Qiziqarli

Butun dunyoga mashhur boʻlgan 5 mushuk.

Butun dunyoga mashhur boʻlgan 5 mushuk.
Butun dunyoga mashhur boʻlgan 5 mushuk.

Mushuk Saymonning hikoyasi 1948-yilda boshlangan. Uni Britaniyaning Ametist patrul kemasida xizmat qilgan yosh dengizchi topib olgan. Yigit holsiz mushukga achingan va yashirincha uni kemaga olib kirgan. Biroq, mushukning mavjudligi fosh etilganda ham, unga qolishga ruhsat berishgan, chunki Saymon isteʼdodli kalamush tutadigan boʻlib chiqqan. U butun jamoaga yoqib qoldi, mushukka hatto kapitanning kepkasida uxlashga ruxsat berildi.

Saymon Xitoy kommunistlari tomonidan Ametistni oʻqqa tutish paytida halok boʻlishiga ozgina qolgan. Mushuk jiddiy jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Sogʻayib ketganidan soʻng, Saymon darhol oʻz vazifalari bajarishga, kalamushlarni ovlashga kirishdi.

Ajoyib mushukning taqdirini butun Britaniya kuzatgan. Unga koʻplab xatlar kelgan va uni har bir portda delegatsiya kutib olgan.

Afsuski, oʻqlar ostida omon qolishga muvaffaq boʻlgan mushuk infektsiyani yenga olmadi.Saymon unga karantin paytida boʻlgan boshpanasida duch keldi. Saymon sharaf bilan dafn qilindi, ajoyib mushukni kuzatib qoʻyish uchun yuzlab odamlar kelishdi.

Butun dunyoga mashhur boʻlgan 5 mushuk.

1944-yil yozida Sovet MZA zenit batareyasi mushukchani topib oldi, unga Ryjik deb nom berishdi. Rijikning qiziq bir oʻziga xos xususiyati ayon boʻldi: dushman samolyotlari hujum qilishidan oldin mushuk bezovtalana boshlab qichqirardi.Mushukchaning oʻtkir eshtish qobiliyati batareyaga dushman hujumlarini yengishga yordam berardi.

Bir marta Rijik nemis samolyoti tomonidan taʼqib qilingan sovet uchuvchisini ham qutqardi. Mushuk motorlarning tovushini oʻz vaqtida sezdi va shuning uchun zenitchilar, dushman maqsadini bajarishga ulgurmasidan oldin uni otib tushirishga muvaffaq boʻlishgan.

Qutqarilgan uchuvchi minnatdorchilik sifatida butun batareyaga, shu jumladan mushukga ham tuhfa taqdim etdi. Mushuk bir necha kilogram konservalangan goʻsht oldi.

Urushdan keyin Rijikni batareya kattasi oʻz uyiga olib ketdi.

Butun dunyoga mashhur boʻlgan 5 mushuk.

Feliset kosmosga uchgan va u yerdan tirik qaytgan yagona mushuk edi. Uning raketasi 1963-yil 18 oktyabrda yoʻlga chiqdi. Feliset fransuz kosmik dasturida ishtirok etgan va dastlab hech qanday ismga ega boʻlmagan. Mushuk ismni Yerga qaytganidan keyingina oldi.

Butun dunyoga mashhur boʻlgan 5 mushuk.

Muizza Muhammad paygʻambarning sevimli mushugi edi. U Habashiston mushugi boʻlgan deb hisoblanadi. Muizza xotirasiga barcha mushuklarga masjidga kirishga ruxsat berilgan. Afsonaga koʻra, bir marta Muzza ibodat paytida Muhammad (s.a.v)ning yenglarida uxlab qolgan. Shunda paygʻambar uy hayvonini uygʻotishni emas, balki yenglarini kesishni afzal koʻrdilar.

Butun dunyoga mashhur boʻlgan 5 mushuk.

Ushbu mushuk-kinoyulduz 500 dan ortiq filmlarda rol oʻynagan. U ikkita “Petsi”mukofotiga sazovor boʻlgan (Oskarga oʻxshash). Oranjining eng mashhur roʻli "Tiffanida nonushta" filmidagi roli edi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar