Tasodifiy kashfiyot yoki kutilmagan muvaffaqiyat

1. Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qitʼasining kashf etilishi juda tasodifan sodir boʻlgan. Aslida, Kolumb Hindistonga yaqin yoʻl izlab safarga chiqqan edi.

2. Selofan muvaffaqiyatsiz tajribalar va oshxona stolidagi dasturxon uchun suyuqlik oʻtkazmaydigan qoplamani yaratish maqsadidagi urinishlari natijasida kashf etilgan edi.

3. Sunʼiy totlantiruvchilar, yaʼni bugungi kunda qand oʻrnini bosuvchilar aslida tibbiy tadqiqotlarning qoʻshimcha mahsuloti va faqatgina olimlar qoʻlini yuvishni unutib qoʻyganligi tufayli kashf etilgan edi.

4. Yopishqoq qogʻozchalar (eslatma sifatida ish joyidagi stol yuzasiga yopishtirib qoʻyiladigan qogʻozchalar) yelimning mustahkamligini oshirish boʻyicha muvaffaqiyatsiz tajriba tufayli paydo boʻlgan.

5. Rentgen nurlari yoki X-Rays vakuum quvurdan katod nurlari oʻta olishi yoki olmasligini tushunish maqsadida tajriba oʻtkazgan paytda kashf etilgan.

6. Superyelim (tsianoakrilat) qurol nishonga olgichlari uchun uchun shaffof plastik izlash paytida topilgan. Kerakli plastik baribir topilmagan, ammo kashf etilgan yelim yaralarni darhol yopish fazilatiga ega boʻlgani uchun koʻplab hayotlarni qutqarib qolgan.

7. Ichida mayizli bulochkani mashhur novvoyni Ivan Filippov oʻz pishirigʻining ichidan topilgan suvarak uchun hokim oldida oʻzini oqlashga uringan paytda ixtiro qilgan.

8. Koka-kola tetiklashtiruvchi xususiyatlari ega boʻlgan Janubiy Amerikaning Koka oʻsimligi barglaridan va Afrikaning kola yongʻogʻidan olinadigan ekstrakt dori moddasini yaratishga urinishlar paytda paydo boʻlgan. Savdoning birinchi yili bu ichimlik juda katta muvaffaqiyatga ega boʻla olmadi: hatto uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar ham qoplanmay qoldi. Ammo hozir Koka-kola dunyoning 200dan ortiq mamlakatida ishlab chiqariladi va sevib ichiladi.

9. 1904 yilda oziq-ovqat koʻrgazmasida muzqaymoq sotuvchisi bilan vafli ishlab chiqaruvchisi yonma-yonturib qolgan edi. Birinchisining ishlari juda yaxshi, ikkinchisiniki uncha yaxshi emas edi. Biroz vaqtdan soʻng, muzqaymoq sotuvchisida qogʻozli qopchalari tugab qoldi, shunda vafli ishlab chiqaruvchisi unga likopcha sifatida vaflilaridan foydalanishni taklif qildi. Bu yangilik haridorlarga juda maʼqul kelib qoldi va savdo muzqaymoqchi bilan vaflichining quvonchiga yanada chaqqonroq surʼatda ketdi. Vaflichining ismi Xamvi edi. U darhol oʻz kashfiyoti– vafli shoxchasini patentlash uchun shoshilib qoldi va vafli shoxchasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan dunyodagi birinchi fabrikani ochgan edi.

10. XIX asrning oʻrtasida neft sanoatidagi koʻplab ishchilar neft nasoslarining quvurlari ichida toʻplanib qolayotgan mumli modda – “parafin” ustidan shikoyat qilganliklari kuzatilgan. Bu zararli va keraksiz modda tadqiqotchi Chezbro tomonidan yaqinroq oʻrganilganida neft jelesi yaralarni va kesib olingan joylarni aʼlo darajada davolash imkoni bor ekanligi aniqlangan.
Keyinchalik, bu jele "vazelin" deb nomlangan. Bu soʻz nemischa "Wasser"(suv) va yunoncha "Elaion" (moy) soʻzlaridan hosil boʻlgan.

“Baxt yoʻq edi, lekin baxtsizlik yordam berdi" turkumidagi ushbu roʻyxatni cheksiz davom ettirish mumkin va shunda ham u baribir toʻlmaydi.
Balki har bir kishi oʻz “lampochkasini” kashf etishi uchun Tomas Alva Edison kabi mingdan ortiq urinishlar qilish imkoniyatiga ega boʻlmas, lekin oʻz mehnatingizning natijasini qanday deb nomlashingiz va undan qanday foydalanishingiz faqat oʻzingizga bogʻliq.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



