Qiziqarli

Mehmon toifalari haqida

Mehmon toifalari haqida

Bir toifa shaxslar borki, bular chaqirgan joyga boraveradi, yaxshi yeb-ichishni kanda qilmaydi, biroq oʻzlari uyiga biror marta odam taklif qilmaydi, hech kimni hech qayerda mehmon qilmaydi, topganini kalamushday iniga burkanib oʻzi yeydi. Bundaylar “keltir menga, yoʻqdir senga” qabilida ish tutadigan, biroz hudbin va ziqna kishilardir.

Mehmon toifalari haqida

Ikkinchi toifa odamlar bor, bular chaqirilgan joyga boradigan va javoban oʻzlari ham albatta mehmon taklif qiladiganlardan iborat boʻlib, ular juda shinavanda, elga qovushadigan odamlardir.

Mehmon toifalari haqida

Uchinchi toifa mehmonlari hech qachon hech kimnikiga mehmonga borishmaydi va oʻzlari ham birovni taklif etishmaydi. Bunday mumsuq, odam yoqtirmaydigan, boshqalarni ham, oʻzlarini ham hurmat qilmaydigan shaxslar boʻlib, hayot lazzatidan, doʻstlar suhbatidan bebahra, odamgarchilikdan chiqqan hisoblanadilar. Bular yumshoq qilib aytganda, toʻdadan ajralgan boʻriga oʻxshashadi.

Mehmon toifalari haqida

Toʻrtinchi toifa odamlar chaqirilgan joyga borishmaydi, ammo oʻzlari doim mehmon chaqirishadi, yaxshi ziyofat qilishadi, qolganini odamlarga yedirish bilan hursand, hatto kundalik tamaddisini ham qoʻshnini chaqirib birga baxam koʻrishga tayyor, qoʻli ochiq boʻladilar. Mana shu toifa mehmonnavoz, mard, hushfeʼl, dono va bilimdon odamlardir.

Mehmon toifalari haqida

Yangi mehmon topganda eskisidan yuz oʻgirmaslik kerak. Yaxshi mezbon mehmoni koʻpligi bilan mashxurdir. Shuni ham aytish kerakki, nokas, mumsuq, xudbin, ayyor shaxslar mehmonga taklif etilsa, obroʻ toʻkishi, fisqu fujur uyushtirishi, janjal chiqarishi, pushaymon yedirishi mumkin.

Muruvatli, mexr-shafqatli, dono, bilimdon, shinavanda odamlarni mehmon qilgan mezbon chinakam huzur qiladi, yayraydi, xordiq chiqaradi, obroʻyi ortadi, dasturxon ustidagi suhbatda ham qimmatli bilimlarga ega boʻladi.

Mehmon toifalari haqida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar