Texnologiya

Bill Geyts: Barchasini bugundan boshlang! Buyuk shaxsdan muvaffaqiyat sirlari

Bill Geyts: Barchasini bugundan boshlang! Buyuk shaxsdan muvaffaqiyat sirlari

Bill Geytsga ham omad darrov kelib qolmagan. Maktabda oʻqiganda gramatika, huquqshunoslik va boshqa fanlardan oʻzlashtirishi ancha yomon boʻlgan, Bill bu fanlarni siyasi chiqqan, deb hisoblardi. Hatto boshlangich maktabda yomon hulqi uchun uni psixiatrga ham joʻnatishgan.

Bill Geyts: Barchasini bugundan boshlang! Buyuk shaxsdan muvaffaqiyat sirlari

Oʻz hotiralarida buni kompyuter bilan oʻta qiziqish oqibati deb izohlagan. Boʻsh vaqtining hammasi programmalashtirish bilan oʻtar edi. Haftasiga 20-30 soatlab kompyuter sinfida vaqtini oʻtkazar edi. Bir safar uning uchun kompyuterga parol qoʻyishadi, ammo u koʻp oʻtmay parolni buzadi. Natijada yoz boʻyi kompyuter sinfiga kirishi taqiqlanadi.

Garvard universitetida ham noqulayliklarga uchrab turardi – uni ikkinchi kursda haydab yuborishadi. Buni ham Bill oʻz foydasiga oʻgiradi. Endi u progrommalashtirishga koʻproq vaqt sarflashi mumkin edi-da. Oradan ikki yil oʻtib “Microsoft”  kompaniyasiga asos solinadi.

Bill Geyts: Barchasini bugundan boshlang! Buyuk shaxsdan muvaffaqiyat sirlari

20 yildan soʻng esa 105 mamlakatdan 78 000 dan koʻproq odamni ish bilan taʼminlab, 50 milliard dollarlik boyvachchaga aylandi. Bill Geyts oʻzi uchun ishlab chiqqan muvaffaqiyat sirlari quyidagilardan iborat edi:

Bill Geyts: Barchasini bugundan boshlang! Buyuk shaxsdan muvaffaqiyat sirlari

1.       Raqobatchilaringizni yaxshilab oʻrganing. U har tongda oʻz raqobatchilari saytlarini birma bir koʻzdan kechiradi.

2.       Qatiyatli boʻling. Menejerning asosiy sifati eng yomon habarni ham munosib qarshi olishidir. Sovuqqon boʻling, shunda har qanday muammo tezroq yechim, topadi. Avvalo nohush habarlarni soʻng esa yaxshilarni bilishga harakat qiling.

3.       Internetga bogʻlaning. Chunkikelajak unga bogʻliq. Yaqin kelajakda kompaniyalar ikkiga ajraladi: tarmoqdamavjud boʻlganlar va biznesdan chiqib ketganlar.

4.       Omadga eʼtibor qilmang. U aldamchi va oʻzgaruvchidir. Bir marraga erishgandan soʻng toʻxtab qolmang, darrov keyingisini ketiga tushing. Chunki raqobatchilaringiz ham jim oʻtirishmaydi.

5.       Rivojlanish sharoiti. Tajribali boshliqning maqsadi qoʻl ostidagilarga mehnat qilish uchun yaxshi muhit yaratishdan iborat. Natijasi esa tezda koʻrinadi.

Bill Geyts: Barchasini bugundan boshlang! Buyuk shaxsdan muvaffaqiyat sirlari

6.       Bugundan boshlang. Agar ishingizda biror narsa sizni qanoatlantirmasa, oʻz ishingizni boshlang. Bill geyts ishni garajda boshlagan. Bebaho umringizni faqatgina oʻzingiz haqiqatdan qiziqqan narsalarga sarflang.

7.       Bosh qotiring. Yilda bir necha bor doimiy ishchi muhitidan biroz chetlashib, yigʻilib qolgan muammolarni hal qilish yoʻllarini oʻylab koʻring.

8.       Magʻlubiyatdan qoʻrqing. Yaʼni, toʻgʻriligiga oʻzingiz aniq ishongan biror ishni bajarishdan avval uni shubxa ostiga olib koʻring, keyin esa xulosa qiling.

9.       Yangi texnologiyaga urgʻu bering. Kutganingizdan ham aʼlo natijalarga erishishingiz mumkin.

10.       Olomondan ajralib turing. U har doim ham toʻgʻri yoʻnalishda boʻlmasligi mumkin. Doimo oʻz rivojlanish yoʻlingizdan boring.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar