Texnologiya

Toj va taxt mashaqqati: Nepalning valiahd shahzodasi nima uchun oʻz oilasini yoʻq qilgan?

Toj va taxt mashaqqati: Nepalning valiahd shahzodasi nima uchun oʻz oilasini yoʻq qilgan?

Misol uchun Rossiyada podshoh hukumati bolsheviklar tomonidan inqilob usuli bilan agʻdarilgan. Nepalda esa monarxiya koʻp yillar davom etgan, qirollik sulolasining yoʻq boʻlib ketishi esa dahshatli va qonli hodisa sifatida tarixga kirgan. 

Toj va taxt mashaqqati: Nepalning valiahd shahzodasi nima uchun oʻz oilasini yoʻq qilgan?

Nepal poytaxtining qoq markazida - Katmandu shahrida turistlarni oʻzigajalb qilib keladigan hashamatli qarorgoh joylashgan. U tashqaridan ham, ichkaridan ham oʻta ulugʻvor ekani bilan insonlarni hayratga soladi. Bino oʻz vaqtida haddan tashqari qattiq qoʻriqlangan, chiqish yoʻliga ulkan panjaralar oʻrnatilgan, qorovullar guruhi bu yerga odam kirmasligi va chiqmasligini taʼminlagan, barcha ehtiyot choralari koʻrib qoʻyilgan. Ayni vaqtda mazkur binoichiga haftada besh – kun soat  11:00 dan15:00 ga qadar kirishingiz mumkin. Kirish jarayonida sayyohlarning barcha buyumlari, foto hamda videokameralari, telefonlar shaxsiy buyumlarni saqlash kamerasiga topshiriladi. 

Toj va taxt mashaqqati: Nepalning valiahd shahzodasi nima uchun oʻz oilasini yoʻq qilgan?

Bino modern uslubida yaratilgan boʻlib, ayrim jihatlari bilan sovet vaqtidagi binolarni yodga soladi. Xonalarning hashamatli koʻrinishi, yuqori shiftlar, antikvariat namunalari, monarxlarning ulkan suratlari sayyohlarni oʻziga rom etib qoʻyadi.

Bugungi kunda Nepalda qirollik sulolasining biror vakili hayot emas, sababi ularning barchasi dunyodan oʻtib ketishgan. Fojia 2001 yilda, aynan mana qarorgoh devorlari orasida sodir boʻlgan.

Toj va taxt mashaqqati: Nepalning valiahd shahzodasi nima uchun oʻz oilasini yoʻq qilgan?

2001 yilning 1 iyun kuni jumaga toʻgʻri keldi. Haftaning juma kunlarida Nepal hukmdorlik oilasi anʼanaviy kechki taom uchun umumiy  xonada yigʻilardilar. Kechki ovqat katta shahzoda Dipendra Bir Bikram Shoh tomonidan tashkillashtirildi. Shahzoda aynan mana shukuni oʻz yaqinlarini oʻldirish niyatida boʻlgan. Valiahd saroyga mast holatgakirib keldi. U oʻz harakatlari uchun javob bera olmaydigan holatda edi.

Kechki ovqat vaqtida shahzoda ota-onasi bilan urushib qoldi, ular oʻgʻilllariga ikkinchi marta Nepalning zodagon oilalaridan birining vakilasi boʻlgan qizga uylanishga ruxsat berishmadi. Ular shahzoda uchun ikkinchi rafiqa sifatida qirollik oilasining aʼzosi sanalgan Supriya Shohni tanlagan edilar.Ushbu nikohga shahzodaning onasi bosh-qosh boʻlmoqchi edi. Uning aytishicha, agar boshqa qizga uylanadigan boʻlsa shahzoda taxtdan ham, tojdan ham quruq qolardi.

Shahzoda bu fikrga koʻnmadi, avvaliga shunchaki gap talashgan boʻlsa, keyin spirtli ichimliklar taʼsirida qoʻliga qurol oldi. Mast shahzoda kechki taomga yigʻilgan barcha aka-ukalari, singillari, otasi va onasini otib tashlanadi. Umumiy hisobda 12 nafar odam halok boʻldi.  

Toj va taxt mashaqqati: Nepalning valiahd shahzodasi nima uchun oʻz oilasini yoʻq qilgan?

Nimalar qilib qoʻyganini tushuna boshlagan shahzoda oʻzini ham otishga qaror qildi, tirik qolgan boʻlsa-da, nogironlar aravachasiga mixlandi. Kasalxonaga olib kelganlaridan keyin 2 kun oʻtib yorugʻ olamni tark etdi. Mamlakatda ommaviy tartibsizliklar boshlandi.

Oqibatda parlament oʻlkada monarxiyani tugatish fikriga keldi va Nepal demokratik respublika deya eʼlon qilindi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar