Qiziqarli

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Uyning kiraverishi qaysidir maʼnoda gʻala-gʻovurli koʻcha bilan qadrdon goʻshani bogʻlab turuvchi kichkinagina maskandir. Uyga kirganimizdan soʻng  yoʻlakda nafaqat poyabzalimizni, balki muammo va tashvishlarimizni hotirjamlik va mamnun kayfiyatga almashtiramiz. 

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Uyning bu qismini qanday jihozlash kerak? Avvalo, yoʻlakda maxsus shkaf joylashtirish haqida oʻylab koʻring. Bu juda asqotadigan jihoz. Kiyim-boshdan tashqari  uning tokchasida sumka, kalit, qoʻlqop, soyabon singari mayda buyumlarni ham saqlash juda qulay.

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Shkaf shaklini tanlayotganingizda quyidagilarga ahamiyat berishni tavsiya qilamiz. Kiyim erkin joylashishi uchun shkafni ichi kamida 60 sm ga teng boʻlishi kerak. Shkaf eshiklari ochilganda yoʻlakni toʻsib qoʻymasligiga ham eʼtibor bering.

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Shkaf rangini devor rangiga moslagan holda tanlasangiz, ranglarning uygʻunligi intererga oʻzgacha koʻrkamlik bagʻishlaydi. Yoʻlakda shkafga  joy topilgan boʻlsa  ham ochiq ilgaklarni chetlab oʻtish nooʻrin, chunki yomgʻirda ivigan kiyimlar shkafga osilsa toʻgʻri boʻlmaydi.

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Ochiqilgaklarni qulayligi shundaki , unga kiyimlarni ustma-ust ilish mumkin, buning ustiga, koʻp joy egallamaydi. Yoʻlakka koʻzguni boʻy baravarida tanlaganingiz maʼqul. Birinchidan ayollar uchun qulay, ikkinchidan esa, katta oynada hamma narsa koʻrinadi.

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Eng yaxshisi esa shkafning eshigida koʻzgu boʻlishi. Koʻzguni shunday joylashtirish kerakki, unda ochiq ilgak va eshik yonidagi poyabzallar qatori koʻrinmasin.

Yoʻlakda oyoq kiyimni almashtirib olish uchun oʻtiradigan joy boʻlsa yanada yaxshi.  Bu ayniqsa yosh bolali onalar uchun juda qulay.

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Aksariyat yoʻlaklarning tor qurilganini hisobga oladigan boʻlsak, mebel va devorlar rangi och tusda boʻlgani maʼqul. Shunda tor joy ham yorugʻ boʻlib, kengroq koʻrinadi. Xona eshiklari ichki tarafga ochiladigan boʻlsa yoki suriladigan (kupedagi singari) eshik oʻrnatilsa, yoʻlak hajmi yanada kengroq koʻrinadi.

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Yoʻlak haddan tashqari uzun boʻlgan holda uning ohiridagi devorlarga yorqin taʼsviriy sanʼat asarlari yoki yirik suratli gul qogʻoz yopishtirilsa, masofa qisqargandek tasavvur uygʻotadi.

Yoʻlak bir xonadan ikkinchisiga oʻtib yuradigan oraliq: yotoqdan hammomga, oshxonadan mehmonxonaga… shunday ekan, bu oʻziga hos chorraxa qulay va hush yoqadigan boʻlishi kerak.

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari

Yoʻlak hajmi, katta kichikligi va didingizga qarab uni manzarali suratlar, esdalik sovgʻalari, haykalchalar bilan ham bezash mumkin. Muhimi, bularning bari ruhiyatingizni koʻtarib, kayfiyatingizni chogʻ qilishga xizmat qilsin!

Xonadonning koʻrki hisoblanuvchi yoʻlaklar va uni jihozlash usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar