Qiziqarli

Dunyodagi eng zararli mahsulot – kartoshka chipslari haqida qiziqarli faktlar

Dunyodagi eng zararli mahsulot – kartoshka chipslari haqida qiziqarli faktlar
Dunyodagi eng zararli mahsulot – kartoshka chipslari haqida qiziqarli faktlar

Kartoshka chipslari AQSH kurortlaridan birining restoranida tasodifan kashf qilingan. Ushbu restoranning maxsus taomi – qovurilgan fri kartoshkasi edi. Kunlarning birida ushbu oromgohda dam olish uchun kelgan temir yoʻl magnati kartoshka boʻlaklarining qalinligi, shu bois ular yaxshi qovurilmaganligidan shikoyat qiladi va taomni qaytarib yuboradi. Taʼbi nozik mijozning bu qiligʻ bosh oshpazning jahlini chiqaradi va unga qasdma-qads kartoshkani maksimal darajada yupqa qilib kesib, keyin yoʻqqa tashlaydi. Natijada daftar varagʻiday yupqa boʻlaklar hosil boʻldi. Bosh oshpaz xoʻrandaning ustidan kulganday qilib ushbu kartoshka boʻlaklarini unga tortdi – nozik taʼbli xoʻrandaga esa bu taom juda yoqib tushdi. Mana shu voqea sabab kartoshka chirslari ixtiro qilindi va bu taom restoranning maxsus taomiga aylandi.

Dunyodagi eng zararli mahsulot – kartoshka chipslari haqida qiziqarli faktlar

Koʻpchilik odamlar chipslar solingan paketlar havo bilan shishirilgan, deb hisoblaydilar, biroq bu notoʻgʻri. Havoning tarkibida kislorod bor, u chipsdek mayin va nozik mahsulot uchun zararlidir. Havo taʼsirida chips mazasini tezda yoʻqotadi va taxir boʻlib qoladi. 

Shuning uchun paketlar havo emas, azot bilan toʻldiriladi. Azot taʼsirida chipsning mazasi buzilmay saqlanadi hamda paketlarning transportirovkasi uchun amortizatsiya vazifasini bajaradi.

Dunyodagi eng zararli mahsulot – kartoshka chipslari haqida qiziqarli faktlar

Tanani semizlikka olib keluvchi eng xavfli mahsulotlar – bu trans yogʻlardan foydalangan holda tayyorlanganlaridir. “Tez” uglevodlar bilan toʻyingan yuqori kraxmalli mahsulotlarning zarari ham kam emas. Yogʻda qovurish esa mahsulotning ustki qismida kimyoviy kantserogen oʻzgarishlarga olib keladi. Bulardan tashqari, koʻp miqdordagi tuz mahsulotlarning ozuqa sifatini kamaytirib, koʻproq yeyishga undaydi, natijada esa ortiqcha vazn kelib chiqadi.

Bu sifatlarning barchasi chips deb nomlanuvchi qovurilgan kartoshkaga tegishli. Aynan chipslar taomlarning zararli sifatlari boʻyicha kartoshka fri va koka –kolani ham ortda qoldiradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar