Jaxl ustidan gʻalaba qozonish usullari

Qattiq jahlingiz chiqqanida oʻzingizni boshqara olasizmi? Bu borada quyidagi tavsiyalar sizga qoʻl kelsa ajab emas.

1. Diqqatingizni bir joyga jamlang. Chuqur nafas olib huddi shu tarzda nafas chiqaring. Shoshilmang, organizmingizga havo qanday kirib chiqayotganini his qilishga harakat qiling. Buni ogʻzaki ravishda soʻz bilan tasvirlashingiz mumkin.
2. Burun va lab burchagini topishga urunib koʻring. Ularning orasida joylashgan nuqtaga bosh barmoq bilan bosim bering.
3. Iyak oʻrtasida joylashgan nuqta ham ajoyib hususiyatga ega. Uning bir tomonini muloyim harakatlar bilan 8-10 marta bosing. Soʻngra ushbu mashqni iyakning ikkinchi tarafida bajaring.
4. Barmoq uchlarida ham nuqtalar joylashgan. Barcha barmoqlarni navbati bilan shoshilmasdan uqalang.

5. Agar uyda boʻlsangiz, xonangizga qamalib olgancha yostiqqa bir necha bor zarba berishingiz aniq. Ana shu zarbalarga barcha alam, jahl va ogʻriqlarni singdirishga harakat qiling. Musht bilan humordan chiqquncha zarba beravering. Faqat oshirib yubormang, jarohatlanishingiz ham hech gap emas.
6. Qoʻlingizni suvda bir muddat tutib turing. Suv barcha gʻuborlarni oladi.Agar koʻchada boʻlsangiz, biror daraxtga yaqinlashib kaftingizni tuting. Undan hayot quvvatini olib yomon hissiyotlardan halos boʻling.

7. Bino ichida boʻlsangiz koʻchaga chiqishga imkon toping. Ochiq havoda qilingan sayr sizni tetiklashtiradi. Sayr mobaynida oʻzingiz sevgan narsalar, deylik, sevimli filmingiz, tugʻilgan kuningiz, doʻstlaringiz bilan boʻlgan uchrashuv kabi qiziqarli voqealarni yodga oling. Yoki turmush oʻrtogʻingiz va farzandlaringiz haqida oʻylang.
8. Oʻz hayollaringizni namoyon etishga urinib koʻring. Misol uchun dugonangizga nimalarni his qilayotganingiz haqida gapirib bering. Buning uddasidan chiqa olmasangiz, ichingizdagi bor gʻuborlarni qogʻozga tushiring.
9. Jismoniy mashqlar bajaring. Tushkunlik sizni tark etadi, qomatingiz esa yanada goʻzallashadi.
Shuningdek: xotirjamlikka erishish uchun shirinliklar bilan choy ichishingiz, sevimli jonivoringiz bilan oʻynashingiz, dush qabul qilib, sevimli musiqangizni tinglashingiz ham mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



