Qiziqarli

Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari

Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari

Zanjabilli pecheniyening vatani-Dreyton shaxri hisoblanadi. Ushbu shahar dunyoga yangi yil shirinligini sovgʻa qildi. Bu shirinlikni qodoqda doʻkonlardan sotib olishingiz yoki boʻlmasa, oʻzingiz pishirishingiz mumkin. Ushbu shirinlikni yangi yil oʻyinchoqlari, hayvonlar, archa va shu kabi shakllarda tayyorlasangiz undan yana-da bayram hidi ufirib turishiga erishasiz.

Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari

Lotoreya oʻyini barchani qiziqtirsa kerak, ayniqsa yutuqsizi boʻlmasa yanada yaxshi. Ofisda yangi yil lotereyasini tashkil eting, shunda barchani bayram qilish hissi kafolatlanadi. Sovgʻalar: shirinlik, noodatiy ofis buyumlari va kichkina ramziy sovgʻalar boʻlishi mumkin. Oʻyin shartlari  - bayram qoʻshiqlari, jumboqlar, hazillar va Yangi yil tabriklari boʻlishi mumkin.

Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari

Qor bobodan keluvchi maktub elektron pochtalar tufayli bir oz unutilgan boʻlsa-da, oʻz qadr-qimmatini yoʻqotmagan. Bugungi kunda qoʻlda yozilgan tabriknoma ilgridagidan koʻra koʻproq odamni quvontirib, xayratga soladi. "Qor bobo"dan tabriknomangiz moʻjizaga ishongan bolalik chogʻlariga sayr qilishga imkon yaratadi.

Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari

Hamma ham ish joyiga archa oʻrnatavermaydi. Biroq agar siz yangi yil nafasini toʻliq his qilishni xohlasangiz, u holda albatta archa oʻrnating. Kichkina archa daraxti, girlandiyalar va hamkasblaringiz surati ular uchun bir oila ekanligingizni taʼkidlovchi ajoyib sovgʻa boʻladi. Yangi yil taʼtilidan qaytganingizdan soʻng, bunday bezaklar yoqimli xotiralarni uygʻotadi va barchaga ijobiy ish muhitini yaratadi. 

Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari

Qandaydir bayram uchun pul yigʻish, bayram kayfiyatini buzadi. Bu oʻyin orqali esa ulardan faqatgina bir odam "jabrlanadi". Yaʼni berkitilgan qogʻozdan kimga "Sirli Qor bobo" tushsa, osha odam barcha uchun sovgʻa hozirlashi kerak boʻladi. Oʻyin soʻngida "qor bobo" kim ekanligini oshkor qilish mumkin. Oddiy ammo qiziqarli oʻyin. Oʻyin orqali ziyraklikni oshirish va bundan tashqari sovgʻaga ham ega boʻlish mumkin.

Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari

Yangi yil bayrami atrofdagilarga quvonch va shodlik ulashishning ayni paytidir. Bundan imkoniyatni qoʻldan boy bermang.

Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar