Texnologiya

Koʻchib kelib yashashingiz uchun sizga pul toʻlashga tayyor joylar

Koʻchib kelib yashashingiz uchun sizga pul toʻlashga tayyor joylar
Koʻchib kelib yashashingiz uchun sizga pul toʻlashga tayyor joylar

Siz qorongʻu sovuq qishni hamda cheksiz muz bilan qoplangan kengliklarni yaxshi koʻrasizmi? Unda Alyaskaga boring. Alyaskaning har bir aholisiga yoshidan qatʼiy nazar u yerda yashayotgani uchun 2000 dollar pul beriladi. Agarda siz muzli togʻlar, aysberglar va qishki baliq ovining shaydosi boʻlsangiz, bu aynan siz uchun.

Koʻchib kelib yashashingiz uchun sizga pul toʻlashga tayyor joylar

Nyu-Xeyven – bu shaharga qiziqishni koʻpaytirish uchun qaratilgan dastur. Bu yerga kelib, ilk bor uy xarid qilayotgan odamga 10 ming dollar pul qarzga foizsiz beriladi. Agar siz bu uyda besh yildan ortiq yashasangiz, qarz butunlay yopib yuboriladi. 

Koʻchib kelib yashashingiz uchun sizga pul toʻlashga tayyor joylar

Bu xavfliligi boʻyicha Amerikada yettinchi oʻrinda turuvchi shahar. U juda oʻzgarishni xohlaydi, shuning uchun bu yerga yashash uchun kelgan har qanday odamga uy xaridi uchun 5 ming dollar pul ajratiladi.

Koʻchib kelib yashashingiz uchun sizga pul toʻlashga tayyor joylar

Detroyddagi ahvol yaxshi emasligi koʻpchilikka maʼlum. Maxsus tuzilgan dastur odamlarni shahar markaziga jalb qilish uchun tuzilgan. Bu rayonda yashash uchun uy sotib olishni istaganlarga 20 ming dollar pul ajratiladi. Hattoki ijarada turuvchilarga ham birinchi yili 2500 dollar, keying yillarda esa 1000 dollardan kompensatsiya puli toʻlanadi.

Koʻchib kelib yashashingiz uchun sizga pul toʻlashga tayyor joylar

Agar Kanzasga koʻchib oʻtishga qaror qilsangiz, sizga pul toʻlashadi. Sizga bepul yer berishadi. Bundan tashqari sizni 5 yil soliqdan ozod qilishib, oliygohlardagi taʼlim uchun 15 ming dollar ham ajratiladi. 

Koʻchib kelib yashashingiz uchun sizga pul toʻlashga tayyor joylar

Agarda sizga bepul yer gʻoyasi yoqsa hamda sovuq havoga ham qarshi boʻlmasangiz, unda siz Minnesotaga tashrif buyurishingiz mumkin. U yerda bir yil ichida uy qirish sharti bilan sizga yer tortiq qilinadi. Harmonida esa uyni koʻtarib olishingiz uchun 5-12 ming dollargacha pul berishadi.

Koʻchib kelib yashashingiz uchun sizga pul toʻlashga tayyor joylar

Agarda AQSH va Kanada sizga toʻgʻri kelmasa, Tasmaniyaga nima deysiz? Tasmaniya sohilboʻyidagi Matsayker orolida odamlarni ish va uy bilan taʼminlaydilar. Mayoqda ishlaydigan, meteriologik maʼlumotlarni yetkazib turadigan, yerning holati va qurilmalarni nazorat qilish uchun oilasi bilan kelib ishlovchilarga talab bor. Dunyoning bir chekkasida, turli xil shahar shovqinlaridan chetda, tabiyat qoʻynidagi sohilboʻyida yashash – bu koʻpchilikning orzusi emasmi?

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar