Qiziqarli

Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng gʻalati bayramlar

Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng gʻalati bayramlar

Meksikaliklar oʻzlarining hayotga boʻlgan gʻalati qarashlari bilan mashhurlikka erishganlar. Mamlakatning Oaxaka shahrida har yili rediska festivali boʻlib oʻtadi. Rediskadan tayyorlangan turli sanʼat asarlari festival mehmonlariga namoyish qilinadi.

Meskiva taqvimida Marhumlar kuni nomli gʻalati bayram ham bor. Ularning aytishlaricha, marhumlar aynan mana shu kuni osmondan yerga tushib, yaqinlari bilan birga vaqt oʻtkazar emishlar.

Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng gʻalati bayramlar

Amerikaliklar ham noodatiy bayramlar masalasida meksikaliklardan aslo ortda qolishmaydi. Misol uchun Nebraskada har yili tovuq bayrami oʻtkazilsa, Nevadada zamonaviy sanʼat shaydolari Black Rock City shahriga Burning Man festivali uchun yigʻiladilar. Bayram davomida rassomlar, haykaltaroshlar va boshqa ijodkor shaxslar oʻz saʼnat asarlarini yigʻilganlarga namoyish qilib berishadi. 

Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng gʻalati bayramlar

Ispaniyada pomidorlar yordamida jang uyushtiriladigan bayram - Tomatina deya nomlanadi. Yarim soat davomila ishtirokchilar 100 tonnadan ortiq pomidorlarni bir-biriga uloqtirib, jang qilishadi. Bayram yoz faslida, musiqa, raqslar va albatta mushakbozlik bilan birga oʻtkaziladi. 

Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng gʻalati bayramlar

Hindistonda dunyodagi eng chiroyli bayramlardan biri boʻlmish Divali -yorugʻlik bayrami oʻtkaziladi. Ushbu bayramni barcha din vakillari birgalikda nishonlaydilar. Butun mamlakat boʻylab fonus va shamlar yoqib chiqiladi, shahar ertaknamo koʻrinishga kiradi. 

Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng gʻalati bayramlar

Niderlandiya oʻzining chiroyli atirgullari bilan dong taratgan. Bu yerdahar yili dunyodagi eng katta gullar festivali boʻlib oʻtadi. Xarlem shahri festival vaqtida gullarga burkanib ketadi, floristika ustalari oʻz mahoratlarini aynan mana shu yerda namoyish qiladilar.

Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng gʻalati bayramlar

Sharq mamlakatlarining bayramlar borasidagi tasavvurlari mutlaqo oʻzgacha. Yaponiyadagi eng chiroyli bayramlardan biri Xanami boʻlib, u sakura daraxti gullaydigan haftada uyushtiriladi. Daraxtlar gullarga burkangan vaqtda yapon oilalari bogʻlarga tong vaqtida kelib, ularning goʻzalligidan bahramand boʻlishadi.

Rediska festivali, marhumlar kuni va pomidor jangi: Dunyodagi eng gʻalati bayramlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar