Avto

Kuchli matonat sohiblari yoxud imkoniyati chegaralangan buyuklar haqida

Kuchli matonat sohiblari yoxud imkoniyati chegaralangan buyuklar haqida

Sara Bernar- fransuz aktrisasi. Teatrning koʻplab taniqli namoyondalari, masalan, Konstantin Stanislavskiy, Bernar sanʼatini texnik barkamollik naʼmunasi deya hisoblar edi. 1914 yilda aktrisa avtohalokatga uchraydi va uning oyogʻi amputatsiya qilinadi. Biroq aktrisa toʻxtamadi, ijod qilishda davom etdi. 1922-yilda Sara Bernar soʻnggi marta sahnaga chiqqan. U oʻsha paytda allaqachon 80 bahorni qarshilagan edi. “Kameliyali xonim” rolini kursida oʻtirib ijro etdi.

Kuchli matonat sohiblari yoxud imkoniyati chegaralangan buyuklar haqida

Lyudvig van Betxoven (1770-1827) –nemis bastakori. 1976 yili eshitish qobiliyatini yoʻqota boshlagan. Unda tinit- ichki quloq yalligʻlanishi kasalligi rivojlanib, 1802 – yilga kelgach, butunlay eshitish qolbiliyatini yoʻqotgan.  Amma bastakor aynan shu paytlari oʻzining eng mashxur asarlarini yaratdi va tarixga oʻz ismini abadiy muhrladi.

Kuchli matonat sohiblari yoxud imkoniyati chegaralangan buyuklar haqida

Erik Vayxendermen esa Everestni zabt etgan dunyodagi ilk soʻqir sportchidir. Erik 13 yoshida koʻrish qobiliyatidan ayrilgan. Biroq “Taqdir shu ekan-da” demasdan, oʻqishni tugatdi, oʻqituvchi trener sifatida ishladi va dunyo miqyosidagi sportchi darajasiga erishdi. Erik Everestdan tashqari yana dunyoning eng baland yettita choʻqqisi, jumladan, Klimanjaro va Elbrusni ham zabt etgan.

Kuchli matonat sohiblari yoxud imkoniyati chegaralangan buyuklar haqida

Lina Po - Polina Mixaylova (1899-1948) – Gorenshteynning balet raqqosasi sifatida ijod boshlagan paytida olgan taxallusidir. 1934- yilda Lina Po ensefalit bilan kasallanib, falaj boʻlib qoldi va koʻrish qobiliyatini butunlay yoʻqotdi. Sodir boʻlgan voqeadan keyin ayol haykaltaroshlik bilan shugʻullangan va 1937-yildayoq uning asarlari Aleksandr Sergeevich Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyidagi koʻrgazmada namoyish etilgan. 1939- yilda Lina Po sobiq ittifoq rassomlarining Moskva shaxri uyushmasiga qabul qilingan. Hozirda Lina Poning yakkaxon ishlarini Tretyakov galereyasi va mamlakatning boshqa muzeylar kolleksiyalarida uchratish mumkin.  Ammo haykallarning asosiy kolleksiyasi – Butunrossiya koʻrlar jamiyatining muzeyidagi Lina Po xotirasi sharafiga ochilgan yodgorlik kolleksiyasida turadi.

Kuchli matonat sohiblari yoxud imkoniyati chegaralangan buyuklar haqida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar