishi mumkin. Tanangizni diqqat bilan tinglang, u yod tanqisligi haqida belgi beradi.

Nima qilish kerak?

Agar siz shifokorga borishni xohlamasangiz, unda ratsionni oʻzgartiring. Ehtimol,bir necha hafta ichida siz katta farqni his qilasiz! Biz Yodomarin kabi dorilarni hisobga olmaymiz, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga eʼtibor qaratamiz. Yodga boy mahsulotlar: kartoshka, dengiz mahsulotlari, qulupnoy, xurmo.

Organizmga nima yetishmayotganini qanday bilish mumkin?

U shuningdek, quyosh vitamini deb ataladi. Nima uchun? Chunki u inson tanasi tomonidan tabiiy ravishda quyosh taʼsirida ishlab chiqariladi. Siz bulutli hududda yashaysiz va quyoshni deyarli koʻrmaysizmi? Sizda allaqachon ushbu vitamin tanqisligi boʻlishi mumkin. Biroq, bir qator belgilar mavjud. Bularga quyidagilar kiradi: uyquchanlik, bolalarda kariyes (shirinlik ishtirokisiz),raxit paydo boʻlishi. Taʼkidlash joizki, bolalarda va qariyalarda D vitamini yetishmovchiligi koʻproq uchraydi, chunki aynan bu vitamin suyak va mushak toʻqimalarining rivojlanishi uchun javobgardir. Shuning uchun uni toʻgʻri miqdorda isteʼmol qilish yoshlik va qariyalik davrlarida, shuningdek homilador ayollar uchun juda muhimdir.

Nima qilish kerak?

Afsuski,agar bir yoki ikki hafta davomida quyoshli joylarga borishning iloji boʻlmasa,tanlov uncha katta emas. Gap shundaki, D vitamini quyoshda ishlab chiqariladi va oziq-ovqatdan siz uni kerakli miqdorda ololmaysiz. Shunga qaramay, siz tovuq tuxumlari va yogʻli baliq orqali meʼyorni saqlashga harakat qilishingiz mumkin.

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar