Foydali

Ish samaradorligini kamaytiruvchi yomon odatlar

Ish samaradorligini kamaytiruvchi yomon odatlar

Sizning oldingizda bajarishingiz kerak boʻlgan vazifalar roʻyxati turibdi, biroq ularni amalga oshirish uchun puxta reja tuzib chiqish va ularni kun, hafta va oylarga boʻlib chiqish zarur. Aks holda ishga bor kuchingiz bilan kirishib ketasiz-da, yoʻlning yarmiga borganda, charchab qolasiz.  

Ish samaradorligini kamaytiruvchi yomon odatlar

Siz ishlaringizni rejalashtirgan boʻlishingiz mumkin, biroq vaqtni, kuchlaringizni toʻgʻri taqsimlamagan boʻlishingiz mumkin. Axir oʻrtada boshqa qoʻshimcha zarur ishlar ham chiqib qolishi mumkin, ularni ham inobatga olish kerak.

Ish samaradorligini kamaytiruvchi yomon odatlar

Zamonaviy inson ishining aksariyat qismini texnika bajaradi. Mashina bajarishi mumkin boʻlgan ishlarni oʻzingiz amalga oshirmoqchi boʻlsangiz va bu bilan koʻp vaqtingizni zoye ketkazgan boʻlasiz. Masalan siz yangi programma va algoritmlarni oʻrganishga ancha vaqt ketadi, deb aytishingiz mumkin. Biroq dasturlarni oʻrganishingizga ketgan bir kun kelajakda sizning qancha vaqtingizni tejashi mumkinligini ham oʻylab koʻring.

Ish samaradorligini kamaytiruvchi yomon odatlar

Besh daqiqa dam olish bahonasida ijtimoy tarmoqlarga kirasiz, ularni koʻzdan kechirish va messenjerlardagi chatlarni oʻqish bilan ovora boʻlib, bir soat vaqtingiz ketib qolganini sezmay qolasiz. Ish bilan bogʻliq boʻlmagan chatlardagi xabar kelganni bildiruvchi signallarni oʻchirib qoʻying, aks holda ular sizni bezovta qilaveradi.

Ish samaradorligini kamaytiruvchi yomon odatlar

Agar siz koʻngilchanglik qilaversangiz, sizga har xil taklif va iltimoslar bilan murojaat qilaveradilar – yordam soʻraydilar, maslahat berishingizni soʻraydilar, biror narsani oʻrgatishingizni va hech boʻlmaganda birga choy ichishni iltimos qilib qoladilar. Koʻngilchanglik qilib, rozi boʻlsangiz, bundan faqat boshqalar foyda koʻradi, siz esa qimmatli vaqtingizni behudaga sarflagan boʻlasiz. Xayrixohlik ham yaxshi fazilat, biroq oʻzingizni ham oʻylashingiz kerakku.

Ish samaradorligini kamaytiruvchi yomon odatlar

Siz bor kuchingiz bilan ishlayapsiz, biroq hamkasblaringiz ishlarini tezroq bitirib olishayapti. Shunda siz oʻzingizni ular bilan solishtirasiz va natijada vaqtingizni ham, asablaringizni ham behudaga sarflaysiz. Axir tezlik sifat belgisi emasku. Undan koʻra oʻzingizni natijalaringizni oʻtgan galdagi natijalaringiz bilan solishtiring, erishishingiz kerak boʻlgan maqsad koʻrsatkichlarini belgilab oling va komillik sari intilib boravering.

Ish samaradorligini kamaytiruvchi yomon odatlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar