Step-aerobika haqida maʼlumotlar

Step-aerobikaning mohiyati bir maromdagi qadamlarni oʻz ichiga oladi. Trenajer vaqtida platformadan foydalaniladi, uning yuqoriligi mashq bajarayotgan kishining darajasiga qarab boshqariladi. Step-aerobikani oddiy bir maromdagi qadamlar, huddi shu ritmdagi musiqa orqali ham tajriba qilsa boʻladi.

Step-aerobikani amerikalik Jina Miller ishlab chiqqan. Tizzasidagi jarohatdan keyin uy qanotidagi zinalardan foydalanib, mashgʻulotlar bajargan. Ajoyib natijaga erishgach, Jina oʻzining butun aerobika tartibini ishlab chiqqan.

Yuqorida aytilganidek fitnessning bu turi gavdaning pastki qismini harakatlantiradi. Shuning uchun sport klublarida step-aerobikani sportning boshqa turlari bilan vaqti-vaqtida ikki haftada bir marta aralashtiriladi.

Mashgʻulotlarni bajarishda bosh baland koʻtarilgan, yelka tushirilgan, qorin tortilgan bel tikka holatda boʻlishiga ahamiyat beriladi. Bu usullarni bajarish alohida eʼtiborni talab qilmaydi, asosan, bir necha asosiy qoidalarga amal qilsangiz bas.

Step-aerobika organizmga yaxshi natija koʻrsatadi. U yurak-qon tomirlariga, nafas yoʻlllariga, asab va muskul sistemasini mustaxkamlaydi. Qon bosimini ham meʼyorlashishiga yordam beradi. Aerobika muskullarni mashq qildiradi, tanamizni kelishgan va holatimizni yaxshilashda yordam beradi.

Step-aerobika bilan uyda ham shugʻullansa boʻladi. Buning uchun uncha baland boʻlmagan taxtali oʻrindiq va mashq toʻplami boʻlsa kifoya. Biroq fitness zalida shugʻullanishning samarasi koʻproq. Guruhlarda shugʻullanish kishiga gʻayrat beradi, agar mashgʻulotlar raqs ritmida boʻlsa juda ham yaxshi natija koʻrsatadi.

- Oyoqlar platformada albatta bir hil qadam holatida turishi kerak, oyoq kafti osilib turmasligi shart.
- Platformaga koʻtarilishda ogʻirlik belga emas, oyoq muskullari orqali kechishi kerak.
- Gavda har doim toʻgʻri turishi shart.
- Xech qachon keskin harakat qilish mumkin emas.
- Bir daqiqadan ortiq bitta oyoqqa ogʻirlikni solmang, navbat bilan almashtirib turing.

Siz faqat step-aerobika yordamida mashgʻulot bajarasizmi, yoki boʻlmasa fitnesning boshqa turlari yordamidami, natijasi sizni uzoq kutishga majbur qilmasligiga ishonamiz!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



