Tvorogdan ham koʻproq kaltsiyga boy mahsulotlar


Dietolog shifokorlarning taʼkidlashlaricha, katta odam kuniga 1000 mg, qariyalar esa 1200 mg kaltsiy isteʼmol qlishlari lozim.
Biroq isteʼmol qilish bilan singish bitta narsa emas.Kaltsiyning metabolizmi boshqa nutrientlar ishtirokida sodir boʻladi: oqsil hamda vitamin D. Bularsiz siz qancha kaltsiy qabul qilishingizdan qatʼiy nazar, qabul boʻlmaydi.

Kaltsiy qanday oʻzlashtiriladi
Kaltsiy ichaklarda singadi: hujayralarga tushadi, ular orqali oʻtib, qonga tushadi. Bu ishda unga kaltsitrol – yaʼni vitamin D ning faol formasi yordam beradi. Kaltsitrolning faoliyati uchun esa oqsil zarur boʻladi.Demak kaltsiyga ehtiyoji boʻlgan odam u bilan birga yetarli miqdorda oqsil isteʼmol qilishi hamda quyoshda koʻproq yurishi yoki tarkibida vitamin D boʻlgan mahsulotlarni tanlashi lozim.
Koʻpchilik kaltsiy asosan tvorogda koʻp boʻladi, deb oʻylashadi. Yoʻq, bu notoʻgʻri. Quyida tvorogdan ham koʻproq kaltsiyga boy mahsulotlar bilan tanishtirib oʻtamiz.

Bir dona tuxum poʻchogʻi 2 g kaltsiyga ega. Uning tarkibidagi oqsil sababli kaltsiy tanaga osongina singadi.

Barcha sutli mahsulotlar ichida eng koʻp kaltsiyga ega– bu parmezan pishlogʻidir. 100 gr mahsulotda 1184 mg kaltsiy mavjud – bu bir kunlik normadan ham koʻproqdir. Shu bilan birga u oqsil (38 gr) va vitamin D (0,95 mg) ga ham boy.
Boshqa pishlqlarda ham yetarli darajada kaltsiy bor. Shunday qilib, kuniga 100 gr pishloq yegan odam kaltsiyga boʻlgan ehtiyojini butunlay qondirar ekan.

Oʻsimlik manbalari orasida kaltsiyga boy – bu kunjutdir. 100 gr don mahsulotida 975 mg Ca va 17,7 gr oqsil bor.

Konservalangan sardinalar qiltanogʻi bilan birga yeyiladi, shuning uchun u kaltsiyga boydir. 100 gr mahsulotda 382 mg Ca, 24,6 gr oqsil va 6,8 mg vitamin D bor. Sardinalar tarkibidagi Ca kunjutdagidan kam boʻlgani bilan, tarkibidagi vitamin D sababli tanaga yaxshiroq singadi.

Bu mahsulot tarkibidagi fitin kislotasi Ca ning singishiga toʻsqinlik qilisi mumkin, shuning uchun bodomni yeyishdan oldin ozgina suvda boʻktirib olish lozim.

Sarimsoqpiyoz Ca ga boy boʻlishdan tashqari yurakqon-tomir kasalliklarining oldini oladi, oʻsimtalarga qarshi kurashish hamda antimikrob xususiyatlarga ega, qondagi qand miqdorini meʼyorlashtiradi.

Bu koʻkat Ca dan tashqari vitamin C ga ham boy. Ovqatlarda koʻproq ishlatish tavsiya etiladi.

Bu mahsulot tarkibida shuningdek laktoza bor, u kaltsiyning ichaklarda yaxshiroq soʻrilishiga yordam beradi.

Kaltsiyga boy bu yongʻoqning 100 grammi 628 kkalga ega, shuning uchun uni koʻp yeyish tavsiya etilmaydi, agar semirib ketishni xohlamasangiz.

Kaltsiyga boy bu mahsulot ham uning soʻrilishiga toʻsqinlik qiluvchi fitin kislotasiga ega, shuning uchun uni isteʼmol qilishdan oldin kechasi suvga boʻktirib qoʻyish zarur.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



