Boʻlajak onalar garderobidagi muhim omillar

Ayol hayotining eng muhim pallalaridan biri boʻlmish ushbu davrda goʻzal va latofatli koʻrinishni istagan xonimlar garderobidagi odatiy liboslarning oʻrnini homiladorlar uchun maxsus kiyimlar egallaydi.

Klassik uslubga hos erkin bichimli koʻylak, tunika va yopinchiq-paltolar ham xomilador ayollar uchun eng qulay yechimlardan biri boʻlishi mumkin. Ularni odatiy aksessuarlar bilan uygʻunlashtirish orqali nazokatli koʻrinishga erishish qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Turli-tuman koʻylaklar boʻlajak onaga qulaylik tugʻdiribgina qolmay, uning nazokatli koʻrinishiga yordam beradi. Buning uchun burmali koʻylaklar tanlash ayni muddao.

Tor koʻylaklar qorin sohasiga bosim oʻtkazib, meʼyoriy qon aylanishiga toʻsqinlik qiladi. Shu bois ham bu borada imkon qadar keng va qulay liboslar tanlagan maʼqul.

Qulay koʻylaklar bilan bir qatorda, kardigan, leggings, bluza va toʻqilgan kiyimlar ham salqin havoda erkin harakatlanish imkonini beradi. Shuningdek, xomiladorlik davrida poshnali poyabzallardan butunlay voz kechish tavsiya etiladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



