Zumba fitnes toʻgʻrisida bilish kerak boʻlgan eng zarur maʼlumotlar

Bundan tashqari hamisha bir xil mashqlarning tinmay qaytarilishi juda tez jonga tegadi. Unga nisbatan ancha harakatchanroq va hissiyotlarg aboyroq biror narsa bilan shugʻullangingiz kelsa nima qilish kerak? Javob tayyor- zumba!

Zumbaning paydo boʻlganiga deyarli hech qancha boʻlgani yoʻq, lekin u darhol butun dunyo boʻylab, barcha qitʼa va mamlakatlarda juda katta miqdorda oʻz muhlislari-yu izdoshlarini topib oldi. Bu anʼanaviy fitnesning oʻrniga dunyoga kelishi bilan ilk mashgʻulotdanoq oʻziga maftun etuvchi juda tetik, shiddatli yoʻnalish.

Zumba alomat bir hodisa tufayli paydo boʻlib oqibatda ulkan bir butun raqqoslik yoʻnalishiga aylanib ketgan. Uning paydo boʻlishi kolumbiyalik murabbiy Alberto Peresning topqirligiga borib taqaladi. Peres mashgʻulot uchun musiqa yozilgan moslamani unutib qoʻygan. Ushbu vaziyatdan chiqish ilojisini topish kerak edi. Darsning bekor qilib shogirdlarining kayfiyatini buzmaslik maqsadidau mashgʻulotga doim oʻz mashinasida eshitib yurgan sevimli musiqasini olib olgan.
Dars juda qiziq oʻtgan: murabbiy anʼanaviy fitne smashqlaridagi harakatlarni sevimli raqslaridagi harakatlari bilan aralashtirgan. Pirovard natija juda quvnoq va qizgʻin raqsning vujudg akelishiga sabab boʻlib qolgan. Uning oʻquvchilari mashgʻulotdan keyin hayratda qolgan, biroq ular juda masrur edi. Shuning uchun ham davomini soʻrab iltimos qilganlar.

Zumbaning oʻzi samba, salsa, bachata, kizomba, reggeton, flamenko, xip-xop va yana koʻp boshqa raqslardagi anʼanaviy qadamlar bilan birga fitnes hamda aerobikaning elementlarini birlashtiruvchi juda shiddatli mashgʻulotlar tizimini aks ettiradi. Oddiy mashgʻulot tahminan bir soat davom etadi, raqsning oʻzi esa instruktor rahbarligida non-stop tarzida bajariladi. Zumba darslari oʻzida salomatlik uchun juda katta jismoniy hamda ruhiy foyda zahiralarini ochib beradi.

Atigi bir soatli dars juda katta miqdordagi kaloriyalarni yoqib yuborilishiga olib keladi. Mashgʻulotlar esa dumba, son, qorin kabi tananing oʻta muammoli qismlariga sezilarli darajada ijobiy taʼsir oʻtkazadi. Bu dastur inson oʻzini sarvqomat shaklga keltirish, ortiqcha vaznni yoʻqotish bilan birga qaytadan ortiqcha semirib ketishni oldinioladi.
Bundan tashqari zumba – barcha mushaklar guruhlari,xatto oʻzingiz ham hech qachon bilmagan mushaklarni ishga soladigan aʼlo darajadagi sport mashgʻulotidir. Mashgʻulotlar olib borilayotgan paytdagi tez va shiddatli mashqlar mushaklardagi turgʻunlik holatlarni oldini olib, qomatni rostlab, chiroyli va chaqqon qadam tashlashni shakllantirishga yordam beradi. Doimiy ravishdagi mashgʻulotlar badanni chogʻ holda tutish, mushaklar beldamchasini mustahkamlash va muvofiqlikni rivojantirish imkonini yaratadi.

Shiddatli mashgʻulotlarga jiddiy yondoshish insonning barcha organlari, shu jumladan yurak-qontomir va nafas olish tizimi uchun mislsiz foydalidir. Mashqlar qon aylanishini sezilarli darajada kuchaytiradi, bu esa oʻz navbatida butun organizmning faoliyatiga ijobiy taʼsir oʻtkazadi.

Jismoniy salomatlikdan tashqari mashgʻulotlar ruhiy salomatlik uchun ham aʼlo natijani olib keladi. Zumba inson vujudini eng pozitiv taassurotlar hamda yaxshi kayfiyat bilan toʻldiradi. Bu raqs har kungi stresslarni yengish bilan birga kundalik muammolardan yaxshi maʼnoda chalgʻishga yordam beradi. Lotin Amerikasining musiqiy ritmlari ostida bu joʻshqin fitnes-raqs bilan doimiy ravishda shugʻullansangiz, kayfiyatingiz tobora charogʻon hamda yorugʻ boʻlib oʻzgarayotganini, mayda muvaffaqiyatsizliklar esa ortiqcha bezovta boʻlishga arzimas darajada oʻz ahamiyatini yoʻqotib borayotganini sezmay ham qolasiz.

Zumba bilan shugʻullanish – oʻxshash qiziqishlarga ega boʻlgan odamlar orasida yangi tanishlar orttirishning eng aʼlo usuli. Yolgʻiz odamlar uchun bu sodiq doʻstlar orttirib yoqimli muloqot muhitini yaratishning imkonidir. U juda oddiy, alohida tayyorgarlikni talab qilmaydi. Bu mashgʻulot bilan jinsi va yoshidan qatʼiy nazar istagan kishi shugʻullansa boʻladi, chunki mashgʻulotlarga qarshi koʻrsatmalar umuman yoʻq. Buning ustiga, raqqoslarning ayrim toifalari uchun bu raqsning bir qator turlari mavjud. Masalan, keksa odamlar yoki orttirib olingan shikastlanish tufayli imkoni chegaralanganlar uchun ancha yengilroq turi – Zumba gold mavjud.
Bolalar uchun Zumba kids hamda Zumba yunior dasturlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, stul, gantel, step-platforma kabi qoʻshimcha narsalardan foydalangan holda va xatto Akva zumba deb ataladigan suvda bajariluvchi muvofiqlashtirilgan koʻrinishlari ham mavjud. Faqat bittagina talab – agar Zumba bilan jiddiy shugʻullanmoqchi boʻlsangiz, buni tajribali murabbiy rahbarligida olib borish lozim. Raqsning turlari juda koʻp. Har bir murabbiy raqsga qandaydir yangilik kiritishi hisobiga bir hil darslar umuman kuzatilmaydi. Zumba hech qachon zerikarli boʻlishi mumkin emas! U har qanday insonni bir zumda sehrlab, oʻziga asir qilib oladi. Har bir mashgʻulot juda quvnoq hamda vaqtichogʻlik bilan oʻtishini hisobga olinsa mashgʻulotlardan keyin charchoq oʻta minimal va mislsiz yoqimli boʻlib tuyuladi.
Xullas, zumba –bu sogʻlom turmush tarzini olib borishga intilganlar hamda doimo kelishgan va qaddi-qomati raso boʻlishning istaganlar uchun eng aʼlo tanlov. Agar siz oʻz hayotingizga yangicha tus berish bilan birga nekbinlikni qoʻshishni, doimo sogʻlom va bahtiyor boʻlishni istasangiz mana shu modaga oid va juda foydali mashgʻulotlar bilan shugʻullanishga kirishing. Shunda hayotingizga yanada koʻproq zavqu shavq qoʻshilib, kayfiyatingizda esa darhol ijobiy oʻzgarishlar davri boshlanadi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



