Toʻqlik indeksi: semirtirmaydigan, choʻchimasdan bemalol isteʼmol qilish mumkin boʻlgan mahsulotlar

*Katta hajm. Ozuqa mahsulotlari koʻp miqdorda suv yoki havoga ega boʻlsa, inson kaloriyasi koʻpaymagan holda toʻyadi.
*Oqsil uglevod va yogʻlardan koʻra ochlik hissini ketkazadi.
*Kletchatka ham toʻqlik hissini beradi.
Bunday mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qilishdan qoʻrqmasangiz boʻladi, semirtirmaydi.
Kartoshka tarkibida uglevodlar mavjud boʻlganligi uchun koʻpchilik ozmoqchi boʻlganlar uni isteʼmol qilishdan choʻchiydilar. Ammo bu notoʻgʻri, chunki u vitaminlar, kletchatka va ozishga yordam beruvchi boshqa ozuqa moddalariga boydir.

Tuxumlar ham katta miqdorda ozuqaviy moddalarga ega. Uning tarkibida katta miqdorda oqsil hamda 9 ta aminokislota bor.
Ertalabki nonushtaga tuxum yeganlar toʻq yuradilar va kun davomida kamroq kaloriya isteʼmol qiladilar.

Toʻyimlilik indeksi boʻyicha suli (ovsyanka) 3-oʻrinda. U kletchatkaga boy va suvni shimib olish xususiyatiga ega.

Baʼzilar suyuq ovqatni quyuq ovqatdan koʻra toʻyimsizroq, deb hisoblaydilar. Biroq tadqiqotlarning koʻrsatishicha, suyuq ovqat quyuq ovqatga qaraganda toʻyimliroq hisoblanar ekan.

Mevalar – sogʻlom diyetaning muhim qismidir. Jumladan, olmalar yuqori darajadagi toʻyimlilik indeksiga ega. Olmada pektin moddasi mavjud boʻlib, u hazm qilish jarayonini sekinlashtirib, toʻqlik hissini beradi.

Baliq omega-3 yogʻ kislotasiga boy boʻlib, toʻqlik hissini yaxshi beradi. U shuningdek, yuqori sifatli oqsilga ega. Oqsilli mahsulotlar ichida toʻqlik indeksi boʻyicha baliq ikkinchi oʻrinda turadi.

Tvorog kaloriyasi kam, u koʻp miqdorda oqsilga ega. Tvorog shuningdek, vitamin B, kaltsiy, fosfor va selen kabi ozuqaviy moddalarga boy, shuning uchun u yaxshi parhez taomi hisoblanadi.

Sabzavotlar kam kaloriyali, biroq katta hajm beradi. Sabzavotlarda toʻyimli moddalar, oʻsimlik birikmalari mavjud. Bulardan tashqari ularda oshqozonni toʻldirishga yordam beruvchi koʻp miqdorda tola va suv bor.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



